Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

5. Ijtimoiy himoya tizimida boshqaruv va tashkillashtirish. Professional ijtimoiy
xodim faoliyat olib borish huquqini davlat va xususiy idoralardan oladi va ijtimoiy
xizmatlar sohasidagi ishlanmalar, fikrlar va baholashlarni amalga oshiruvchi asosiy
shaxs hisoblanadi. Professional ijtimoiy xodimlar global kontekstda xizmat
ko‘rsatish tizimining turli tashkilotlarida etakchilar hisoblanadi. Ijtimoiy ish kasbi
xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va iqtisodiy adolatlilik, inson qadr-qimmati va
qadriyatlari, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning muhimligi, Shuningdek,
amaliyotdagi bir butunlik va layoqatlilikka asoslanadi.
Mazkur prinsiplar asosidagi ijtimoiy ishning maqsadi quyidagilardan iborat:


95
faoliyati va o‘zaro munosabatlarining sifatini ularni o‘z maqsadlariga erishish,
manbalarni o‘zlashtirish, qiyinchiliklarni engillashtirish va bartaraf qilishga jalb
qilish yo‘li bilan oshirish;
 Insonning asosiy ehtiyojlari va talablariga javob beruvchi hamda inson
imkoniyatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvatlovchi ijtimoiy siyosat, xizmatlar va
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
 Siyosat, xizmatlar va manbalarni ijtimoiy-iqtisodiy adolatlilikka imkoniyat
yaratuvchi ijtimoiy yoki siyosiy harakatlar va targ‘ibot ishlari vositasida amalga
oshirish;
 Ijtimoiy ish amaliyotini rivojlantirishga imkoniyat yaratuvchi tadqiqotlar,
bilim va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va qo‘llash;
 Ijtimoiy ish amaliyotini turli madaniyatlar kontekstida ishlab chiqish va
qo‘llash.
(Manba: Standartlarni akkreditatsiya qilish siyosati masalalari bo‘yicha
ijtimoiy ish Kengashi. Vashington, Kolumbiya okrugi: “Ta’lim” ijtimoiy ish
Kengashi, 2004. – 5 b.)
1
.
Bolalar, yoshlar va oilalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda ham
ijtimoiy xodimlar muhim o‘rin tutadi. Bu oilaviy xizmat ko‘rsatish mahalliy
agentliklari hisoblanadi. Shunday qilib, AQSHdagi qator agentliklar oilalardagi
noxushliklarning oldini olish, Shuningdek, alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lgan
oilalarga yordam berish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradilar. Bu kabi agentliklar
ota-onalarni bola o‘smirlik yoshiga etganida bolalarni tarbiyalashga o‘rgatuvchi
dasturlarni ishlab chiqadi, axborot-targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi, ruhiy
tushkunlikka tushgan yoki bola tarbiyasida yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onalar
bilan ish olib boradi, Shuningdek, bolalar va oilaning barcha yoshdagi a’zolariga
maslahat bergan holda alohida shaxslar, oilalar va guruhlarga yordam ko‘rsatadi.
Jamoada ishlash AQSHdagi ijtimoiy ishning eng muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Jamoa deb, muayyan sarhadlar doirasida yashovchi insonlarga aytiladi.
Umumiy e’tiqodga ega bo‘lgan insonlar guruhi mansub bo‘lgan “diniy jamoa” turi


96
Norma Karleson, BSW diplomiga ega bo‘lgan ijtimoiy xodim Brenda
Bostiuk bilan bir necha oy davomida ishlaydi. Brenda (16 yosh) o‘rta maktabni
muvaffaqiyatli tamomlab, yaxshi ish topishga va o‘z farzandini yaxshiroq
ta’minlashga intilayotgan ota-onalardan biri hisoblanadi. U maktabdagi
mashg‘ulotlari davomida muammoga duch keladi, chunki bola parvarishi tufayli
ko‘p dars qoldirishiga to‘g‘ri keladi. Qator holatlarda maktab rahbariyati unga
mashg‘ulotlarni ko‘p qoldirgani uchun tanbeh beradilar.
Brendaning ruxsati bilan Norma maktab ma’muriyati bilan uchrashdi va
ularni Brendaning qolib ketgan darslarini etkazib olishi uchun unga individual
ta’lim dasturi bo‘yicha ishlashni taklif qiladi. Norma bola parvarishi bo‘yicha
ham mavjud. Shuningdek, muayyan geografik hududda yashovchi etnik guruh
a’zolari ham jamoa (uyushma) bo‘lishi mumkin.
Jamoa (uyushma)ning ishchi ta’rifi sifatida o‘ziga xos hudud doirasidagi
odamlarning o‘zaro munosabatlari va mansubliklarini, makonni qabul qilish
mumkin. Uyushmaning ijtimoiy xodimlar jalb qilingan ko‘p uchraydigan turlaridan,
ehtimol geografik yoki hududiy jamoalar, mansublik va manfaatlar jihatidan bir xil
bo‘lgan jamoalar, an’anaviy jamoalar va turli-tuman uyushmalarni aytib o‘tish
mumkin.
Geografik yoki hududiy uyushmalar kvartallarni, shaharlarni, qishloq va aniq
belgilangan geosiyosiy chegaralarga ega bo‘lgan hududlarni qamrab oladi;
manfaatlarga ko‘ra uyushmalar (etnik, din, turmush tarzi, jinsiy yo‘naltirilganlik
yoki kasb); o‘zlarining o‘ziga xosligini, noyobligini, madaniy yaxlitligini va tarixiy
mansubligini saqlab qolishga intilayotgan an’anaviy uyushmalar.
Zamonaviy jamiyatda turli-tuman uyushmalar juda ko‘p, ulardagi ijtimoiy
xodimlarning roli odamlar bilan samarali ish olib borish amaliyoti uchun zarur
bo‘lgan asosiy ko‘nikmalardan iborat. Ijtimoiy ish amaliyotchilari aynan bir xil
kasbiy rol o‘ynaydi, xuddi alohida shaxslar, oilalar va guruhlar bilan ish olib
borishda qo‘llanilgani kabi. Uyushmadagi ijtimoiy ish muammolar va
masalalarning keng doirasini qamrab olishi mumkin, misol sifatida quyidagi holatni
keltirib o‘tish mumkin
1
:


97
mahalliy markaz bilan bog‘lanadi va Brendaga o‘qishda bo‘lgan vaqtida bola
parvarishiga yordamni tashkillashtirishda yordam berdi. Norma xususiy avtobus
kompaniyasi bilan kelishib, Brendaga maktabdan bola paravarishi markazigacha
o‘z bolasi oldiga bora olishi uchun imkoniyat yaratib berdi.
Norma manfaatdor ijtimoiy xodimlar va maktabning mansabdor shaxslari
tarmog‘ini tashkillashtirishga yordam berdi. Natijada mafaatdor tomonlarning
kuchlarni o‘zaro birlashtirgan holda barcha o‘smirlar uchun transport ta’riflari
pasaytirildi, homiladorlar bilan ishlash va o‘smir yoshdagi bolalarni tarbiyalash
dasturini moliyalashtirish uchun grant yutib olindi.
Normaning bilim va ko‘nikmalarisiz, muammoni ijobiy hal qilishga sabab
bo‘lgan mexanizmlarsiz, ehtimol, Brenda maktabni tugata olmas va o‘rta
ma’lumotga ham ega bo‘la olmas edi. Mijozlar ko‘pincha o‘z muammolarini
muvaffaqiyatli ravishda hal etish imkonini beruvchi manbalar yoki jarayonlarning
mavjudligi
haqida
bilmaydilar.
Ayrim
holatlarda
mijozlar
o‘zlariga
ishonchsizliklari tufayli maqsadga erishishga olib keluvchi imkoniyatlarni
izlashdan qo‘rqadilar. Bundan tashqari, zarur manbalardan foydalanish
imkoniyati har doim ham mavjud bo‘lavermaydi.
Shunday qilib, ijtimoiy xodimlar bevosita amaliyot davomida ko‘pincha
jamoa bilan ish olib borish muammolarni hal qilish jarayonida muhim o‘rin tutishini
anglab etadilar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling