Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

“Sen yolg‘iz emassan” Ijtimoiy xayriya jamg‘armalari kiradi.
Va nihoyat, ijtimoiy ishning asosiy sub’ekti, amaliy ijtimoiy ish bilan
professional darajada (ijtimoiy terapevt, ijtimoiy gerontolog, ijtimoiy ekolog,
ijtimoiy pedagog) yoki ijtimoiy asoslarda Shug‘ullanuvchi (ko‘ngillilar) odamlar
hisoblanadi. Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ish asosida ijtimoiy xodimning mijoz va
uning uchun ahamiyatli bo‘lgan ijtimoiy muhiti bilan o‘zaro munosabatlari tizimi
yotadi.
Ijtimoiy ish predmeti mijozning ijtimoiy xodim hal etish uchun o‘z kuchini
sarf qiluvchi ijtimoiy vaziyati hisoblanadi. Uning faoliyatining maqsadi – mijozning
ijtimoiy vaziyatini yaxshilash, uning holatini engillashtirish. Ijtimoiy vaziyatni
o‘rganish bevosita muayyan mijozning ijtimoiy muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan va
muammoning
hal
etilishiga
ta’sir
ko‘rsatishi
mumkin
bo‘lgan
o‘zaro
munosabatlarni ajratib olish imkonini beruvchi metodologik vosita sifatida xizmat
qiladi. Individning dunyo bilan global aloqalarini inkor etmagan holda ijtimoiy
vaziyatni anglash – birinchi navbatda uning muammosini hal etishga bevosita ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni ajratib olish imkonini beradi. Mazkur eng
yaqin aloqalarni tahlil qilish individni u yoki bu harakatlarni sodir etishga undovchi
psixologik, oilaviy, guruhga oid, tibbiy va boshqa sabablarni aniqlash imkonini
beradi, uning shaxsida hayotiy qarashlarini o‘zgartirish uchun barqaror sabablarni
yaratishda tayanch nuqtasini topishga yordam beradi
1
.
Ijtimoiy xodimning eng umumiy maqsadlari – o‘z mijozlarining ehtiyojlarini
qondirishdan iborat. Bunga mijozlarning mustaqillik darajasi, muammolarning
vujudga kelgan sabablarini hal etish, mijoz uchun qonuniy unga tegishli bo‘lgan
barcha narsalarni olish imkonini berish yo‘li bilan erishiladi. Bundan tashqari,


41
Ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy o‘zgarishlarga asosan muammolarni turli hal
etish, Shuningdek, odamlarning farovonligini oshirish va ularning erkinligini
ta’minlash masalalarini hal etishga qaratilgan. Inson xulqi nazariyasini va ijtimoiy
tizimlarni qo‘llagan holda, ijtimoiy ish odamlar jamiyat bilan o‘zaro munosabatga
kirishgan erda vujudga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat prinsiplari
ijtimoiy ishning asosiy ustunlari hisoblanadi.
mazkur maqsadlar sirasiga, odamlarni jamiyatga moslashtirish yoki qayta
moslashtirish, mijozda ijtimoiy xodim yordamiga bo‘lgan ehtiyoj qolmaganda, bu
kabi natijaga erishish kabilar kiradi.
Shunday qilib, ijtimoiy ishning maqsadi shaxsning ijtimoiy maqomini
oshirish, jamiyatga ijtimoiy moslaShuvini ta’minlash, moddiy mustaqillikka
erishishdan iborat. Mazkur maqsadga sub’ektning jamiki faoliyati bo‘ysunadi, unga
muvofiq tarzda faoliyat mohiyati shakllanadi, boshqaruv tashkillashtiriladi, faoliyat
vositalari, shakllari va usullari tanlab olinadi.
6. Ijtimoiy ishning xalqaro ta’rifi. Keng ma’noda aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy
ish jamiyat xodisasi bo‘lib, ijtimoiy yordamning o‘ziga xos madeli sifatida namoyon
bo‘ladi. Ushbu yordam jamiyatni ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tarixiy konteksda
amalga oshiriladi.
Tor ma’noda ijtimoiy ish ijtimoiy zarur faoliyat turi bo‘lib, u odamlarga,
ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni engishda yordam
ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. “Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul qilingan, o‘zaro
insoniy munosabatlarni, insonning jamiyatga moslaShuvidagi muvaffaqiyatsizligini
engillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatini ifodalovchi ta’rifdir.
Ijtimoiy ishning eng umumiy ta’rifi – bu individ, guruh yoki jamiyat
hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha professional faoliyat,
demakdir. Ijtimoiy xodimlarning Xalqaro federatsiyasining 2002 yil iyul oyida
bo‘lib o‘tgan har yillik uchraShuvida quyidagi ta’rif qabul qilingan:
Ijtimoiy ish kasbining Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasida (IFSW)
qabul qilingan global ta’rifiga ko‘ra, ijtimoiy ish, ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar
va tub xalqlar bilimlari asosidagi ijtimoiy ish odamlar va tuzilmalarni ularning


42
hayotiy muammolarini hal etish va farovonligini oshirish maqsadida o‘ziga jalb
qiladi
1
.
Ijtimoiy ishni institutsionallashtirish. Ijtimoiy ishni institutsionallashtirish
ostida keng ma’noda jamiyatda yangi ijtimoiy institutni shakllantirish jarayonini
tuShunish lozim. Ijtimoiy ishni institutsionallashtirish jamiyatni isloh qilish,
insonparvarlik an’analarini saqlash, ma’naviyatni tiklashga asoslangan. Ijtimoiy
ishni institutsionallashtirish – demokratik rivojlanish, uni qayta qurish, ijtimoiy
munosabatlarni insonparvarlashtirish, jamiki aholining ijtimoiy salomatligini qayta
tiklashning majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ijtimoiy ish institutini keng ma’noda faoliyatning ikkita asosiy yo‘nalishini
taqozo qiluvchi ijtimoiy madaniy jihatdan o‘rganish lozim. Birinchi yo‘nalish
ijtimoiy ta’minot, jamiyatning muhtoj a’zolariga moliyaviy va moddiy yordam
ko‘rsatishga asoslangan. Ikkinchi yo‘nalish – yordamga muhtoj odamlarga yoki
salomatlik bilan bog‘liq muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatishdan iborat. Har
qanday holatda ham ijtimoiy samaradorlik qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish,
ijtimoiy xodimning jamiyatdagi institutsional maqomiga bog‘liq. U ayniqsa davlat,
ijtimoiy va aralash bo‘lishi mumkin. Davlat maqomi jamiyat a’zolarining sonini
aniqlash, davlat tomonidan ajratiladigan manbalarni markazlashtirilgan holda
nazorat qilish imkoniyatini anglatadi.
Muhtojlarga yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar taqdim qilinayotgan
xizmatlar sifati nuqtai nazaridan ahamiyatli hisoblanadi. Bu holatda nafaqat
moliyaviy va moddiy yordam amalga oshiriladi, balki muhtojlarni ijtimoiylashtirish,
moslashtirish yo‘llarini izlash, ijtimoiy ishtirokni tashkillashtirish ham amalga
oshiriladi. Mujmal davlat tuzilmalari ustun rolga ega bo‘lgan variantdan farqli
ravishda, bu erda mahalliy uyushmalarning qator marginal guruhlar ustidan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati amalga oshiriladi. Biroq ijtimoiy yordam ustidan nazorat
qilishning bu kabi shakllari ham salbiy jihatlarga ega. Tegishli nazoratsiz, maxsus
rag‘batlarsiz ijtimoiy tashkilotlar faoliyati ham doimiy ko‘rinishga ega bo‘lmaydi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zamonaviy sharoitda ijtimoiy ishni
tashkillashtirining aralash turlari ko‘proq e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bunda


43
asosiy harakatlantiruvchi va tashkillashtiruvchi kuch hukmron tuzilmalar yoki
ularning faol ishtirokidan iborat bo‘ladi
1
.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarida
aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini amalga oshirish prinsiplari
shakllantirilgan. Ular orasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida inson va fuqaro
huquqlarini himoya qilish va ularni davlat kafolati bilan ta’minlash alohida o‘rin
tutadi. Keyingi o‘rinda fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanishlari, xizmat
ko‘rsatishning engilligi va manzilliligi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi teng imkoniyatlar turadi. So‘ngra
onalik va bolalikni himoya qilish prinsiplari, Shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmat
va
yordam
ko‘rsatish
bo‘yicha
ijtimoiy
faoliyatni
davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash kabi ahamiyatli yo‘nalishlar belgilab berilgan.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling