Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Ijtimoiy ish usullari. Usullar – bu qo‘yilgan maqsadga erishish usullari,
jarayonlari majmui va eng qisqa yo‘lidir. Ijtimoiy ish – bu qandaydir maqsadga erishish, aniq vazifani hal etish usullaridir (ilmiy-tadqiqot yoki amaliy). Agar ijtimoiy ish usullari klassifikatsiyasi asosi sifatida ta’sir ko‘rsatilishi rejalashtirilgan odamlar olinsa, u holda ijtimoiy ishning individual va guruhga oid usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Individual ijtimoiy ish – xodimlar tomonidan individlarga ular bilan shaxsiy o‘zaro munosabat yo‘li bilan ularning psixologik, shaxslararo, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan yo‘nalish, qadriyatlar tizimi, amaliyot turi demak. Guruhga oid ijtimoiy ish – ijtimoiy ishning qiziqishlari va umumiy muammolari yaqin bo‘lgan shaxslarning kichik guruhlari muntazam to‘planuvchi va umumiy maqsadlarga erishish maqsadida faoliyat olib borishini ifodalovchi shakllari va usullari. Psixoterapevtik guruhlardan farqli ravishda guruhga oid ijtimoiy ishning maqsadlari hissiy muammolarni hal etishdan iborat bo‘lishi shart 48 emas. Jamoaga oid ijtimoiy ish an’anaviy usullarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi va fuqarolarning manfaatlari, ehtiyojlari, umidlarini qondirishning ijtimoiy-siyosiy vositasi hisoblanadi. Jamoada ish olib borishda mijoz shaxsiy va ijtimoiy muammolarning chambarchas bog‘liqligi va o‘zaro aloqadorligini anglashiga erishish vazifasi qo‘yilgan. U nizoli vaziyatlarni hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro hamjihatlikda amalga oshiriladigan harakatlarda faol ishtirok etishi lozim. Ijtimoiy ishda professional faoliyatning mazkur turiga oid bo‘lgan usullar qo‘llaniladi. Ularga, avvalambor quyidagilar kiritiladi: ijtimoiy diagnostika qilish usuli; keskin vaziyatlarda aralashish usuli; jamoada ishlash usuli; ko‘chalarda ishlash usuli. 2. Ijtimoiy ish nazariyasi turlari. Ijtimoiy ishga bag‘ishlangan adabiyotlarda 1 uning modellarini ijtimoiy yo‘naltirilgan, psixologik yo‘naltirilgan va kompleks yo‘naltirilgan turlarga ajratilishi klassik holatga aylandi. Bu kabi klassifikatsiyaning asosi ijtimoiy ishga eng kuchli ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatuvchi yondosh fanlarga nisbatan ijtimoiy ish sohasidagi nazariy yondaShuvlarni tahlil qilish hisoblanadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan modellar eng ko‘p ijtimoiy konsepsiyalar bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy rivojlanish, jamiyatni tizimlashtirish, uning ijtimoiy institutlarining o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini anglashga tayanadi. Zamonaviy ijtimoiy yo‘naltirilgan modellar orasida quyidagilar eng ko‘p mashhurlikka erishgan: Ekologik nazariyasi ("hayot modeli”) Ijtimoiy-radikal model Tizimli model Ijtimoiy ishning psixologik yo‘naltirilgan modeli psixologik bilimlarga, psixologik maqom qonuniyatlari va inson rivojlanishini qayd qilishga tayanadi. Psixodinamik model Kognitiv-bixevioral model 49 Ijtimoiy ishning kompleks yo‘naltirilgan modeli himoya qilish muammosini bir butun ko‘ra bilish va insonning biopsixologik mavjudot sifatidagi hayotiy kuchlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Mazkur modelga misol sifatida rolga oid modelni keltirishimiz mumkin. Ushbu model psixologik va sotsiologik bilim integratsiya asosiga qurilgan (YA.Moreno, Dj. G. Mid). Ushbu yondaShuv avvalambor, shaxsni anglashga asoslanadi, mijozni avvlagi tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zini qanday tutish va rivojlanishga o‘rgatadi, hayotidagi shaxsiy roli haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi. G‘arbiy olimlardan birining fikriga ko‘ra, (Barber, 1991, Payne, 1991), nazariyalarning 4 turini ajratib ko‘rsatish mumkin 1 : 1) ijtimoiy ish to‘g‘risidagi jamiyatdagi ijtimoiy ish rolini va tabiatini izohlovchi nazariya; 2) ijtimoiy ishning faoliyatning qanday turlari tashkil etishini ta’riflovchi nazariyalari, professional ijtimoiy ish uchun maqsadlar, nima sababdan faoliyatning u yoki bu turlari to‘g‘ri va ijtimoiy ishning maqsadlariga javob berishini ta’riflovchi nazariyalar; 3) ijtimoiy ishga o‘z hissasini qo‘shgan, inson yoki guruh xulqini izohlovchi yoki ta’riflovchi psixologik, sotsiologik va boshqa nazariyalar ijtimoiy ish nazariyalarini muammolarning ijtimoiy tabiatini e’tiborga oluvchi tizimli qilish maqsadida qo‘llaniladi; 4) ijtimoiy ishning boshqa nazariyalar ijtimoiy xodim va mijozning o‘zaro munosabatlari jarayonida boshqa nazariyalar qay tarzda qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatib beruvchi nazariyalari. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling