Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Ijtimoiy ish tajribasida ekotizimli model. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
mazkur modellar ijtimoiy xodimlarga odamlarning jamiyat bilan aloqalarini anglash va baholash usullarini taklif qiluvchi metanazariyalarga tegishli. Mazkur nazariyalar yuqorida ko‘rib chiqilganidek, muammolarni aniq ta’riflash va uni hal etishni taklif etadi. Ijtimoiy xodimlar oila, jamoa, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar mijozning vaziyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga e’tibor qaratishlari mumkin. Mazkur nazariyalarning prinsiplari: barcha tizimlar muvozanatlashtirilgan bo‘lishi lozim, ular chegaralarga ega, subtizimlardan iborat, bir butun barcha qismlarning oddiy yig‘indisidan ko‘proq, barcha tizimlar teskari aloqani yaratadilar. Modellarning taxminlari: odamlarning barchasi ko‘p tizimlarning bir qismi 53 sifatida harakatlanadi – ular tizimlar ta’siri ostida bo‘ladi va ularga ta’sir ko‘rsatadi, bitta tizimning o‘zgarishi boshqasining o‘zgarishiga olib keladi, ijtimoiy xodimning roli – tizimlar va inson o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashdan iborat. Ish bosqichlari: 1. Tizimli tahlil – ko‘plik tizimlarni tan olish, ko‘plik darajalarni tan olish, har bir tizim boshqasi bilan o‘zaro munosabatga kirishadi; 2. AralaShuv – ijtimoiy xodim mijozning vaziyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli tizimlarni o‘zgartirish maqsadidagi imkoniyatlar va cheklovlar haqida startegik jihatdan fikrlashi, tizimlarning har biriga aralaShuv imkoniyatlari darajasini anglashi lozim 1 . Ekologik model yashab qolish modelini yaxshilashga intiladi, chunki yaxshilashga individ, uning atrof muhiti ehtiyojlarini qondirish vositasida erishish mumkin. Ekologik modelda muhim urg‘u odamlar ko‘plab tizimlar bilan o‘zaro munosabatlarga kiriShuvchi “muhitdagi inson” formulasiga beriladi. Mazkur konsepsiya yordamida ijtimoiy ish uchta alohida sohalarga e’tibora qaratishi lozim. Birinchidan, insonga e’tibor qaratish, uning muammolarini hal etishga intilish, qiyinchiliklarni engib o‘tish va rivojlanish imkoniyatlariga qaratiladi. Ikkinchidan, o‘zaro munosabatga kiriShuvchi inson va tizim o‘rtasidagi munosabatlarga, insonning zarur manbalar bilan aloqasi, xizmatlar va imkoniyatlarga urg‘u berilgan. Uchinchidan, tizimni inson ehtiyojlarini qondirish uchun samarali ravishda isloh qilishga intilish. Ekologik model bir hayotiy bosqichdan boshqasiga o‘tish davrida o‘tish muammolari va ehtiyojlariga ega bo‘lgan odamlarga, oilaga, kichik guruhlarga yo‘naltirilgan 2 . 4. Ijtimoiy ishda xulqqa oid nazariya (Bixeviorizm). Bu nazariya va amaliy psixologiyaning S-R (rag‘bat-oqibat) sxemasiga asoslangan yo‘nalishi hisoblanadi. U amerika psixologiyasida Dj.B.Uotson, E.L.Torndayklar tomonidan shakllantirilgan. Mazkur yo‘nalish vakillari – E.K.Tolmen, E.R.Gutri, K.L.Xall, Skinner, N.E.Miller, Dj.Dollar hisoblanadi. Bixeviorizm asoschisi hisoblangan, tajriba tadqiqotlarini amalga oshirgan va 54 mazkur yo‘nalishni “inson xulqi haqidagi fan” sifatida belgilab bergan amerikalik psixolog Djon Uotson (1878-1958) hisoblanadi. Kalamushlarda tajriba o‘tkazar ekan, Uotson, olingan ma’lumotlar insonlarni o‘rganishda yordam beradi, deb hisoblagan. 1913 yilda u psixologiyada bixeviorizm to‘g‘risida maqolasini chop etgan. Mazkur yo‘nalishning rivojlanishiga insonning asab tizimini va tug‘ma shartli reflekslarning muayyan ta’sir yoki xulqqa ta’sirini tadqiq qilgan rus fiziologi I.Pavlovning g‘oyalari katta ta’sir ko‘rsatgan. I.Pavlov itning reaksiyasini o‘rganar ekan, so‘lak ajralishi (R) nafaqat ovqatlanishdan, balki misol uchun ovqatning (S) navbatdagi vaqti kelganini anglatuvchi qo‘ng‘iroqning jarangidan ham ajralishini aniqlagan. U buni shartli refleks deb nomladi, ayni vaqtda ovqatlanish bilan bog‘liq reaksiya shartsiz refleks, deb nomlandi. Shunday qilib, shartsiz reflekslar biologik jarayonlar bilan bog‘liq, ayni vaqtda shartli reflekslarga o‘rganish mumkin (Pavlov, 1928) 1 . Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling