Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Kalit so‘zlar: aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy himoya ob’ekti,
ijtimoiy himoya modellari, liberal model, konservativ model, ijtimoiy-demokratik
model, umumiy farovonlik davlati konsepsiyasi, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy yordam,
pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordam dasturlari.
1. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tuShuncha, maqsad va vazifalari. Ijtimoiy
himoya tuShunchasi nimani anglatadi? Ijtimoiy himoya jamiyat va uning turli
tuzilmalari tomonidan hayotning minimal etarli kafolatlangan sharoitlarini


99
ta’minlash, hayot ta’minotini qo‘llab-quvvatlash va insonning faol harakatlarini
ta’minlash bo‘yicha amalga oshiradigan tadbirlar tizimi demakdir.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tuShunchalari bir-biriga bog‘liq, biroq
ular bir xil emas. Ularni ilmiy ta’riflar sifatida qo‘llash jarayonida ijtimoiy ish o‘zini
ijtimoiy ta’minotning bir qismi sifatida ifodalaydi, bundan tashqari, inson hayot
faoliyatining me’yoriy sharoitlarini ta’minlovchi mehnatni, salomatlikni va tabiiy
muhitni muhofaza qilishni qamrab oladi.
Bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish ostida qonuniy jihatdan
belgilab qo‘yilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy kafolatlar va huquqlar majmui,
ularning amalga oshirilishini ta’minlovchi va avvalambor, aholining ijtimoiy
muhofazaga muhtoj bo‘lgan turli qatlamlarini va guruhlarining hayot faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash uchun sharoitlarni yaratuvchi ijtimoiy institutlar va muassasalar
tuShuniladi.
Ijtimoiy himoya ob’ekti – aholining barcha guruhlari. Biroq bunda aholining
himoyaga muhtoj qatlamlari: past darajadagi daromadga ega oilalar, nogironlar,
keksalar, etim bolalar, yolg‘izlar va ko‘p bolali oilalar, ekologik ofatlar qurbonlari
va hokazolar alohida ustunlikka ega.
Dunyo amaliyotida aholini ijtimoiy himoya qilishning ikki turi – faol va
passiv ijtimoiy himoya ajratib ko‘rsatiladi. Faol ijtimoiy himoya jamiyatning
mehnatga layoqatli a’zolariga yo‘naltirilgan va odamlarning o‘z-o‘zini mehnat
bozoridagi faol harakatlari va ularning ijtimoiy sug‘urtada ishtirok etishlari orqali
himoya qilishi uchun sharoit yaratishni taqozo qiladi. Passiv ijtimoiy himoya
aholining mehnatga layoqatsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qaratilgan
va avvalambor to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ijtimoiy himoyaga ijtimoiy sug‘urta va
ijtimoiy yordamni kiritadi. XMT konvensiyalarida aholini ijtimoiy himoya
qilishning asosiy prinsiplari shakllantirilgan, ijtimoiy himoyaning ular ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli ko‘rinishlarining asosiy minimal darajasi
belgilangan.
Ijtimoiy himoyaning milliy tizimlari XMT konvensiyalari asosida muayyan


100
mamlakatning
madaniy
rivojlanishining
iqtisodiy, ijtimoiy
va
madaniy
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda shakllanadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va professional ijtimoiy ish o‘zaro
chambarchas bog‘liq va bir-biriga aloqador. Faoliyatning professional turi sifatida
ijtimoiy ish zarur qonuniy va me’yoriy baza, rivojlangan infratuzilma, tayyorlangan
kadrlarni, bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy ish ijtimoiy institut sifatida ifodalashi
mumkin bo‘lgan barcha narsalarning mavjudligini taqozo qiladi.
Ijtimoiy himoya turlari quyidagilarga bo‘linadi:
Davlat shakllari: bepul sog‘liqni saqlash xizmatlari; imtiyozlar; bepul ta’lim;
pensiya ta’minoti; ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy xizmatlarni taqdim qilish;
nafaqa va kompensatsiyalar to‘lash.
Nodavlat shakllari: ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta; xayriya; sog‘liqni saqlashning
xususiy tizimlari va boshq.
2. Ijtimoiy himoya modellari. Gesta Esping-Andersen (1947 y.t.) – ijtimoiy
davlat va uning kapitalistik iqtisodiyotdagi o‘rniga asosiy e’tibor qaratgan daniyalik
sotsiolog. O‘zining 1990 yilda chop etilgan “Kapitalizm farovonligining uchta
dunyosi”
nomli
asosiy
va
eng
mashhur
kitobida
G.Esping-Andersen
1
http://www.strana-oz.ru/?article=523&numid=12
ijtimoiy davlatlarning uchta asosiy
modellarini
ajratib
ko‘rsatgan:

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling