Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
4. Ijtimoiy ish amaliyotida axloqiy ikkilanishlar. Ikkilanish (grek tilidan
“jo‘natma”) – ikkita teng darajadagi noxush imkoniyatlar o‘rtasidagi qiyin tanlov. 5. Ma’naviy yoki axloqiy ikkilanish – bu har ikkisi ham teng qiymatga ega bo‘lgan qadriyatlar o‘rtasida tanlov amalga oshirish lozim bo‘lgan vaziyat. Ijtimoiy xodimlar xizmatlarining ko‘plab sohalarida har kuni axloqiy ikkilanishlarga duch keladilar. Ushbu murakkab masalalarni hal etish uchun ijtimoiy ish qadriyatlari va etikasi, Shuningdek, o‘z faoliyatlariga tegishli bo‘lgan huquqiy majburiyatlarni chuqur anglashlari talab etiladi. Bu kabi anglash huquqiy hujjatlar, sud amaliyoti, Shuningdek, axloqiy me’yorlar bilan umumiy tanishishdan ko‘ra ko‘proq narsani qamrab oladi. Ma’naviy paradigmalar va qadriyatga oid qarashlar – hayot, inson qadr-qimmati, insonparvarlik, ezgulik, mehr-muhabbat, odamlar farovonligi, ijtimoiy adolatlilik, mas’uliyat – bularning bari aniq ijtimoiy ishning asoslari hisoblanadi. Amaliyotda ijtimoiy xodimlar o‘zlarining mijozlarga, hamkasblariga va umuman jamiyatga nisbatan munosabatlariga ko‘ra turli axloqiy muammolarga duch keladilar. Mazkur muammolar aksariyat holatlarda mujmal bo‘ladi va o‘ziga ishonchsizlik, ularni ko‘rmaslikka olish kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Gapda monografiya va darsliklarda bayon qilingan oliy qadriyatlarga amal qilish va Shu tarzda o‘z mas’uliyatini namoyon qilish oson. Biroq kundalik faoliyatda amal qilish uchun, masalan, o‘z taqdirini o‘zi belgilash yoki mijoz shaxsining mustaqilligi kabi mavhum qadriyatlarga amal qilish nafaqat murakkab, balki bir vaqtning o‘zida agar ijtimoiy xodimda mijoz ushbu erkinlikdan to‘g‘ri foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatlarda yolg‘on xotirjamlikka sabab bo‘lsa o‘ta xavfli 1 . Ijtimoiy xodimlar axloqiy prinsiplarni batafsil o‘rganishlari talab etiladi. Ular axloqning shaxsiy ijtimoiy kodeksini to‘liq bilishlari va muayyan vaziyatlarda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqiy va axloqiy prinsiplarni ajrata olishlari zarur. 72 Misol – kunduzgi markazda ishlovchi volontyor oldiga u bilan yaxshi aloqada bo‘lgan 9 yoshli qiz keldi va otasi uni itarib yuborishini va do‘pposlashini aytdi. Qiz volontyordan u va ota-onalari bilan bo‘ladigan uchraShuvda ularning o‘rtasida o‘tirishni iltimos qildi. Markaz menedjeri bitta xona ajratdi. UchraShuvda ota albatta, sir saqlashga amal qilinishini so‘radi. Volontyor, o‘zi aytganidek, o‘zining soddaligi uchun bunga rozi bo‘ldi. Uchrashuv vaqtida unga jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik haqida gapirib berishdi. Nizo kelib chiqqan holatlarda ijtimoiy xodimlar ikkilanishlarni o‘rganish va hal etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. Qadriyatlar va axloq me’yori mavzusi ijtimoiy ish amaliyotida o‘ta murakkab hisoblanadi 1 . Ijtimoiy xodim uchun ko‘plab qiyinchiliklar ikki yoki undan ortiq ziddiyatli vaziyatlar orasidan tanlab olish zarurati bilan bog‘liq. Shunday qilib, ko‘plab milliy axloqiy kodekslar va nizomlar ijtimoiy xodimlardan mijozlarning fuqarolik yoki yuridik huquqlarni buzuvchi yoki kamaytiruvchi harakatlarda ishtirok etmaslikni talab etadi. Ayni vaqtda ijtimoiy xodimlar ish beruvchi tashkilot oldidagi o‘z majburiyatlariga amal qilishlari lozim. Agar huquq taqdim qilingan muassasaning siyosati mijozlarning fuqarolik huquqlarining masalan, gumanitar yordamning “taqsimlanishi” holatida moliyaviy manfaatlar yoki huquqlarining buzilishiga olib kelsa, ushbu ikki prinsip bir-biri bilan ziddiyatga kirishish vaziyati real bo‘lishi mumkin. Muammoli sohalar va axloqiy ikkilanishlar turli mamlakatlar uchun madaniyat va davlat boshqaruvidagi farqlar sababli umumiy bo‘la olmaydi. Ijtimoiy xodimlarning har bir milliy uyushmasi mazkur mamlakat uchun xos bo‘lgan muhim masalalar va muammolarni aniqlash maqsadida munozaralarni rag‘batlantirishlari lozim. Axloqiy ikkilanishlarning vujudga kelishining ehtimoliy sabablari 2 : Ijtimoiy xodimning etarli darajada tayyorlanmaganligi yoki yangi vaziyatga oid bilimlarning etarli miqdorining mavjud emasligi; U yoki bu vaziyatda ijtimoiy xodim sifatidagi rolini aniq anglamaslik 73 Misol – yosh ona o‘zini ijtimoiy jihatdan ajratib qo‘yilgandek his qilganligi sababli oilaviy markazga murojaat qilgan. Ijtimoiy xodim bilan muammolarini muhokama qilar ekan, mablag‘ etishmasligi, o‘z qiziga kam vaqt ajratayotganini aytib, moddiy yordam so‘radi. Ijtimoiy xodimda vujudga kelgan savol: yosh ayol moddiy yordam olishi bilan birga ishlashini ham oshkor qilishi lozimmi? Bunda u mijozning noqonuniy harakatlarini qo‘llab-quvvatlayaptimikan? Misol – serebral falajlikka chalingan muassasada yashagan 22 yoshli yosh ayol bilan ishlayotgan amaliyotchi tajribasi. Ayolda ruhiy zo‘riqish alomatlari bo‘lgan, u muloqot qilish va ovqatlanishdan bosh tortgan. Xodimlar uning bir o‘zini xonaga qamab qo‘yganlar. YAngi kelgan xodim u bilan gaplashganda ayol uydan chiqishni va kollejda qandaydir kurs o‘qish istagida ekanligini aytgan hamda ma’lumotni asosiy xodimlarga etkazishni iltimos qilgan. Hech qanday o‘zgarish sezilmadi. Amaliyotchida u mazkur muassasaning madaniyatini buzganligi bilan bog‘liq bo‘lgan qarama- qarshi hissiyotlar vujudga kelgan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling