Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy ishda etika (axloq) manbalari. Prinsip – bu xulqning boshqa
standartlar yoki mulohazalar bog‘liq bo‘lgan fundamental standarti. Prinsip –
ma’naviy izohlar uchun asosni shakllantiruvchi fikrlar, mulohazalar tizimidagi
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan me’yor.
AQSHning ijtimoiy ish bo‘yicha Kengashi ijtimoiy xodimlar uchun zarur
bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalar orasida ular amaliy faoliyati davomida amal
qilishi lozim bo‘lgan qadriyatlarni ham belgilab berdi.
Ijtimoiy xodimlar axloqiy me’yorlarga amal qilishi va axloqiy muammolarni
hal qilishda ishtirok etishi lozim:

Ijtimoiy xodimlar kasbning asosiy mohiyati, uning axloqiy standartlari va
tegishli yo‘riqnomalaridan yaxshi xabardor bo‘lishlari;

Ijtimoiy xodimlar shaxsiy qadriyatlarini kasbiy qadriyatlardan foydalanish
imkoniyatini taqdim qilgan holda anglashlari va boshqarishlari;

Axloqiy echimlarni Ijtimoiy xodimlar milliy uyushmasi, Ijtimoiy xodimlar
Xalqaro Federatsiyasi axloq Kodeksi va Ijtimoiy ish maktablari xalqaro
assotsiatsiyasi standartlardan foydalangan holda qabul qilishlari;


65

Ijtimoiy ishning bayon qilingan axloqiy prinsiplariga amal qilish;

Axloqiy nizolarni hal etishda ikki fikrlilikka yo‘l qo‘ymaslik;

Ularni hal etishda axloqiy ikkilanishlarning echimini topish strategiyasini
qo‘llash
1
.
Ijtimoiy xodimning kasbiy burchi – barcha odamlarga teng ravishda tegishli
bo‘lgan ma’naviyat talablarini muayyan mutaxassisning shaxsiy holatlarga nisbatan
qo‘llaniluvchi,
biroq
ijtimoiy
ish
sohasidagi
professional
faoliyatning
umumme’yoriy talablariga asoslanuvchi shaxsiy vazifasiga aylantirish.
2.
Qadriyatlar: tuShuncha, qadriyatga oid tizimlar; “qadriyat” tuShunchasi
turlari. Qadriyatlar tuShunchasi ob’ektlar, ularning xususiyatlari, Shuningdek,
o‘zida ijtimoiy ideallarni mujassamlashtirgan va Shu sababli munosiblik namunasi
sifatida namoyon bo‘luvchi mavhum g‘oyalarni belgilash uchun qo‘llaniladi.
Qadriyatning uchta shakli:
 Qadriyat ijtimoiy ideal, munosiblik haqidagi ijtimoiy tafakkur tomonidan
ishlab chiqilgan tasavvur (haqiqat, go‘zallik, adolatlilik va patriarxat, tenglik,
demokratiya) sifatida namoyon bo‘ladi.
 Qadriyat ob’ektlashtirilgan shaklda moddiy va ma’naviy madaniyat asari
ko‘rinishida yoki ijtimoiy qadriyatga oid ideallarning muayyan predmetga oid
timsoli bo‘lgan inson harakatlari sifatida namoyon bo‘ladi.
 Ijtimoiy qadriyatlar individual hayot faoliyati prizmasida singan holda
shaxsning psixologik tuzilmasiga inson xulqini asoslovchi shaxsiy qadriyatlar
shaklida kirib boradi.
 Ijtimoiy ish etikasining qadriyatga oid me’yoriy asosi ijtimoiy xodimning
me’yoriy xulqining bazaviy tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi ma’naviy qadriyatlar
tizimini qamrab oladi.
Qadriyatlar turlari.
SHaxsiy qadriyatlar – ijtimoiy ish bilan Shug‘ullanuvchi ko‘plab odamlar
ijtimoiy muhofazaga muhtojlar uchun nimadir qilish muhim, degan fikrdan
rag‘batlanadilar. Kimlardir diniy e’tiqodi yoki siyosiy qarashlari sababli ushbu
harakatlarni amalga oshiradi. Qanday qadriyatlar va ular qaerdan kelib


66
chiqqanligini anglash muhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiy qadriyatlar – garchi barcha odamlar o‘ziga xos bo‘lsa-da, biz bilgan
qadriyatlar va e’tiqodlar o‘ylaganimizdek, o‘ta shaxsiy emas. Ular jamiyatda –
yoshga oid guruhda jinsiy tegishlilik ta’siri ostida, millatga, ijtimoiy maqomga va
hokazolarga qoida tarzida shakllanadi. Ko‘plab hodisalarga nisbatan odamlarning
munosabati vaqtga oid tarzda o‘zgaradi. Masalan, shahvoniy xulq, bolalarga
bo‘lgan munosabat, o‘z fikrini ifoda qilish erkinligi, bolalarni nazorat qilish, inson
hayoti qadri. Ijtimoiy qadriyatlar ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq.
Ijtimoiy
ishning
kasbiy
qadriyatlari
ijtimoiy
xodimni
muayyan
majburiyatlarni bajarish va ularga amal qilishga, o‘z faoliyati uchun kasbiy
ma’suliyatni his qilishga yo‘naltiradi. Ijtimoiy ishdagi asos hosil qiluvchi
qadriyatlar quyidagi qoidalarda aks ettirilgan:
1) Shaxs jamiyatning asosiy tashvishi hisoblanadi.
2) Shaxs va jamiyat o‘zaro bog‘liq.
3) Shaxs bir-biri oldida ijtimoiy majburiyatlarga ega.
4) Odamlar boshqa birovning huquqini buzmagunlariga qadar o‘z erkinliklariga
haqlidir.
5) Demokratik jamiyatning katta ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati har bir
shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishi va jamiyat hayotida faol
ishtirok etish orqali mas’uliyatni qabul qilishi hisoblanadi.
6) Jamiyat individning o‘zini faol namoyon qilishi yo‘lidagi har bir to‘siq engib
o‘tilishi va bartaraf qilinishi uchun ma’sul
1
.
Ijtimoiy xodim har bir insonning qadrli ekanligi va uning o‘z imkoniyatlarini
amalga oshirish, munosib turmush tarzi va farovonlik, bir odamning huquqlari
boshqa odamlar yoki guruhlarning huquq va manfaatlarini amalga oshirilishiga
to‘sqinlik qilmasligi sharti bilan hayotiy qarashlarini erkin tanlash huquqini tan
oladi.
Ijtimoiy adolatlilik va insonparvarlik manbalarning adolatli va teng
taqsimlanishini, davlat va ijtimoiy xizmatlar va tashkilotlarning imkoniyatlaridan
foydalanishning ta’minlanishini taqozo qiladi.


67
Layoqatlilik (professionalizm) doimiy ravishda kasbiy malakani oshirib
borishga, yangi
bilimlarni
o‘zlashtirishga,
amaliy
faoliyat, malaka
va
ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ijtimoiy qadriyatlarni chuqur anglash va ijtimoiy
muhit jarayonlarini ilmiy tadqiq qilish usullarini o‘zlashtirishga undaydi.
Shunday qilib, ijtimoiy xodimning professional qadriyatlari majmui
insonparvarlik prinsiplariga asoslanadi va tarkibiy qismlari ijtimoiy ish jarayonining
yo‘nalishlari, mohiyati va mazmuniga tegishli bo‘lgan tuzilmaga ega. Ijtimoiy
xodim kasiy faoliyatining barcha jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
insonparvarlik va ijtimoiy ishning asosini tashkil etuvchi har bir inson shaxsiga
hurmat qadriyatlariga bo‘ysunadi. Kasbga oid qadriyatlar umuman kasb mohiyati
asosi sifatida har bir ijtimoiy xodim faoliyatining asosi sifatidagi axloqiy
me’yorlarning tartibli manbalari hisoblanadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling