Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Ijtimoiy ta’minotning maqsadi jamiyatdagi barcha odamlarning
ijtimoiy, moliyaviy, sog‘liqni saqlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Ijtimoiy ta’minot barcha yoshga oid guruhlar va barcha qatlamdagilarning hayot faoliyati darajasini oshirishga intiladi. Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish va jamiyatda ijtimoiy ta’minot muassasalarining faoliyatini ta’minlash zarur ijtimoiy institut hisoblanadi, chunki bozor iqtisodiyoti va oila faoliyati bugungi kunda odamlar yoki odamlar guruhining asosiy ehtiyojlarini ta’minlashni talab etadi. Tezkor sur’atlarda o‘zgarib boruvchi jamiyat – ijtimoiy falokatlarning ortib borishi va quyidagi ko‘rinishdagi yangi muammolarni: boshpanasiz fuqarolar sonining ortib borishi, jinoyatchilikning ko‘payishi, davriy energetik inqirozlar, terrorizm, 12 yashash muhitining buzilishi kabi muammolarning vujudga keltirishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Ijtimoiy ta’minot sohasida faoliyat olib borish bu: farzandlari bo‘lgan ota-onalarni turar joy bilan ta’minlash; ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka ruju qo‘ygan odamlarni reabilitatsiya qilish; hissiy qiyinchiliklarga ega bo‘lgan odamlar bilan ish olib borish; ko‘plab keksa yoshdagi kishilar turmush sifatini oshirish; jismoniy yoki aqliy zaifliklari mavjud bo‘lgan insonlarni reabilitatsiya qilish maqsadida kasbiy-texnik xizmatlar ko‘rsatish; kambag‘al oilalarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish; jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etgan o‘smirlar va kattalarni reabilitatsiya qilish; tahqirlash va tayziqlarning barcha turlarini bartaraf qilish. 3.Ijtimoiy ta’minot institut va fan sifatida. Ijtimoiy ta’minot atamasining turli ma’nolari mavjud, bu ham institutlar, ham akademik fan demakdir. Ijtimoiy xodimlarning Milliy Uyushmalari (AQSH ijtimoiy xodimlari uchun asosiy kasbiy tashkiloti) institut sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif beradi: “Odamlar jamiyatga xizmat ko‘rsatish uchun asosiy jihatlar bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ta’lim va tibbiy ehtiyojlarga duch kelganlarida amalga oshiriladigan xizmatlar, imtiyozli dasturlarning milliy tizimi” 1 . Ijtimoiy xodimlar ijtimoiy ta’minot tizimi doirasida qarovsiz qolgan bolalar va ularning oila a’zolariga, homilador ayollar va o‘smirlarga, boshpanasiz va qashshoqlikda yashovchi odamlarga, jismoniy va ruhiy 13 muammolari bor odamlarga, yoshlarga va kattalarga jinoiy adolat tizimi doirasida, xodimlarga ish joylarida, qochqinlarga butun dunyo bo‘ylab va yordam, qo‘llab-quvvatlashga muhtoj barcha odamlarga yordam ko‘rsatadilar. Ular inson ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish maqsadida xizmatlar, uyushmalar, dasturlar tashkil etadilar, davlat va global darajalarda ijobiy o‘zarishlarni amalga oshirishga intiladilar. Ijtimoiy xodimning eng umumiy maqsadi – o‘z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Unga mijozlarning mustaqillik darajasini oshirish, ularning vujudga kelgan muammolarni hal etish qobiliyatini mukammallashtirish, mijozlar uchun qonun tomonidan belgilangan barcha sharoitlarni yaratish yo‘li bilan erishiladi. Bundan tashqari, mazkur vazifalarga, Shuningdek, odamlarning jamiyatga moslashishi yoki reabilitatsiya qilish, ijtimoiy xodimning mijozga yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lmaganda bu kabi natijaga erishish vazifasi ham kiradi. Ijtimoiy dasturlar va xizmatlarga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin: bola asrab olgan oilada farzand tarbiyasi, kunduzgi parvarish, vaqtidan avval shartli ozodlikka chiqarish, daromadi kam bo‘lgan ota-onalar va ularning farzandlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish, boshpanasizlarga xizmat ko‘rsatish, parvarish qilish, jinsiy terapiya, suitsid xulqqa moyil bo‘lgan odamlarga maslahatlar berish va uni oldini olish, mehnat faxriylariga xizmat ko‘rsatish, maktabda ijtimoiy ta’minot, safardagi tushlik, zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan er-xotinlar uchun boshpana, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka oid va beparvo munosabatlarning oldini olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan odamlarga xizmat ko‘rsatish va 14 boshqalar. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xodimlarning maqsadi shaxsning ijtimoiy maqomini tiklash, moddiy mustaqillikka erishishini ta’minlashdan iborat. Sub’ektning jamiki faoliyati Shu maqsadga bo‘ysunadi, uning mohiyati unga muvofiq tarzda shakllanadi, unga ko‘ra boshqaruv tashkillashtiriladi, faoliyat vositalari, shakllari va usullari tanlab olinadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling