Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 2-MAVZU. IJTIMOIY ISH MOHIYATI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
- Kalit so‘zlar
Nazorat savollari
1. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot tuShunchalari o‘rtasida qanday umumiylik mavjud? 2. Ijtimoiy ishga ta’rif bering va uning maqsadlarini ifodalang. 18 3. Ijtimoiy himoya institutlari qaysilar? 4. Jamiyatimizda ijtimoiy ta’minot tizimida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda? Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ganieva M.X. Ijtimoiy ish asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: CHASHMA PRINT, 2009. 112 b. 2. Ganieva M.X. Ijtimoiy ishga kirish. – Toshkent: O‘zMU, 2011. 3. Ganieva M.X., N.M.Latipova. Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi. Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zMU, 2015. – 264 b. 4. Ambrosino R., Ambrosino R.,Heffernan J., Shuttlesworth G. Social Work and Social Welfare: An Introduction. Sixth Edition. – Thomson Brooks/Cole, 2008. – 643 p. 5. Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. 2-MAVZU. IJTIMOIY ISH MOHIYATI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1. Ijtimoiy yordam mohiyati va turlari 2. Ijtimoiy ish paydo bo‘lishining tarixiy sabablari 3. Ijtimoiy ish kasb sifatida 4. Ijtimoiy ish fan va o‘quv fani sifatida 5. Ijtimoiy ish ob’ekti va predmeti 6. Ijtimoiy ishning xalqaro ta’rifi Kalit so‘zlar: ijtimoiy ishning o‘ziga xos xususiyatlari, inson, jamiyat, ijtimoiy ishning paydo bo‘lishi, ijtimoiy ish fan sifatida, ijtimoiy himoyaning tarixiy shakllari, xayriya, homiylik, rahm-shafqat, xizmat ko‘rsatish, filantropiya (insonparvarlik), davlat yordam tizimi, ijtimoiy ish ta’rifi, ob’ekt, predmet. 1. Ijtimoiy yordam mohiyati va turlari. Ijtimoiy ishning ijtimoiy hodisa 19 sifatidagi ildizlari inson va jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlariga to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy yordam qalb amriga ko‘ra amalga oshiriladi, bu jarayonda nochor aholiga g‘amxo‘rlik qilishning turli jamiyatlarda shakllangan an’analari mavjud. Qadimgi Misr ibodatxonalarida marosimga oid yordam amalga oshiriladi: ochlarga bepul non tarqatish. Qadimgi Gretsiyada, so‘ngra qadimgi Rimda aholining qashshoq qatlami orasida non, kiyim-kechak, pul tarqatiladi. Qadimgi slavyanlarda ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari turli sakral jihatlarga ega bo‘lgan ommaviy yordam, ijtimoiy-urug‘chilikka oid, Shuningdek, xo‘jalik yordami, nasl, oila, aholi doirasida o‘zaro yordam ko‘rsatish va himoya ko‘rinishida bo‘lgan. O‘z tarixiy rivojlanishida muhtojlarni ijtimoiy parvarish qilish turli shakllarga ega bo‘lgan – sadaqadan ijtimoiy va xususiy xayriyaning turli ko‘rinishlari bilan birgalikda amalga oshiriluvchi, uyushgan davlat tizimiga qadar ko‘rinishlarda bo‘lgan. Sadaqa – bu muhtojlarga pul yoki moddiy vositalar ko‘rinishida yordam berish. Bu odamlarga xos bo‘lgan tabiiy-gumanistik xususiyatlarning eng qadimiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, keyinchalik u turli dinlar tomonidan majburiyat darajasiga olib chiqildi va bizning kunlarimizga qadar sadaqa qashshoqlarga hamdardlik ko‘rsatishning bir shakli sifatida saqlanib qolgan. Xayriyaning mazkur turini uyushgan ko‘rinishga keltirish mumkin emas. U qo‘l cho‘zgan har qanday kishiga beriladi va individning shaxsiy xislatlari, uning sub’ektiv hissiyotlari bilan belgilanadi. Baholi qudrat yordam ko‘rsatish sadaqa (xayr-ehson)ning asosiy maqsadi hisoblanadi. Biroq katta miqdordagi sadaqalar qashshoqlik kasbining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xayriya, mehr-shafqat ko‘rsatish kambag‘allarga moddiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, bu – muhtojlarga ixtiyoriy va beg‘araz ravishda pul, mol-mulk taqdim qilish, xizmat ko‘rsatish demakdir. G‘arb mamlakatlarida uni odatda karitativ (xayriya) faoliyati deb ataydilar (lotin tilidagi caritas – “mehr” ma’nosini anglatadi). Mazkur tuShunchalar ma’nosi o‘zaro bir-biriga yaqin, biroq bir xil emas. 20 Xayriyani ko‘p jihatdan uning asosida rivojlangan professional ijtimoiy ishdan farqlash lozim. Biroq u boshqa tashkiliy asoslarga quriladi. Ijtimoiy ish me’yoriy-huquqiy asos yordamida, maxsus uyushgan muassasalar va tashkilotlar tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi asosida aniq tartibga solingan. Xayriya faoliyati esa qat’iy tartiblarga amal qilmaydi, bu esa o‘z navbatida vujudga kelgan ijtimoiy muammolarga vaziyatdan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Xayriya muhtojlarga yordam ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muayyan ijtimoiy va xususiy harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha ijtimoiy faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Xayriyaning asosiy tarkibiy qismini homiylikdan, ya’ni birinchi navbatda moddiy, Shuningdek, katta miqdordagi mablag‘lar va jamiyatda ta’sir kuchiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan uyushgan yordam ko‘rsatishdan tashkil topgan, deb hisoblash mumkin. Rahm-shafqat ko‘pincha xayriya ko‘rsatishning sabablaridan biri sifatida namoyon bo‘lgan holda xayriya faoliyatining asosini tashkil qiladi. Rahm-shafqat, hamdardlik, xayrixohlik va yordam ko‘rsatish, qiynalayotganlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlikni anglatadi. Rahm-shafqat – bu boshqa kishiga yordam ko‘rsatishdan ko‘ra ko‘proq uning azoblariga hissiy-emotsional aks-sado, demakdir. Homiylik, aslida sovg‘a qilish yoki xayr-ehson qilish tuShunchasiga mos keladi, biroq ular bir-biridan tamomila farq qiluvchi tuShunchalardir. Homiylik ostida yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (mol-mulkni, intellektual faoliyat natijalarini taqdim qilish, xizmat ko‘rsatish, ishlar olib borish ko‘rinishidagi) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs faoliyatiga qabul qiluvchi tomonidan homiy haqida, uning mahsulotlari haqida reklama qilish sharti asosida sarmoya kiritish tuShuniladi. Ijtimoiy yordam ob’ekti va sub’ektini aniq farqlab olish lozim. YOrdam olish ob’ekti sifatida qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan yordam oluvchilar namoyon bo‘ladi, ijtimoiy yordam sub’ekti ostida esa yordam manbai tuShuniladi. Ijtimoiy yordam sub’ekti tabiatidan kelib chiqqan holda uning qator asosiy turlari ajratib 21 ko‘rsatiladi: xususiy (individual); guruhga oid, ijtimoiy (jumladan, uyushmaga oid); davlat. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zaro bir-biriga yordam ko‘rsatishga intilish immanent ravishda insonga xos tuShunchadir. Barcha dunyo dinlarining asosida markaziy o‘rinni muhtojlarga gumanitar xizmat ko‘rsatish tizimi sifatidagi insonning burchi sifatida ifodalangan ijtimoiy yordam va xayriya tutgan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling