Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Institutsional yo‘naltirilganlik. Bugungi kunda jamiyatda ijtimoiy ta’minot
roli haqida ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tasavvurlar mavjud: o‘tmishdan qolgan yo‘naltirilganlik va institutsional yo‘naltirilganlik. Ijtimoiy ish institutsional yondaShuvni qo‘llab-quvvatlaydi va mazkur yo‘nalishdagi dasturlarni rivojlantirish va amalga oshirishga intiladi. Jamiyat o‘sish va rivojlanish ta’minlashi lozim, bu esa o‘z navbatida har bir insonga o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish imkonini beradi. Ijtimoiy ish jamiyat xavfsizlikni ta’minlash, asosiy madaniy va biologik ehtiyojlarni qondirishni o‘z a’zolari oldidagi mas’ul vazifa deb hisoblaydi. Ijtimoiy xodimlar individualizm va ijtimoiy darvinizm qarashlarini inkor qiladi. Boshqalarning ma’naviy va diniy e’tiqodlarini hurmat qilish prinsipi ijtimoiy ishning eng muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi asosiy yo‘nalish talabalarni odamlarning madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amaliy faoliyatga tayyorlash hisoblanadi. Din va ma’naviyat barcha jamiyatlarda muhim o‘rin tutadi, ijtimoiy xodimlar din va madaniyatning inson hayotiga ta’sirini anglashlari muhim. Ijtimoiy ish Kengashining ta’lim va akkreditatsiya sohasidagi siyosat standartlari bakalavriat va magistrlik dasturlari talabalarni turli madaniyatlar vakillari bilan ish olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi uchun tayyorlashni talab etadi. Ijtimoiy va iqtisodiy adolatlilik hamda inson huquqlarini himoya qilishga 70 Ijtimoiy xodimlarning xalqaro uyushmasi axloq kodeksi: “Ijtimoiy xodimlar har qanday shaxs, guruh yoki sinfga nisbatan ularning irqiy, etnik tegishliligi, milliy kelib chiqishi, teri rangi, jinsi, jinsiy yo‘naltirilganligi, yoshi, oilaviy ahvoli, siyosiy qarashlari, dini, aqliy yoki jismoniy zaifligiga qaramasdan, ular ustidan hukmronlik qilish, ekspluatatsiya va tahqirlashning oldini olishlari va bartaraf qilishlari zarur”. imkoniyat yaratish prinsipi ijtimoiy xodim zimmasiga azoblangan yoki tahqirlash qurboniga aylanganlar uchun ijtimoiy va iqtisodiy adolatga erishishga ko‘maklashish mas’uliyatini yuklaydi. Ijtimoiy xodimlar milliy uyushmasi, Shuningdek, Ijtimoiy ish maktablari xalqaro uyushmasi hujjatlarida ta’lim dasturlarida “ta’limning barcha odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ularning turli-tumanligini tuShunish uchun sharoit yaratish” zarurati to‘g‘risida aytib o‘tilgan (2008). Ijtimoiy ish ta’lim dasturlarida xilma-xillikni tan olish majburiy hisoblanadi, ular esa o‘z navbatida yosh, sinf, rang, madaniyat, nogironlik, etnik tegishlilik, jins, gender mansublik va ifoda, immigratsion maqom, siyosiy mafkura, irqlar, dinlar, jins va jinsiy yo‘naltirilganlik”larni qamrab oladi. Asosiy “inson huquqlari” nimalardan iborat? Bu kabi huquqlarni shakllantirishning asosiy boshlang‘ich nuqtasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hisoblanadi 1 . Mazkur hujjatda belgilab berilgan huquqlar orasida quyidagilar ham mavjud: – Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar; – yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egalik; – shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishdan ozodlik huquqi; – shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini amalga oshirish huquqi; farovon turmush tarzi, jumladan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmatga ega bo‘lish huquqi; – har bir inson o‘z jamiyati oldida ma’sul; 71 – huquqlar faqatgina boshqalarning huquqlariga amal qilishga nisbatan cheklanishi zarur (tarqatma materiallarga qarang). Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar inson huquqlarini ta’minlash asos hosil qiluvchi maqsad ekanligini tan olmoqdalar. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling