Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Institutsional yo‘naltirilganlik. Bugungi kunda jamiyatda ijtimoiy ta’minot
roli haqida ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tasavvurlar mavjud: o‘tmishdan
qolgan yo‘naltirilganlik va institutsional yo‘naltirilganlik. Ijtimoiy ish institutsional
yondaShuvni qo‘llab-quvvatlaydi va mazkur yo‘nalishdagi dasturlarni rivojlantirish
va amalga oshirishga intiladi. Jamiyat o‘sish va rivojlanish ta’minlashi lozim, bu
esa o‘z navbatida har bir insonga o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish
imkonini beradi. Ijtimoiy ish jamiyat xavfsizlikni ta’minlash, asosiy madaniy va
biologik ehtiyojlarni qondirishni o‘z a’zolari oldidagi mas’ul vazifa deb hisoblaydi.
Ijtimoiy xodimlar individualizm va ijtimoiy darvinizm qarashlarini inkor qiladi.
Boshqalarning ma’naviy va diniy e’tiqodlarini hurmat qilish prinsipi
ijtimoiy ishning eng muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi
asosiy yo‘nalish talabalarni odamlarning madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda amaliy faoliyatga tayyorlash hisoblanadi. Din va ma’naviyat
barcha jamiyatlarda muhim o‘rin tutadi, ijtimoiy xodimlar din va madaniyatning
inson hayotiga ta’sirini anglashlari muhim. Ijtimoiy ish Kengashining ta’lim va
akkreditatsiya sohasidagi siyosat standartlari bakalavriat va magistrlik dasturlari
talabalarni turli madaniyatlar vakillari bilan ish olib borish ko‘nikmalariga ega
bo‘lishi uchun tayyorlashni talab etadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy adolatlilik hamda inson huquqlarini himoya qilishga


70
Ijtimoiy xodimlarning xalqaro uyushmasi axloq kodeksi:
“Ijtimoiy xodimlar har qanday shaxs, guruh yoki sinfga nisbatan ularning
irqiy, etnik tegishliligi, milliy kelib chiqishi, teri rangi, jinsi, jinsiy
yo‘naltirilganligi, yoshi, oilaviy ahvoli, siyosiy qarashlari, dini, aqliy yoki jismoniy
zaifligiga qaramasdan, ular ustidan hukmronlik qilish, ekspluatatsiya va
tahqirlashning oldini olishlari va bartaraf qilishlari zarur”.
imkoniyat yaratish prinsipi ijtimoiy xodim zimmasiga azoblangan yoki tahqirlash
qurboniga aylanganlar uchun ijtimoiy va iqtisodiy adolatga erishishga
ko‘maklashish mas’uliyatini yuklaydi. Ijtimoiy xodimlar milliy uyushmasi,
Shuningdek, Ijtimoiy ish maktablari xalqaro uyushmasi hujjatlarida ta’lim
dasturlarida “ta’limning barcha odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va
ularning turli-tumanligini tuShunish uchun sharoit yaratish” zarurati to‘g‘risida
aytib o‘tilgan (2008). Ijtimoiy ish ta’lim dasturlarida xilma-xillikni tan olish
majburiy hisoblanadi, ular esa o‘z navbatida yosh, sinf, rang, madaniyat, nogironlik,
etnik tegishlilik, jins, gender mansublik va ifoda, immigratsion maqom, siyosiy
mafkura, irqlar, dinlar, jins va jinsiy yo‘naltirilganlik”larni qamrab oladi.
Asosiy “inson huquqlari” nimalardan iborat?
Bu kabi huquqlarni shakllantirishning asosiy boshlang‘ich nuqtasi Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hisoblanadi
1
. Mazkur hujjatda belgilab
berilgan huquqlar orasida quyidagilar ham mavjud:
– Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib
tug‘iladilar;
– yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egalik;
– shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishdan ozodlik
huquqi;
– shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy sohalardagi huquqini amalga oshirish huquqi; farovon turmush tarzi,
jumladan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmatga ega bo‘lish huquqi;
– har bir inson o‘z jamiyati oldida ma’sul;


71
– huquqlar faqatgina boshqalarning huquqlariga amal qilishga nisbatan
cheklanishi zarur (tarqatma materiallarga qarang).
Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar inson huquqlarini ta’minlash asos hosil
qiluvchi maqsad ekanligini tan olmoqdalar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling