Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
3. Ijtimoiy adolatlilik va insonparvarlik. Ijtimoiy xizmat xodimi o‘z xulqining
oliy ma’naviy standartlarini ushlab turishi lozim, o‘z navbatida, u qandaydir nayranglardan foydalanmasligi, kimnidir adashtirishi, vijdonsizlarcha harakat qilmasligi, u tomonidan xususiy shaxs yoki kasb vakili sifatidagi harakatlarni aniq farqlagan holda harakat qilishlari lozim. Ijtimoiy xodim o‘zining kasbiy amaliyotida va o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishda ekspert-mutaxassis bo‘lib etishish va qolish uchun barcha kuchlaridan foydalanishi lozim. U faqatgina o‘z bilimi doirasida amalga oshirish huquqiga ega. Ijtimoiy xizmat xodimi o‘zi individual ravishda amalga oshirayotgan, belgilagan yoki ijro qilayotgan ishi sifati uchun shaxsan javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi lozim. Ijtimoiy xodim shaxsga yoki odamlar guruhiga nisbatan insonparvarlikka oid bo‘lmagan yoki kamsituvchi harakatlarning oldini olishga harakat qilgan holda faoliyat olib borishi lozim. Axloqiy savodxonlik ijtimoiy xodimlarning professional amaliyotining eng muhim qismi hisoblanadi. 2001 yil may oyida Kopengagenda Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi (IXXF) va Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar xalqaro uyushmasi tomonidan alohida qabul qilingan Axloqiy kodeksning maqsadi butun dunyodagi 68 ijtimoiy xodimlarni ular tomonidan qabul qilinayotgan muayyan qarorlarga nisbatan to‘g‘ri fikr yuritishga undaydi 1 . Shunday qilib, Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi (IXXF) va Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar xalqaro uyushmasi axloqiy prinsiplariga ko‘ra, ijtimoiy xodim quyidagilarga amal qilishi lozim: – Inson huquqlari va Inson qadr-qimmati – Ijtimoiy adolatlilik – Kasbiy xulq Shunday qilib, ijtimoiy xodim o‘z harakatlarini kasbiy vijdonlilikning oliy standartlari bilan qiyoslashi lozim 2 : a) ijtimoiy xodim o‘zining professional faoliyati davomida uchrashi mumkin bo‘lgan ta’sirlar va tazyiqlarga bo‘ysunmasligi, o‘z kasbiy majburiyatlarini xolislik bilan bajarishi lozim; b) ijtimoiy xodim o‘z kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emas. Ijtimoiy xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: inson qadr-qimmatini saqlash; ijtimoiy adolatlilik; insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlik; vijdonlilik, odamlar bilan ochiq muomalada bo‘lish; layoqatlilik. Ijtimoiy xodim o‘z faoliyati davomida mijozlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, sir saqlash, hisobot topshirish, institutsional yo‘nalish, mijozlarning ma’naviy va diniy e’tiqodlariga hurmat, inson huquqlariga amal qilish va ijtimoiy adolatlilik prinsiplarini qo‘llash kabi prinsiplarga qat’iy amal qilishlari lozim. Mijozlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipida ta’kidlanishicha, mijozlar o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalarning huquqlari buzilmagunga qadar o‘zaro munosabatlarga kirishish huquqiga egalar. Mazkur prinsip mijozlarning o‘z fikrini bayon qilish qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan va mantiqan har bir insonga xos bo‘lgan qadr-qimmatga ishonchdan kelib chiqadi. Sir saqlash prinsipi professional va mijoz o‘rtasidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi ochiq yoki yashirish keliShuvini 69 anglatadi. Mazkur prinsipning amalga oshirilishi mijoz haqidagi ma’lumotlarning professional tomonidan yoki boshqa birov bilan hamkorlikda oshkor qilinishi mumkin emas, mijozning o‘zi rozilik bildirgan holatlar bundan mustasno. Mutaxassislar mijozga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan yashirin ma’lumotlarni oshkor qilganliklari uchun sudga jalb qilinishi mumkin. Hisobot topshirish prinsipi ijtimoiy xodim yuqori sifatli ma’lumotlarni moliyalashtirgan tashkilotlarga taqdim qilishi lozimligini taqozo qiladi. Ko‘pincha bu davlat hukumat muassasalari va moliyalashtirishning xususiy manbalari. Shu bilan birga, ayrim ijtimoiy xodimlarning fikriga ko‘ra, hujjatlar mijozlarga xizmat ko‘rsatishga xalal beradi, biroq ijtimoiy xodimlar moliyalashtirish manbalariga nisbatan muayyan majburiyatlarga ega va ularni bajarishi lozim. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling