Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
“Sen yolg‘iz emassan” Ijtimoiy xayriya jamg‘armalari kiradi.
Va nihoyat, ijtimoiy ishning asosiy sub’ekti, amaliy ijtimoiy ish bilan professional darajada (ijtimoiy terapevt, ijtimoiy gerontolog, ijtimoiy ekolog, ijtimoiy pedagog) yoki ijtimoiy asoslarda Shug‘ullanuvchi (ko‘ngillilar) odamlar hisoblanadi. Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ish asosida ijtimoiy xodimning mijoz va uning uchun ahamiyatli bo‘lgan ijtimoiy muhiti bilan o‘zaro munosabatlari tizimi yotadi. Ijtimoiy ish predmeti mijozning ijtimoiy xodim hal etish uchun o‘z kuchini sarf qiluvchi ijtimoiy vaziyati hisoblanadi. Uning faoliyatining maqsadi – mijozning ijtimoiy vaziyatini yaxshilash, uning holatini engillashtirish. Ijtimoiy vaziyatni o‘rganish bevosita muayyan mijozning ijtimoiy muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan va muammoning hal etilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni ajratib olish imkonini beruvchi metodologik vosita sifatida xizmat qiladi. Individning dunyo bilan global aloqalarini inkor etmagan holda ijtimoiy vaziyatni anglash – birinchi navbatda uning muammosini hal etishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni ajratib olish imkonini beradi. Mazkur eng yaqin aloqalarni tahlil qilish individni u yoki bu harakatlarni sodir etishga undovchi psixologik, oilaviy, guruhga oid, tibbiy va boshqa sabablarni aniqlash imkonini beradi, uning shaxsida hayotiy qarashlarini o‘zgartirish uchun barqaror sabablarni yaratishda tayanch nuqtasini topishga yordam beradi 1 . Ijtimoiy xodimning eng umumiy maqsadlari – o‘z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bunga mijozlarning mustaqillik darajasi, muammolarning vujudga kelgan sabablarini hal etish, mijoz uchun qonuniy unga tegishli bo‘lgan barcha narsalarni olish imkonini berish yo‘li bilan erishiladi. Bundan tashqari, 41 Ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy o‘zgarishlarga asosan muammolarni turli hal etish, Shuningdek, odamlarning farovonligini oshirish va ularning erkinligini ta’minlash masalalarini hal etishga qaratilgan. Inson xulqi nazariyasini va ijtimoiy tizimlarni qo‘llagan holda, ijtimoiy ish odamlar jamiyat bilan o‘zaro munosabatga kirishgan erda vujudga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat prinsiplari ijtimoiy ishning asosiy ustunlari hisoblanadi. mazkur maqsadlar sirasiga, odamlarni jamiyatga moslashtirish yoki qayta moslashtirish, mijozda ijtimoiy xodim yordamiga bo‘lgan ehtiyoj qolmaganda, bu kabi natijaga erishish kabilar kiradi. Shunday qilib, ijtimoiy ishning maqsadi shaxsning ijtimoiy maqomini oshirish, jamiyatga ijtimoiy moslaShuvini ta’minlash, moddiy mustaqillikka erishishdan iborat. Mazkur maqsadga sub’ektning jamiki faoliyati bo‘ysunadi, unga muvofiq tarzda faoliyat mohiyati shakllanadi, boshqaruv tashkillashtiriladi, faoliyat vositalari, shakllari va usullari tanlab olinadi. 6. Ijtimoiy ishning xalqaro ta’rifi. Keng ma’noda aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy ish jamiyat xodisasi bo‘lib, ijtimoiy yordamning o‘ziga xos madeli sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu yordam jamiyatni ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tarixiy konteksda amalga oshiriladi. Tor ma’noda ijtimoiy ish ijtimoiy zarur faoliyat turi bo‘lib, u odamlarga, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni engishda yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. “Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul qilingan, o‘zaro insoniy munosabatlarni, insonning jamiyatga moslaShuvidagi muvaffaqiyatsizligini engillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatini ifodalovchi ta’rifdir. Ijtimoiy ishning eng umumiy ta’rifi – bu individ, guruh yoki jamiyat hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha professional faoliyat, demakdir. Ijtimoiy xodimlarning Xalqaro federatsiyasining 2002 yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan har yillik uchraShuvida quyidagi ta’rif qabul qilingan: Ijtimoiy ish kasbining Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasida (IFSW) qabul qilingan global ta’rifiga ko‘ra, ijtimoiy ish, ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar va tub xalqlar bilimlari asosidagi ijtimoiy ish odamlar va tuzilmalarni ularning 42 hayotiy muammolarini hal etish va farovonligini oshirish maqsadida o‘ziga jalb qiladi 1 . Ijtimoiy ishni institutsionallashtirish. Ijtimoiy ishni institutsionallashtirish ostida keng ma’noda jamiyatda yangi ijtimoiy institutni shakllantirish jarayonini tuShunish lozim. Ijtimoiy ishni institutsionallashtirish jamiyatni isloh qilish, insonparvarlik an’analarini saqlash, ma’naviyatni tiklashga asoslangan. Ijtimoiy ishni institutsionallashtirish – demokratik rivojlanish, uni qayta qurish, ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlashtirish, jamiki aholining ijtimoiy salomatligini qayta tiklashning majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy ish institutini keng ma’noda faoliyatning ikkita asosiy yo‘nalishini taqozo qiluvchi ijtimoiy madaniy jihatdan o‘rganish lozim. Birinchi yo‘nalish ijtimoiy ta’minot, jamiyatning muhtoj a’zolariga moliyaviy va moddiy yordam ko‘rsatishga asoslangan. Ikkinchi yo‘nalish – yordamga muhtoj odamlarga yoki salomatlik bilan bog‘liq muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatishdan iborat. Har qanday holatda ham ijtimoiy samaradorlik qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish, ijtimoiy xodimning jamiyatdagi institutsional maqomiga bog‘liq. U ayniqsa davlat, ijtimoiy va aralash bo‘lishi mumkin. Davlat maqomi jamiyat a’zolarining sonini aniqlash, davlat tomonidan ajratiladigan manbalarni markazlashtirilgan holda nazorat qilish imkoniyatini anglatadi. Muhtojlarga yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar taqdim qilinayotgan xizmatlar sifati nuqtai nazaridan ahamiyatli hisoblanadi. Bu holatda nafaqat moliyaviy va moddiy yordam amalga oshiriladi, balki muhtojlarni ijtimoiylashtirish, moslashtirish yo‘llarini izlash, ijtimoiy ishtirokni tashkillashtirish ham amalga oshiriladi. Mujmal davlat tuzilmalari ustun rolga ega bo‘lgan variantdan farqli ravishda, bu erda mahalliy uyushmalarning qator marginal guruhlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati amalga oshiriladi. Biroq ijtimoiy yordam ustidan nazorat qilishning bu kabi shakllari ham salbiy jihatlarga ega. Tegishli nazoratsiz, maxsus rag‘batlarsiz ijtimoiy tashkilotlar faoliyati ham doimiy ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zamonaviy sharoitda ijtimoiy ishni tashkillashtirining aralash turlari ko‘proq e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bunda 43 asosiy harakatlantiruvchi va tashkillashtiruvchi kuch hukmron tuzilmalar yoki ularning faol ishtirokidan iborat bo‘ladi 1 . O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini amalga oshirish prinsiplari shakllantirilgan. Ular orasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida inson va fuqaro huquqlarini himoya qilish va ularni davlat kafolati bilan ta’minlash alohida o‘rin tutadi. Keyingi o‘rinda fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanishlari, xizmat ko‘rsatishning engilligi va manzilliligi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi teng imkoniyatlar turadi. So‘ngra onalik va bolalikni himoya qilish prinsiplari, Shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kabi ahamiyatli yo‘nalishlar belgilab berilgan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling