IV. Ijtimoiy xodimlar mijozlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yordam, xizmat
ko‘rsatish va himoyaga muhtoj, ijtimoiy himoyalanmagan odamlar guruhi:
Bolalar va yoshlar: boquvchisini yo‘qotgan bolalar; alohida ehtiyojlari
mavjud bolalar, OITS bilan yashovchi bolalar; huquqiy xavf mavjud yoki qonun
bilan nizoga kirgan bolalar va yoshlar; bolalar institutsional muassasalari
o‘quvchilari va bitiruvchilari; zo‘ravonlik yoki yomon munosabat qurbonlari
bo‘lgan bolalar, zo‘ravonlik guvohlari; trafikka, mehnatning eng yomon shakllari
va barcha turdagi ekspluatatsiyaga jalb qilingan bolalar; tabiiy ofatlar, qurolli
nizolar va boshqalardan zararlangan bolalar;
Oilalar va ayollar: kam ta’sinlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar,
ota-onalarining bittasi bilan yashovchi bolalar, oila a’zolarida OITS bo‘lgan
oilalar, alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar, inqirozli
vaziyatga tushib qolgan oilalar (a’zolaridan biri vafot etgan, ajrashgan, nizolar,
uydagi zo‘ravonlik, migratsiya va h.k.); tabiiy ofatlardan, qurolli ixtiloflardan
zarar ko‘rgan oilalar; farzand asrab olgan oilalar va qabul qiluvchi oilalar va
boshq.;
nogironlar va ularning oilalari;
ijtimoiy ko‘makka muhtoj keksalar;
murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar: yaqinlarining o‘limi
yoki og‘ir kasalliklarni boshdan kechirganlar, surunkali kasalliklarga
chalinganlar, ish o‘rnini, turar joyi va boshqalarni yo‘qotganlar;
OITS bilan yashovchi odamlar;
ichkilikbozlik va yoki giyohvandlikka chalingan odamlar;
penitensiar muassasalardan chiqqan va yoki yopiq muassasalarda jazo
muddatini o‘tayotgan odamlar.
V. Ijtimoiy xodimning professional bilimlari
Ijtimoiy xodim bilimlarga ega bo‘lishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy siyosatning asosiy prinsiplari,
davlat ijtimoiy dasturlari va ijtimoiy siyosat sohasidagi yo‘nalishlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |