Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Misol – keksa yoshdagi er-xotinlar o‘zlari yashayotgan uydan keksalar
uyiga ko‘chirib o‘tkazildi. Ular oddiy xo‘jalikdagi ishlarni yurita olmasliklari,
ayol kechasi yiqilib tushganligi aytilgan. Oila, yotoqxona uchun mas’ul shaxs va
boshqa ijtimoiy xodimlar tomonidan ular keksalar uyiga joylashtirilishi
masalasida bosim o‘tkazilgan. Amaliyotchi ularni uyga qaytarishni talab qilgan.
Xulosa – Ijtimoiy xodimning vazifasi vaziyatni umumiy baholash va vaziyatga
aloqador bo‘lgan barcha odamlar uchun eng maqbul qarorni ishlab chiqishdan
iborat.
(nazoratchi yoki g‘amxo‘rlikni amalga oshirayotgan shaxs). Qarashlarning
maxfiylik bilan bog‘liq ravishdagi noaniqligi.
 O‘z shaxsiy maqomiga ishonchsizlik, ayniqsa, boshqa professionallar bilan
o‘zaro munosabatlarda.
 Jamiki vaziyatning murakkabligini anglamay turib bitta iste’molchining
ehtiyojlari yoki huquqlarini tor doirada o‘rganish.
Har qanday jamiyatda ertami yoki kech vujudga kelishi mumkin bo‘lgan


74
axloqiy ikkilanishlarning butun bir guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin va ularni
engib o‘tishdagi mas’uliyat sababli ijtimoiy xodim yuqori darajadagi malakaga ega
bo‘lishi talab etiladi.

Mustaqillik va boshqarish. Inson mustaqilligini bazaviy qadriyatlardan biri,
deb hisoblaydigan ijtimoiy xodim uchun uning xulqini boshqarish bilan bog‘liq
bo‘lgan har qanday harakat uni boshqarish va o‘z navbatida insonparvarlikning
o‘zining mohiyatini buzish bo‘lib ko‘rinadiMasalaning inson irodasini
boshqarmasdan turib, qadriyatlar to‘g‘risida gapirish mumkin emas. Biroq qaror
qabul qilish uchun juda past darajada bo‘lsa-da, ta’sir ko‘rsatish yoki qadriyatlarni
majburan singdirish talab etilsa, maqsad esa jozibador va real bo‘lsa, u holda
ijtimoiy xodim axloqiy dillemaga duch keladi. Masalan, ijtimoiy xodim mavjud
murakkab vaziyatni o‘zgartirish lozimligini ta’kidlasa, hayotni aniq oqilona reja
asosida rivojlantirish keragligini tuShuntirishiga qaramy u istiqboldagi ijobiy
o‘zgarishlar uning harakatlari tufayli sodir bo‘lganligiga to‘liq ishonch xosil qila
olmaydi. Shuningdek u o‘zining aralaShuvi tufayli vaziyat yomonlashishiga ham
hech qanday kafolat bera olmaydi.

Paternalizm va o‘z taqdirini o‘zi belgilash. Ijtimoiy ishning asosiy
qadriyatlaridan biri – mijozlarning farovon hayoti – paternalizm muammosi bilan
chambarchas bog‘liq. Paternalistik paradigma ijtimoiy xodim va mijoz
munosabatlarining vasiylik modelini taqozo qiladi, bunda mijozning “boshqarilishi”
uning o‘z foydasi uchun uning istaklari yoki erkinligiga aralashishga ruxsat beradi.
Paternalizm mijoz manfaatlari yo‘lida uni o‘z-o‘zidan himoya qilish maqsadida
mijozning o‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi harakatlarini cheklash, uni xizmatlarni o‘z
istagiga qarshi yoki majburan qabul qilishga majburlash, to‘g‘ri ma’lumotlarni
yashirish yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar va hokazolarni taqdim qilishga ham yo‘l
beradi. Bu kabi amaliyot barcha tomonidan to‘g‘ri qabul qilinmaydi va
paternalizmning o‘rinli ekanligi haqidagi bahslarga sabab bo‘ladi. Bir tomondan,
mijozga o‘ziga zarar etkazuvchi va xavfli xulqning muayyan shakllarini amalga
oshirishga ruxsat beriladi, boshqa tomondan esa – ijtimoiy xodimlar mijozlar
dunyoni noto‘g‘ri tuShunishlari va xavfli harakatlarni amalga oshirishlarining oldini


75
olish va ularni o‘z-o‘zidan himoya qilish uchun mas’uldirlar. Mazkur axloqiy
ikkilanish mijozlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi va o‘z vaziyatini to‘g‘ri anglashi
hamda maqbul echim topishi bilan bog‘liq.

Rost gapirish zarurati. Mazkur holatni ham avvalgisidan ajratib bo‘lmaydi.
Bir tomondan mijozlarni o‘zi haqidagi, o‘zining ahvoli va ruhiyati haqidagi to‘g‘ri
ma’lumotlarni olishga qonuniy haqqi bo‘lib, ularga to‘g‘ri ma’lumot taqdim qilishni
rad qilish yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish mumkin emas. Boshqa tomondan esa,
alohida holatlarda hattoki mijozlardan to‘g‘ri ma’lumotlarni yashirish, hattoki uning
foydasi uchun noto‘g‘ri (“najotbaxsh yolg‘on”) ma’lumot etkazish ham axloqiy
jihatdan maqbul va zarur, deb hisoblanadi. Ijtimoiy ishning g‘arb amaliyotida
birinchi qarash ustunlikka ega. Past darajadagi huquqiy madaniyat bilan birga
qandaydir yolg‘onga urg‘u berilishi, garchi bu yolg‘on “najotbaxsh” bo‘lsa-da,
ma’naviy qadriyatlar va kasbiy axloqning emirilishi, deb hisoblanadi, Shuningdek u
nafaqat qonunning buzilishiga, balki “ijtimoiy xodim – mijoz” munosabatlarining
kriminallashtirilishiga olib keladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling