Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

4. Ijtimoiy ish amaliyotida axloqiy ikkilanishlar. Ikkilanish (grek tilidan
“jo‘natma”) – ikkita teng darajadagi noxush imkoniyatlar o‘rtasidagi qiyin tanlov.
5. Ma’naviy yoki axloqiy ikkilanish – bu har ikkisi ham teng qiymatga ega
bo‘lgan qadriyatlar o‘rtasida tanlov amalga oshirish lozim bo‘lgan vaziyat.
Ijtimoiy xodimlar xizmatlarining ko‘plab sohalarida har kuni axloqiy
ikkilanishlarga duch keladilar. Ushbu murakkab masalalarni hal etish uchun
ijtimoiy ish qadriyatlari va etikasi, Shuningdek, o‘z faoliyatlariga tegishli bo‘lgan
huquqiy majburiyatlarni chuqur anglashlari talab etiladi. Bu kabi anglash huquqiy
hujjatlar, sud amaliyoti, Shuningdek, axloqiy me’yorlar bilan umumiy tanishishdan
ko‘ra ko‘proq narsani qamrab oladi.
Ma’naviy paradigmalar va qadriyatga oid qarashlar – hayot, inson
qadr-qimmati, insonparvarlik, ezgulik, mehr-muhabbat, odamlar farovonligi,
ijtimoiy adolatlilik, mas’uliyat – bularning bari aniq ijtimoiy ishning asoslari
hisoblanadi. Amaliyotda ijtimoiy xodimlar o‘zlarining mijozlarga, hamkasblariga va
umuman jamiyatga nisbatan munosabatlariga ko‘ra turli axloqiy muammolarga
duch keladilar. Mazkur muammolar aksariyat holatlarda mujmal bo‘ladi va o‘ziga
ishonchsizlik, ularni ko‘rmaslikka olish kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Gapda
monografiya va darsliklarda bayon qilingan oliy qadriyatlarga amal qilish va Shu
tarzda o‘z mas’uliyatini namoyon qilish oson. Biroq kundalik faoliyatda amal qilish
uchun, masalan, o‘z taqdirini o‘zi belgilash yoki mijoz shaxsining mustaqilligi kabi
mavhum qadriyatlarga amal qilish nafaqat murakkab, balki bir vaqtning o‘zida agar
ijtimoiy xodimda mijoz ushbu erkinlikdan to‘g‘ri foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan holatlarda yolg‘on xotirjamlikka sabab bo‘lsa o‘ta xavfli
1
.
Ijtimoiy xodimlar axloqiy prinsiplarni batafsil o‘rganishlari talab etiladi. Ular
axloqning shaxsiy ijtimoiy kodeksini to‘liq bilishlari va muayyan vaziyatlarda
qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqiy va axloqiy prinsiplarni ajrata olishlari zarur.


72
Misol – kunduzgi markazda ishlovchi volontyor oldiga u bilan yaxshi
aloqada bo‘lgan 9 yoshli qiz keldi va otasi uni itarib yuborishini va do‘pposlashini
aytdi. Qiz volontyordan u va ota-onalari bilan bo‘ladigan uchraShuvda ularning
o‘rtasida o‘tirishni iltimos qildi. Markaz menedjeri bitta xona ajratdi.
UchraShuvda ota albatta, sir saqlashga amal qilinishini so‘radi. Volontyor, o‘zi
aytganidek, o‘zining soddaligi uchun bunga rozi bo‘ldi. Uchrashuv vaqtida unga
jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik haqida gapirib berishdi.
Nizo kelib chiqqan holatlarda ijtimoiy xodimlar ikkilanishlarni o‘rganish va hal
etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. Qadriyatlar va axloq me’yori mavzusi
ijtimoiy ish amaliyotida o‘ta murakkab hisoblanadi
1
.
Ijtimoiy xodim uchun ko‘plab qiyinchiliklar ikki yoki undan ortiq ziddiyatli
vaziyatlar orasidan tanlab olish zarurati bilan bog‘liq. Shunday qilib, ko‘plab milliy
axloqiy kodekslar va nizomlar ijtimoiy xodimlardan mijozlarning fuqarolik yoki
yuridik huquqlarni buzuvchi yoki kamaytiruvchi harakatlarda ishtirok etmaslikni
talab etadi.
Ayni vaqtda ijtimoiy xodimlar ish beruvchi tashkilot oldidagi o‘z
majburiyatlariga amal qilishlari lozim. Agar huquq taqdim qilingan muassasaning
siyosati mijozlarning fuqarolik huquqlarining masalan, gumanitar yordamning
“taqsimlanishi” holatida moliyaviy manfaatlar yoki huquqlarining buzilishiga olib
kelsa, ushbu ikki prinsip bir-biri bilan ziddiyatga kirishish vaziyati real bo‘lishi
mumkin.
Muammoli sohalar va axloqiy ikkilanishlar turli mamlakatlar uchun
madaniyat va davlat boshqaruvidagi farqlar sababli umumiy bo‘la olmaydi. Ijtimoiy
xodimlarning har bir milliy uyushmasi mazkur mamlakat uchun xos bo‘lgan muhim
masalalar va muammolarni aniqlash maqsadida munozaralarni rag‘batlantirishlari
lozim.
Axloqiy ikkilanishlarning vujudga kelishining ehtimoliy sabablari
2
:
 Ijtimoiy xodimning etarli darajada tayyorlanmaganligi yoki yangi vaziyatga
oid bilimlarning etarli miqdorining mavjud emasligi;
 U yoki bu vaziyatda ijtimoiy xodim sifatidagi rolini aniq anglamaslik


73
Misol – yosh ona o‘zini ijtimoiy jihatdan ajratib qo‘yilgandek his qilganligi
sababli oilaviy markazga murojaat qilgan. Ijtimoiy xodim bilan muammolarini
muhokama qilar ekan, mablag‘ etishmasligi, o‘z qiziga kam vaqt ajratayotganini
aytib, moddiy yordam so‘radi. Ijtimoiy xodimda vujudga kelgan savol: yosh ayol
moddiy yordam olishi bilan birga ishlashini ham oshkor qilishi lozimmi? Bunda u
mijozning noqonuniy harakatlarini qo‘llab-quvvatlayaptimikan?
Misol – serebral falajlikka chalingan muassasada yashagan 22 yoshli yosh
ayol bilan ishlayotgan amaliyotchi tajribasi. Ayolda ruhiy zo‘riqish alomatlari
bo‘lgan, u muloqot qilish va ovqatlanishdan bosh tortgan. Xodimlar uning bir
o‘zini xonaga qamab qo‘yganlar. YAngi kelgan xodim u bilan gaplashganda ayol
uydan chiqishni va kollejda qandaydir kurs o‘qish istagida ekanligini aytgan
hamda ma’lumotni asosiy xodimlarga etkazishni iltimos qilgan. Hech qanday
o‘zgarish sezilmadi. Amaliyotchida u mazkur muassasaning madaniyatini
buzganligi bilan bog‘liq bo‘lgan qarama- qarshi hissiyotlar vujudga kelgan.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling