Q. N. Kayumov
VI. Ijtimoiy ish professional bilim va ko‘nikmalari
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
VI. Ijtimoiy ish professional bilim va ko‘nikmalari
Ijtimoiy xodim quyidagilarni bilishi lozim: o‘z professional amaliy faoliyatida professional-axloqiy me’yorlarga amal qilish; individuumlar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlar bilan ishlashni bilish; o‘z amaliy faoliyati davomida kasbiy-axloqiy me’yorlarga amal qilish; aholining turli guruhlariga (bolalar, yoshlar, ayollar, keksalar, nogironlar va h.k.) yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va yordam ko‘rsata olish; muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish (mijozlar, bolalar, hamkasblar va boshqa mutaxassislar bilan shaxslararo muloqot ko‘nikmalari, verbal va noverbal muloqot ko‘nikmalari); baholash va rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (to‘liq baholash uchun ma’lumotlar to‘plash va ularni tahlil qilish, mijoz vaziyatini baholash asosida aniq reja va keliShuvlarni amalga oshirish, erishilgan natijalarni muntazam tahlil qilish va o‘zgartirish); inventarizatsiya o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (mijozlar bilan bevosita ish olib borish, hamkasblar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, rejalarni zaruratga ko‘ra tahlil qilish va o‘zgartirish); ishchi yozuvlarni qayd etib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (ishlar bo‘yicha qaydlarni olib borish, hisobot va xatlar yozish, tashkilotda o‘rnatilgan talablarga muvofiq ravishda aniq va tuShunarli yozuvlarni olib borish); o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (o‘z ishi va vaqtini tashkillashtirish, o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilish); rahbarning qo‘l ostida yoki nisbatan tajribali hamkasblar bilan ishlash 250 qobiliyatiga ega bo‘lish, o‘rganishga tayyorlik; nazariyani amaliyotda qo‘llash imkonitiga ega bo‘lish (ijtimoiy ish nazariyasini bilish va tuShunish, amaliy faoliyat uchun mos keluvchi nazariyani tanlab olish va qo‘llash ko‘nikmasi); ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishning miqdoriy va sifatga oid usullarini qo‘llagan holda tadqiqotlarni amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; zamonaviy tadqiqotlar ma’lumotlarini qo‘llagan holda isbotlarga asoslangan amaliyotni qo‘llash; aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmini qo‘llash; hamkasblar va boshqa mutaxassislar bilan jamoada ishlash ko‘nikmasini bilish (samarali ishchi munosabatlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, g‘oyalar va ma’lumotlar bilan bo‘lishish qobiliyati); o‘z tashkiloti manfaatlarini tuShunish va himoya qilish (tashkilot siyosatini, uning jarayonlari, maqsad-vazifalari bilish va tuShunish, tashkilotni taqdim qilish ko‘nikmasi); o‘z kasbiy layoqatini oshirishga ko‘maklashish. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling