Q. N. Kayumov
МУНДАРИЖА 4 KIRISH
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
МУНДАРИЖА
4 KIRISH O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining eng muhim yo‘nalishi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishdan iborat 1 . Mamlakatda ijtimoiy himoyani ta’minlash mexanizmlariga huquqiy me’yorlarning har tomonlama asoslangan tizimi, ijtimoiy muhofazaga, muhtojlarga moddiy va uyushgan yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan davlat va nodavlat organlari faoliyati, pensiya ta’minoti, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va boshqalar kiradi. Alohida e’tibor oilalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga qaratilgan. Ijtimoiy himoyaning yangi uslubining shakllanishi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni teran anglovchi, aholining turli qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishning ko‘p tarmoqli vazifalarini professional ravishda hal etishga tayyor bo‘lgan yangi kadrlar mavjudligini taqozo qiladi. Shu nuqtai nazardan, faoliyati asosan muhtojlarga yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy xodim kasbini alohida ajratib ko‘rsatish zarur. Bu holatda ularning faoliyati nafaqat yordam ko‘rsatish va ta’minlash, moddiy, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, balki o‘z qaramog‘idagilar hayotida faol ishtirok etishlari bilan ham bog‘liq. Xodimlarning mazkur toifasi individni ijtimoiy moslashtirish yoki uning atrofidagi turli ko‘rinishdagi nizoli vaziyatlarni hal etish, shaxs, oila va jamiyat darajasidagi ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan muolaja o‘tkazish, hamda yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Bularning bari O‘zbekistonda islohotlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan, aholining barqaror ijtimoiy himoyasini amalda ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan kasbiy jihatdan yuqori malakali ijtimoiy xodimlar guruhini shakllantirishning strategik muhimligini namoyon qiladi. Ijtimoiy ish – bu ijtimoiy jihatdan zarur kasbiy soha bo‘lib, uning vazifasi jamiyatning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlash, davlatning zamonaviy ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga imkoniyat yaratish va aholining ijtimoiy himoyaga 5 muhtoj guruhlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va keng imkoniyatlar yaratishdan iborat. Odatda davlat yordamga muhtojlarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy va boshqa institutlar hamda ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali yordam ko‘rsatadi. Biroq ijtimoiy xizmat faoliyatining alohida turi – ijtimoiy ish ham mavjud. Ijtimoiy ish bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy institut, ham professional faoliyat turi, ham ijtimoiy amaliyot, ham nazariy bilimlar asosi, ham o‘quv fani hisoblanadi. Ijtimoiy ish nazariyasi diqqat markazida ijtimoiy xodim faoliyati turadi. Mazkur faoliyat samarali bo‘lishi uchun insonlarning turli muammolarini anglay bilishi, ularni hal etish usullarini bilishi lozim. Unga ilmiy bilim va amaliy ko‘nikmalar, rahmdillik, hamdardlik, mas’uliyat, tolerantlik va insonparvarlik, fuqarolik hissi va ijtimoiy adolat kabi maxsus, kasbiy va ma’naviy-axloqiy xususiyatlar xos. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamiga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy sohaning boshqaruv organlari uchun kadrlar tayyorlash maqsadida ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va ularni aholining muayyan guruhi bilan ishlashga ixtisoslashtirish, alohida mijoz, mijozlar guruhi (oila, ayollar, bolalar, yoshlar, keksalar va h.k.) bilan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda 1 . Mazkur vaziyatda ijtimoiy ishni kasb va akademik fan sifatida o‘rganish juda muhim va foydali ekanligi aniq namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizda “ijtimoiy xodim” kabi yangi kasbga ehtiyojning vujudga kelishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining u yoki bu toifalari bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti bilan Shug‘ullanuvchi, ularga turli ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatuvchi muassasalar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar tarmog‘ining shakllanishi bilan bog‘liq. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida ijtimoiy ish instituti yuz yildan ortiq davr mobaynida faoliyat olib bormoqda, dunyoning etakchi universitetlari mazkur sohada kadrlar tayyorlash 6 faoliyatini amalga oshirib kelmoqdalar. Zamonaviy jamiyat misli ko‘rilmagan texnik yuksalishlarni boshidan kechirayotgan bugungi kunda insonlar ishtirokisiz ishlovchi axborot texnologiyalari joriy qilinmoqda, buning natijasida ko‘p sonli ishchi kuchi ishsiz qolmoqda va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimiga qo‘shilmoqda. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda AQSHda yollanma ishchilarning deyarli 15 foizi amaliy faoliyatning oila, ta’lim, sog‘liqni saqlash, keksalarga, ruhiy xastalarga, axloq tuzatish muassasalaridagi bolalarga yordam ko‘rsatish kabi sohalarida faoliyat olib bormoqdalar. Bu maxsus ixtisoslikka nisbatan eng umumiy ko‘rinishdagi yondaShuv demakdir. Mazkur sohada faoliyat olib boruvchi xodimga turli sohalardagi bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi. U yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin bo‘lgan odamlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Shuningdek, hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan tashkilot va muassasalar, mavjud qonunchilik, moliyalashtirish manbalari, mazkur sohada faoliyat olib borayotgan boshqa mutaxassislar va bu kabi holatlarda taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan xizmatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozimligi talab etiladi. Dunyoda ijtimoiy ishning ulkan tajribasi mavjud. Mamlakatimizda orttirilgan tajriba ham kam emas. Biroq bugungi kunda mamlakatimizda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy vaziyat ijtimoiy ish konsepsiyasini asoslash va uni amaliyotga joriy qilish talab etiladi. Hayot ijtimoiy texnologiyalarni, ijtimoiy ishni tashkillashtirishning tuShunarli va ishonchli usullarini talab etadi. Dunyo tajribasi ko‘rsatishicha, ko‘p mamlakatlarda ijtimoiy rivojlanishning ijtimoiy xodimlarning faoliyatini e’tiborga olmagan birorta Davlat dasturini yoki birorta davlat ijtimoiy siyosatini topish mushkul. Odamlar o‘zlari, oila a’zolari, do‘stlari bilan birgalikda hal etish mumkin bo‘lmagan muammolarga ko‘proq duch kelmoqdalar. Bu muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatish uchun alohida kasb egalari – ijtimoiy xodimlar bo‘lishini taqozo etadi. Kasb va fan sifatida ijtimoiy ish integral tabiatga ega. Ijtimoiy ish paydo bo‘lishining eng dastlabki yillaridayoq mazkur faoliyat bilan pedagoglar, 7 psixologlar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar Shug‘ullanganlar, ijtimoiy ish nazariyasi esa turli fanlarning to‘qnaShuvida shakllangan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, u turli fanlar vakillari o‘rtasida kompleks muammolarni hal etishdagi hamkorlikni taqozo qiluvchi fanlararo tadqiqotlarning natijasi o‘laroq vujudga kelgan. Mazkur kitob OTMlarning “Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga mo‘ljallangan “Ijtimoiy ishga kirish” o‘quv fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartiga mos keladi. Talabalar, doktarantlar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan darslik bir vaqtning o‘zida ijtimoiy ish xodimlarining amaliy faoliyati jarayonida ham qo‘llanilishi mumkin. Mualliflar mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan kasbning barcha o‘ziga xos jihatlarini aks ettirish, kitobxonlarni ijtimoiy ish asoslari, shakllanish tarixi va uning eng muhim asoslari, usullari va qonuniyatlarining vujudga kelish tarixi va rivojlanishi bilan tanishtirishga, uni to‘g‘ri anglash uchun imkoniyat yaratishga intilgan. Kitob adabiyotlar ro‘yxati, glossariy, metodik tavsiyalardan iborat. Darslik ijtimoiy ish muammolarini o‘rganayotgan barchaga foydali bo‘lishiga va mazkur kasbning O‘zbekistonda rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilishiga umid qilamiz. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling