Q. N. Kayumov
-MAVZU. IJTIMOIY ISH YO‘NALISHLARI
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
5-MAVZU. IJTIMOIY ISH YO‘NALISHLARI.
IJTIMOIY XODIMLAR ROLI VA VAZIFALARI 1. Ijtimoiy ish yo‘nalishlari va mijozlari 2. Ijtimoiy xodimlar majburiyatlari 3. Ijtimoiy xodim roli va vazifalari 4. Ijtimoiy ishda bilim, qadriyatlar va ko‘nikmalar 5. Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasalar va tashkilotlar Kalit so‘zlar: ijtimoiy ish mijozlari, ijtimoiy xodim majburiyatlari, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy xodim roli va vazifalari, bilim va ko‘nikmalar, ijtimoiy ish muassasalari va tashkilotlari, uyushma. 4. Ijtimoiy ish yo‘nalishlari va mijozlari. Ijtimoiy ish faoliyatning yordamga muhtoj odamlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida turiga 85 kiradi. Har qanday faoliyat, jumladan, ijtimoiy ish ham, har bir elementi zarur bo‘lgan o‘z tuzilmasiga ega, boshqalar bilan bog‘liq va o‘zaro munosabatlarga kirishadi. Ijtimoiy ish asosiy elementlari ijtimoiy xodimlar, mijozlar, faoliyat mundarijasi, boshqaruv, vazifa va maqsadlardan iborat bo‘lgan bir butun tizimni aks ettiradi. Ijtimoiy ishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi: tibbiy-ijtimoiy ish oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish bandlik sohasida ijtimoiy ish ayollar va erkaklar bilan ijtimoiy ish alohida ehtiyojlari mavjud odamlar bilan ijtimoiy ish keksalar bilan ijtimoiy ish va boshq. Turli darajadagi ijtimoiy xodim doimiy ravishda faol bo‘lganligi sababli uning faoliyati murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan individlar, oilalar, guruhlar, uyushmalarga yo‘naltirilgan, deb aytish mumkin. Ijtimoiy xodim yordami taqdim qilinadigan shaxslarni mijozlar, deb atash mumkin. mijoz individual yoki guruhga oid bo‘lishi mumkin (oila, maktab sinfi, nogironlar guruhi, mehnat jamoasi va boshq.). Uning aniqroq ta’rifi ijtimoiy ishni tashkillashtirish darajasi bilan bog‘liq. Murakkab hayotiy vaziyat – bu ko‘rsatib o‘tilgan ob’ektlarning me’yoriy ijtimoiy faoliyati imkoniyatlarini buzuvchi yoki buzilishiga sabab bo‘luvchi vaziyatdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, individlarning o‘zlari, tashqi yordamsiz mazkur vaziyatdan chiqib keta olmaydilar. Ijtimoiy xodim haqida gapirilganda, odamlarda darhol yolg‘iz nogironlar va keksalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlovchi sumkali xodim to‘g‘risida tasavvur paydo bo‘ladi. Shuningdek, ijtimoiy ish mijozlari o‘rtasida kam ta’minlangan va kambag‘al insonlarni ajratib ko‘rsatish odat tusiga kirgan. Biroq, kambag‘allik bilan kurash ijtimoiy ishning “nasliy vazifasi”, deb hisoblanishiga qaramay, uni faqatgina bu kabi shaxslar doirasi bilan cheklab qo‘yishga hech bir asos yo‘q. 86 Ijtimoiy xodim kimga yordam ko‘rsatadi? Mijozlar ro‘yxati mazkur faoliyat turining o‘ta qisqa, biroq sermazmun tarixga ega. Ijtimoiy ish individga yo‘naltirilgan. Har bir alohida inson baxtli bo‘lish, farovon yashash va o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish huquqiga ega. Dastlab ijtimoiy ish aynan individlar bilanish olib borish sifatida amalga oshirilgan. Biroq keyinroq vaziyatni va mijoz xulqini o‘zgartirishga urinishlar, agar bevosita mijozning atrof muhitiga, ular qamrab olingan eng yaqin ijtimoiy tarmoqqa ta’sir ko‘rsatilmasa, juda kam hollarda samara berishi ma’lum bo‘lib qoldi. Bu esa o‘z navbatida oilaviy yoki guruhga oid ijtimoiy ishning shakllanishiga olib keldi. Har bir a’zosiga ta’sir ko‘rsatmasdan turib, oilaga ta’sir ko‘rsatish mumkin emas. Oilaning alohida a’zolarining xulqi va o‘z hissiyotlaridagi o‘zgarishlar oila ichidagi o‘zaro munosabatlarning keskinlashishi, oilaviy muloqotlarning o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Guruh bilan ishlash to‘g‘risida ham aynan Shularni aytish mumkin. Bevosita atrof muhitning ta’siriga ortiqcha baho berish imkoni mavjud emas, ayniqsa, gap o‘smirlar va yoshlar haqida, birovlarga tobe, beqaror tabiatga ega bo‘lgan odamlar haqida borganida. Bu kabi faoliyat esa o‘z navbatida mazkur individ, mazkur guruh yoki oila yashovchi aholi punktining jamiki keng qamrovli muhitining muammolarini hal etishni talab etadi. Ijtimoiy xodim yordam beruvchilarning ijtimoiy muammolari Shuningdek, ularning muayyan ijtimoiy-demografik guruhga mansubligiga bog‘liq. Shunday qilib, o‘ziga xos muammolar odamlarni keksaygan va qartaygan davrlarida ularni qarshi oladi. Ularni engib o‘tish esa boy yoki kambag‘al insonda, atrofida sevimli oila a’zolari bo‘lgan yoki bir o‘zi yolg‘iz qolgan insonda turlicha sodir bo‘ladi, biroq yoshga oid fiziologik va ijtimoiy o‘zgarishlar barchaga birdek ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, alohida muammolari mavjud bo‘lgan mijozlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Shunday qilib, imkoniyati cheklangan shaxslar davlat tomonidan ko‘rsatiladigan maxsus yordamga muhtojlar, chunki ularning jismoniy, ruhiy yoki intellektual imkoniyatlari ularning jamiyatda me’yoriy hayot 87 kechirishlariga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli arxitektura va transportni imkoniyati cheklangan insonlarga moslashtirish, mehnat va yashashning xavfsiz sharoitlarini yaratish, o‘z hayot faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarni parvarishlashni ta’minlash zarur. Ishsizlar, harbiy harakatlarda ishtirok etgan va jarohatdan keyingi ruhiy buzilish sindromidan aziyat chekayotganlar, ko‘p bolali oilalarda va farzandlari ta’lim olishda qiyinchiliklarga duch kelgan ota-onalarning alohida ehtiyojlari mavjud. Barcha toifalar yordamning maxsus ko‘rinishlari va turli ixtisoslik va faoliyatning turli yo‘nalishlaridagi xodimlar yordami va ko‘magiga muhtojlar. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling