Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi. Bu nazariya XX asr ikkinchi yarmiga mansub
shaxs kognitiv nazariyasi bo‘lib, amerikalik psixolog Rotter tomonidan ishlab
chiqilgan. Unga ko‘ra shaxsning ijtimoiy xulqini “xulqiy imkoniyat”, “kutilgan
natija”,
“mustahkamlash
(qo‘llab-quvvatlash)”,
“qo‘llab-quvvatlashning
ahamiyati”, “psixologik vaziyat”, “nazorat lokusi” kabi tuShunchalar yordamida
o‘rganish
va
ta’riflash
mumkin.
“Xulqiy
imkoniyat”
iborasi
ostida
qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lgan vaziyatlarda uchrashi mumkin bo‘lgan xulq
ehtimoli tuShuniladi: har bir inson hayoti davomida shakllangan harakatlar va
xulqiy harakatlarning muayyan imkoniyatlariga va to‘plamiga ega bo‘lishi nazarda


57
tutiladi. “Kutilgan natija”muayyan qo‘llab-quvvatlash o‘xshash vaziyatlarda xulqda
kuzatilishi mumkinligining sub’ektiv ehtimoliga tegishli. O‘tmishdagi tajriba
asosida birinchi o‘ringa olib chiqilgan barqaror kutish shaxsning barqarorligi va bir
butunligini izohlaydi. Ijtimoiy o‘rgatish nazariyalarida bir vaziyat uchun xos
bo‘lgan kutilgan natijalar (o‘ziga xos kutilgan natijalar) va nisbatan umumiy yoki
qator vaziyatlarga qo‘llash mumkin bo‘lgan, turli vaziyatlar tajribasini aks
ettiruvchi kutilgan natijalar (birinchi o‘rindagi) o‘zaro bir-biridan farqlanadi.
“Psixologik vaziyat” shaxs uni qanday qabul qilsa, Shunday ko‘rinishda bo‘ladi.
Vaziyatga oid kontekst roli va uning inson xulqi hamda vaziyat psixologiyasiga
bo‘lgan ta’siri, ayniqsa, muhim hisoblanadi.
Rotgerning fikriga ko‘ra, odamlar doimo rag‘batlarni maksimallashtirish va
jazoni minimallashtirish yoki undan qochishga intiladilar. Maqsad inson xulqining
o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirishdagi, xulqning turli ko‘rinishlari to‘plamini,
o‘z navbatida, qo‘llab-quvvatlashlarning turli to‘plamlarini belgilab beruvchi
izlanishlari yo‘nalishini belgilab beradi.
6. Kuchli tomonlar nazariyasi va ularni manbalar bilan ta’minlanishi. Oxirgi
o‘n yilliklarning katta qismi davomida ijtimoiy ishda va boshqa kasblarda birinchi
navbatda mijozlarning patologiyalariga, kamchiliklariga va ulardagi buzilishlarga
ahamiyat qaratilgan. Buning asosiy sabablaridan biri Freydning inson xulqini tahlil
qiluvchi nazariyasiga haddan ziyod e’tibor qaratilganligidir.
Tibbiy modelga asoslangan Freyd psixologiyasi kasallik yoki patologiyani
aniqlashga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda ijtimoiy ishda avval aytib o‘tilganidek,
inson xulqini baholashda tizimli model qo‘llaniladi. Mazkur model shaxsning
kuchli tomonlarini aniqlash va rivojlantirishga e’tibor qaratadi
1
.
Kuchli tomonlar nazariyasi va manbalar bilan ta’minlanganlik beshta asosiy
prinsiplarga asoslanadi:
1. Har bir inson, guruh, oila va jamoa kuchli tomonlarga ega. Mustahkamlikning
istiqboli mazkur manbalardan foydalanishdan iborat. Mijozlar barcha narsalardan
ko‘proq sizning ular muvaffaqiyatsizlikni enga olishlari to‘g‘risidagi fikrlaringizni
bilishni xohlaydilar.


58
2. Jarohatlanish va suiste’mol qilish, kasallik va kurash zarar etkazishi mumkin,
biroq ular Shuningdek, rivojlanish imkoniyatlari manbai bo‘lib ham xizmat
qilishlari mumkin. Mijozlar ularga o‘z muammolarini hal etish, to‘siqlarni engib
o‘tishga yordam beruvchi shaxsiy xislatlarini rivojlantiruvchi va ko‘nikmalarni
egallovchi faol va rivojlanayotgan odamlar sifatida o‘rganiladi.
3. Xodimlar mijozlarning umidlari, ishonchlari va qadriyatlarini yuqori darajada
tutib turishlari lozim. Individlar, oilalar va jamoalar qayta tiklanish qobiliyatiga ega.
Mijozlar o‘zlariga ishonishlari kerak, ijtimoiy xodimlar esa faoliyatning mijozlar
umidlari va orzularini amalga oshirishlari imkoniyatlariga asoslashlari lozim.
4. Eng maqbul usul mijozlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashdir. Ijtimoiy
xodim ekspert yoki professional sifatida emas, mijozning hammuallifi yoki
maslahatchisi sifatida o‘rganilganda eng samarali faoliyat olib borgan hisoblanadi.
O‘zaro hamkorlikdagi qarash ishni nisbatan barqaror qiladi.
5. Har qanday muhit manbalarga boy. Har qanday muhitda ham individlar,
guruhlar uyushmalar va muassasalar ularga juda muhtoj bo‘lgan manbalarga ega
bo‘ladilar. Kuchli tomonlar istiqboli mazkur manbalarni aniqlashga va ularni
jamiyatdagi alohida shaxslar, oilalar va guruhlar uchun ochib berishga intiladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling