Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Maxfiylik va xabarning shaxsiy tabiati. Barcha milliy axloqiy kodekslar va ustavlarda ijtimoiy xodim mijoz shaxsi va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda undan olingan ma’lumotlarni qat’iy sir saqlashi lozim, degan qoida mavjud. Bir marotaba foydalanilgan ma’lumot tegishli ruxsatlarsiz boshqa maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin emas. Garchi bu qoida har doim adolatli bo‘lsa-da, ayrim holatlarda ijtimoiy xodimlar masalan, mijoz tomonidan uchinchi shaxsga nisbatan xavf tug‘dirilgan vaqtda maxfiy ma’lumotni oshkor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladilar. Aynan Shu sababli mijozni u yoki bu vaziyatda maxfiylikning chegaralari haqida, ma’lumotni olish va undan foydalanish to‘g‘risida ogohlantirish va bir vaqtning o‘zida suhbatni yozib olish, uchinchi shaxsning ishtiroki to‘g‘risida roziligini olish zarur. CHaqimchilik. Ko‘pincha ijtimoiy xodimlar majburliklari sababli yoki ongli ravishda qonunni chetlab o‘tadilar yoki o‘zlari faoliyat olib borayotgan muassasalarning qoidalarini buzadilar. Bu holatda ular mazkur qonunbuzarliklarni anglab qolgan hamkasblarini ma’naviy tanlov oldida qoldiradilar. Tarozining bir 76 pallasida kasbiy axloq me’yorlari, boshqa pallasida esa – kasbiy sadoqat va birdamlik, do‘stlik hissi, obro‘-e’tibor, o‘z shaxsiy maqomiga xavf turadi. Bu kabi tanlovning og‘irligi va murakkabligi ijtimoiy xodimlarni o‘z kasbidagi qonunbuzarliklarni aniqlamaslik va oshkoralik predmetiga aylantirmaslikka undaydi. Shu sababli o‘z hamkasblarining axloqiy va huquqiy jihatdan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida ma’lumot va isbot olgan ijtimoiy xodimlar kasbi, mijozlar, hamkasblari, tashkilot va o‘z kelajagiga nisbatan majburiyatlarini nazarda tutgan holda o‘z harakatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishlari zarur. Qonunlar va mijozning xotirjamligi. Qonunchilik ijtimoiy hayotning jamiki xilma-xilligini avvaldan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega emas, Shu sababli ayrim holatlarda mijoz xotirjamligi va tinchligi qonun bilan qarama-qarshi munosabatga kelib qoladi. Qator holatlarda qonunga so‘zsiz amal qilish mijozga zarar etkazishi mumkin, buning natijasida esa ijtimoiy xodimlar murakkab tanlov oldida qoladilar. Ularning ayrimlari hattoki ular qonun yoki boshqa axloqiy me’yorlarni buzsalar ham o‘z mijozlari manfaatlarini himoya qiladilar; ijtimoiy xodimlarning ko‘pchiligi qonunga amal qilishni tanlaydilar. Shaxsiy va kasbiy qadriyatlar. Ijtimoiy xodimlarning qanday qadriyatlarni ustun qo‘yish haqidagi fikrlari har doim ham mos kelmaydi. Har bir alohida holatda ijtimoiy xodim mijoz, kasbi, tashkilot, hamkasblari, uchinchi shaxslar, o‘z o‘zi oldidagi majburiyatini solishtirib ko‘rishi lozim. Bunda Shuningdek, sub’ektiv qadriyatlarning boshqalarning, ya’ni mijozning muammolarini anglashga, ijtimoiy ishning o‘ziga xosligini, maxsus bilimlarni qo‘llashni usullarini tuShunishga ta’sirini anglash muhim o‘rin tutadi. Boshqa so‘zlar bilan aytadigan bo‘lsak, Ijtimoiy ishning ko‘p uchraydigan axloqiy ikkilanishlari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: 1. O‘z taqdirini o‘zi hal qilish tizimini ta’minlash vs 1 (ruhiy kasal inson tomonidan qaror qabul qilingan holatda); 2. Madaniy farqlar qadriyati, alohida shaxslarni himoya qilish vs; 3. Vs ning sir saqlanishi, agentliklar o‘rtasidagi yaxshi aloqalar; 4. O‘z taqdirini o‘zi belgilash vs, uyushma manfaatlari; 77 5. Vs uyushmalari ehtiyojlari, alohida odamlarning ehtiyojlari. Axloqiy qarorlarning qabul qilinishi. Mattison (Mattison, 2000) axloqiy ikkilanishlarni tahlil qilish sxemasini taklif qiladi 1 : 1. Ma’lumotlarni aniqlang va to‘plang. Ijtimoiy xodim axloqiy ikkilanishni aniqlashi bilan mijozning barcha vaziyatlarini to‘liq tuShunib olish maqsadida holatga taalluqli barcha detallarini o‘rganish va kerakli ma’lumotlarni to‘playdi va qaror qabul qilish jarayonini boshlaydi. 2. So‘ngra ijtimoiy xodim uchun vaziyatning amaliy jihatlarini (keys) uning axloqiy jihatlaridan ajratib olish mumkin ahamiyatga ega bo‘ladi. 3. Qadriyatlar bilan bog‘liq masalalar aniqlanadi. 4. Ijtimoiy xodim axloqning kasbiy kodeksiga murojaat qilishi mumkin – bu unga majburiyatlarini aniqlab olish va ikkilanishga nima sabab bo‘layotganini aniqlash imkonini beradi. 5. Ijtimoiy xodim ehtimoliy harakatlar va ularning ehtimoliy oqibatlarini prognoz qiladi, o‘ylab, chamalab ko‘radi. 6. Ijtimoiy xodim ehtimoliy variantlarni chamalab ko‘rganidan so‘ng ikkilanishni hal etish uchun zarur harakatni tanlab olishi lozim. 7. Ijtimoiy xodim echim topish bosqichiga etib kelganidan so‘ng, o‘z qarorini asoslab bera olishi lozim. Ijtimoiy xodim axloqiy ikkilanishlar to‘g‘risida qaror qabul qilishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri usullari yo‘q ekanligidan kelib chiqishi lozim. Ijtimoiy xodim uchun axloqiy kodeksini bilish, hamkasblar va supervizorlar o‘rtasidagi ikkilanishlarni muhokama qilish muhim. Bundan tashqari, ijtimoiy xodimlar refleksiv amaliyotga yo‘naltirilganlik va “men” sifatida e’tiborga olishi lozim. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling