Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Xulqqa oid yondaShuv tajribaning qurilishi, jarayon, natijalarning ilmiy
aniqligi va nazorat qilinishiga alohida e’tibor qaratishi bilan ajralib turadi. Metodik vositalar sifatida shaxsga ta’sir ko‘rsatish va muayyan xulq o‘rtasidagi aloqalarning shakllanish jarayoni hisoblanadi. Xulqqa oid nazariyada odatlar, ko‘nikmalar, xulqiy namunalarning shakllanish, mustahkamlanish, yo‘qolib borish sharoitlari o‘rganiladi. SHaxs intilish va harakat o‘rtasidagi oraliq o‘zgaruvchilarga tenglashtiriladi. Tug‘ma omillarni inkor qilmagan holda, bixeviorizm vakillari avvalambor kuzatilayotgan xulq va muhitning uni belgilab beruvchi omillarini o‘rganadilar. B.Skinnerning operant o‘rganish nazariyasi. B.Skiner (1904-1990) bixeviorizm g‘oyalarini ishlab chiqish sohasidagi etakchi olim hisoblanadi. U xulq natijalariga qiziqqan. U barcha jismoniy shaxslar faol ravishda o‘z atrofidagilarga ta’sir ko‘rsatishga urinadilar (atrofdagilar uchun ishlaydi), deb taxmin qilgan. Tirik organizmlar uchun ayniqsa faollik xos: har qanday vaqtda organizm o‘z ehtiyojlarini qondirish yoki xavfli vaziyatlardan qochishga intilgan holda jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi lozim. Shu sababli organizm tushib qolgan va u yoki bu harakatlarni tanlagan holda unga moslashishga majbur bo‘lgan 55 vaziyatlar xulqning ko‘plab yangi shakllarining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Bixevioristlar xulqning bu kabi shakllarini operant (lotin tilidan operatic – harakat), deb nomlaydilar, chunki bu holatda barcha narsalar atrof muhit ustidan amalga oshiriladigan harakatlardan boshlanadi; u organizm mazkur harakatlarni takrorlashi yoki aksincha undan qochishi bog‘liq bo‘lgan qandaydir oqibatlarga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, xulqning bu kabi shakllarini ishlab chiqish oqibatlari organizm uchun istalgan va ulardan voz kechish nomaqbul oqibatlarga olib kelgan harakatlarning mustahkamlanib qolishi natijasida amalga oshiriladi. Operant o‘rgatishga uning uchta turini kiritish mumkin: urinish va xatolar usuli yordamida o‘rgatish, aks ta’sirni shakllantirish va kuzatish yo‘li bilan. Tajriba va xatolar usuli yordamida o‘rgatish. Tajriba va xatolar yordamida o‘rgatishda individ qandaydir to‘siqqa duch kelganida uni engib o‘tishga va Shu bilan birgalikda sekin-astalik bilan samarasiz harakatlardan voz kechgan holda oxir-oqibat vazifa echimini topadi. Reaksiyalarni shakllantirish. Skinner nuqtai nazaridan, xulq har doim ham tasodifiy tarzda vujudga kelmaydi – ko‘pincha u asoslovchi omil natijasida shakllanadi. Bu kabi omil sifatida u yoki bu xulqiy harakatdan so‘ng paydo bo‘luvchi yoki yo‘q bo‘luvchi xulqiy jarayon va ushbu harakatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida takrorlanish ehtimolini oshiruvchi har qanday rag‘batlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘ta murakkab xulqiy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishini izohlash imkonini beradi, o‘z navbatida har bir bosqich mustahkamlanib boradi. Mazkur fikrlardan kelib chiqqan holda, Skinner operant bog‘liqlikning asosini tashkil etuvchi xulqni ketma-ket yaqinlashishlar usuli yordamida shakllantirish uslubini ishlab chiqdi. Mazkur usulning mohiyati Shundan iboratki, tadqiqotchi jonivor (hayvon)da shakllantirishga intilgan dastlabki xulqdan (o‘rgatishni boshlashdan avval) yakuniy harakatgacha bo‘lgan butun jarayon bir nechta bosqichlarga bo‘linadi. Keyinchalik esa ushbu bosqichlarning har birini izchillik bilan, tizimli ravishda mustahkamlash va Shu tarzda jonivorni xulqning kerakli shakliga o‘rgatishga erishish mumkin. O‘rgatishning bu kabi usulida 56 jonivorni yakuniy maqsadga yaqinlashtiruvchi har bir harakati uchun muntazam ravishda mukofotlab boriladi va unda sekin-astalik bilan belgilangan xulq shakllantiriladi. Skinner nuqta nazaridan bolani birinchi so‘zlarni tezlik bilan o‘rgatishni izohlash mumkin (biroq buni umuman til o‘rganish konsepsiyasiga tadbiq qilmagan holda). Dastavval, bola qandaydir aniq tovushlarni talaffuz qilishni boshlaganida “me-me-me”ga o‘xshash tovushlar chiqarishining o‘ziyoq atrofdagilarni zavqlantiradi va ayniqsa hammadan ham baxtiyor onaga farzandi uni chaqirayotgandek tuyuladi. Biroq tez fursatda ota-onalarning bu kabi tovushlarga nisbatan bo‘lgan hayratlari go‘dak barchaning xursandligiga sabab bo‘luvchi “MO...MO” tovushlarini chiqarmagunga qadar so‘nib qoladi. So‘ngra ushbu tovushlar ham nisbatan aniq “MO...MO” paydo bo‘lmagunga qadar yangi tug‘ilgan go‘dak tilida mustahkamlanib qolmaydi. O‘z navbatida ushbu so‘z ham aynan yuqoridagi sabablarga ko‘ra “moma” birikmasi bilan almashinadi va nihoyat bola o‘zining birinchi “mama” so‘zini aniq talaffuz qiladi. Boshqa barcha so‘zlar esa atrofdagilar tomonidan “bolaning gu-gulashi” sifatida qabul qilinadi va ular sekin-astalik bilan yangi tug‘ilgan go‘dakning leksikonidan yo‘qolib ketadi. Shunday qilib, aynan oila a’zolarining tanlov asosidagi rag‘batlantirishari sababli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmagan noto‘g‘ri harakatlaridan voz kechadi, oqibatda, faqatgina kutilayotgan natijaga eng yaqin bo‘lgan harakatlarini saqlab qoladi 1 . Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling