Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy ish tajribasida ekotizimli model. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
mazkur modellar ijtimoiy xodimlarga odamlarning jamiyat bilan aloqalarini anglash
va baholash usullarini taklif qiluvchi metanazariyalarga tegishli. Mazkur
nazariyalar yuqorida ko‘rib chiqilganidek, muammolarni aniq ta’riflash va uni hal
etishni taklif etadi. Ijtimoiy xodimlar oila, jamoa, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
omillar mijozning vaziyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga e’tibor qaratishlari
mumkin. Mazkur nazariyalarning prinsiplari: barcha tizimlar muvozanatlashtirilgan
bo‘lishi lozim, ular chegaralarga ega, subtizimlardan iborat, bir butun barcha
qismlarning oddiy yig‘indisidan ko‘proq, barcha tizimlar teskari aloqani yaratadilar.
Modellarning taxminlari: odamlarning barchasi ko‘p tizimlarning bir qismi


53
sifatida harakatlanadi – ular tizimlar ta’siri ostida bo‘ladi va ularga ta’sir ko‘rsatadi,
bitta tizimning o‘zgarishi boshqasining o‘zgarishiga olib keladi, ijtimoiy xodimning
roli – tizimlar va inson o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashdan iborat.
Ish bosqichlari:
1.
Tizimli tahlil – ko‘plik tizimlarni tan olish, ko‘plik darajalarni tan olish, har
bir tizim boshqasi bilan o‘zaro munosabatga kirishadi;
2.
AralaShuv – ijtimoiy xodim mijozning vaziyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli
tizimlarni o‘zgartirish maqsadidagi imkoniyatlar va cheklovlar haqida startegik
jihatdan fikrlashi, tizimlarning har biriga aralaShuv imkoniyatlari darajasini
anglashi lozim
1
.
Ekologik model yashab qolish modelini yaxshilashga intiladi, chunki
yaxshilashga individ, uning atrof muhiti ehtiyojlarini qondirish vositasida erishish
mumkin. Ekologik modelda muhim urg‘u odamlar ko‘plab tizimlar bilan o‘zaro
munosabatlarga kiriShuvchi “muhitdagi
inson” formulasiga beriladi. Mazkur
konsepsiya yordamida ijtimoiy ish uchta alohida sohalarga e’tibora qaratishi lozim.
Birinchidan, insonga e’tibor qaratish, uning muammolarini hal etishga intilish,
qiyinchiliklarni engib o‘tish va rivojlanish imkoniyatlariga qaratiladi. Ikkinchidan,
o‘zaro munosabatga kiriShuvchi inson va tizim o‘rtasidagi munosabatlarga,
insonning zarur manbalar bilan aloqasi, xizmatlar va imkoniyatlarga urg‘u berilgan.
Uchinchidan, tizimni inson ehtiyojlarini qondirish uchun samarali ravishda isloh
qilishga intilish.
Ekologik model bir hayotiy bosqichdan boshqasiga o‘tish davrida o‘tish
muammolari va ehtiyojlariga ega bo‘lgan odamlarga, oilaga, kichik guruhlarga
yo‘naltirilgan
2
.
4Ijtimoiy ishda xulqqa oid nazariya (Bixeviorizm). Bu nazariya va amaliy
psixologiyaning S-R (rag‘bat-oqibat) sxemasiga asoslangan yo‘nalishi hisoblanadi.
U
amerika
psixologiyasida
Dj.B.Uotson,
E.L.Torndayklar
tomonidan
shakllantirilgan. Mazkur yo‘nalish vakillari – E.K.Tolmen, E.R.Gutri, K.L.Xall,
Skinner, N.E.Miller, Dj.Dollar hisoblanadi.
Bixeviorizm asoschisi hisoblangan, tajriba tadqiqotlarini amalga oshirgan va


54
mazkur yo‘nalishni “inson xulqi haqidagi fan” sifatida belgilab bergan amerikalik
psixolog Djon Uotson (1878-1958) hisoblanadi. Kalamushlarda tajriba o‘tkazar
ekan, Uotson, olingan ma’lumotlar insonlarni o‘rganishda yordam beradi, deb
hisoblagan. 1913 yilda u psixologiyada bixeviorizm to‘g‘risida maqolasini chop
etgan. Mazkur yo‘nalishning rivojlanishiga insonning asab tizimini va tug‘ma
shartli reflekslarning muayyan ta’sir yoki xulqqa ta’sirini tadqiq qilgan rus fiziologi
I.Pavlovning g‘oyalari katta ta’sir ko‘rsatgan.
I.Pavlov itning reaksiyasini o‘rganar ekan, so‘lak ajralishi (R) nafaqat
ovqatlanishdan, balki misol uchun ovqatning (S) navbatdagi vaqti kelganini
anglatuvchi qo‘ng‘iroqning jarangidan ham ajralishini aniqlagan. U buni shartli
refleks deb nomladi, ayni vaqtda ovqatlanish bilan bog‘liq reaksiya shartsiz refleks,
deb nomlandi. Shunday qilib, shartsiz reflekslar biologik jarayonlar bilan bog‘liq,
ayni vaqtda shartli reflekslarga o‘rganish mumkin (Pavlov, 1928)
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling