Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

1. Moslasha olmagan bolalar, ular uchun ijtimoiylashtirish, ijtimoiy faoliyat va
rivojlanish jarayonlarining buzilishi xos. Moslasha olmagan bolalar sirasiga
bugungi kunda nazoratsiz bolalar, ya’ni ota-ona nazorati, e’tibori va parvarishsiz,
kattalar tomonidan ijobiy ta’sirsiz qolgan bolalarni kiritish mumkin.
Tashlab ketilgan bolalar ham moslasha olmagan bolalar sirasiga kiradi.
Ko‘pincha bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, og‘ir yoki tuzalmas kasallikka chalingan
bolalar, og‘ir jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari mavjud bolalardir.
Qarovsiz bolalar, ya’ni ota-ona yoki davlat qaramog‘ida bo‘lmagan, doimiy
turar joyi, yoshiga mos mashg‘ulotlari, zarur parvarish, tizimli o‘qish va
rivojlantiruvchi tarbiyaga ega bo‘lmagan bolalar.
2. Kattalar tomonidan shafqatsiz munosabatga duchor bo‘lgan bolalar.
SHafqatsiz munosabat va ehtiyojlarni e’tiborga olmaslik bola bilan nomunosib
munosabatda bo‘lish shakllari hisoblanadi. Kimdir bola bilan yomon munosabatda
bo‘lishi yoki uning ehtiyojlariga jiddiy zarar etkazish yoki bu kabi zarar etishining
oldini olmaslik yo‘li bilan e’tiborga olmasligi mumkin. Bolalar oilada yoki
ixtisoslashtirilgan muassasalarda ularga tanish yoki ularga notanish bo‘lgan


120
shaxslar tomonidan shafqatsiz munosabatga duchor bo‘lishlari mumkin. Baholashni
amalga oshirish jarayonida yomon munosabat sodir etilganmi yoki bu kabi
munosabat namoyon qilinishi mumkin yoki mumkin emasligini e’tiborga olish talab
etiladi.
Bola ustidan aniq yoki yashirin jismoniy zararga olib keluvchi jismoniy
zo‘ravonlik, nazorat qiluvchi ota-ona yoki bola uchun javobgar bo‘lgan yoki bola
unga ishonib topshirilgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarning etarli emasligi
sababli vujudga kelishi mumkin.
Jismoniy zo‘ravonlikka zarba berish, silkitish, otib yuborish, zaharlash, yoqib
yuborish yoki qaynoq suvda kuydirish, cho‘ktirish yoki bo‘g‘ishni kiritish mumkin.
Jismoniy zarar, Shuningdek, ota yoki ona yoki bolani parvarish qilayotgan shaxslar
boladagi kasallik alomatlarini rag‘batlantirishi yoki ongli ravishda bolani kasal
qilishiholatlarida ham etkazilishi mumkin.
Bola ehtiyojlariga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish – bolani parvarish
qilayotgan shaxs tomonidan uning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur
ehtiyojlarga: salomatlik, ta’lim olish, hissiy rivojlanish, oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlash, oila yoki bola parvarishi bilan Shug‘ullanayotgan shaxslar
tomonidan barcha manbalarning mavjud bo‘lishiga qaramasdan, turar joy va xavfsiz
hayot ta’minoti kabilarga e’tiborsizlik yoki ularni bajarmaslikni anglatadi. Bu
holatlarning barchasi bola salomatligiga yoki uning jismoniy, ruhiy, ma’naviy,
axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar etkazilishiga olib keladi yoki bunga yuqori
darajada sabab bo‘ladi.
Hissiy zo‘ravonlik bola bog‘lanib qolgan asosiy shaxsda bola o‘zining
shaxsiy imkoniyatlari va o‘zi yashayotgan jamiyat kontekstiga mos bo‘lgan hissiy
va ijtimoiy ko‘nikmalarning barqaror va to‘liq doirasini shakllantirishi uchun
tegishli sharoitlarni rivojlantirish qobiliyatining mavjud emasligi. Bunga
Shuningdek, zarar etkazilgan yoki uning salomatligiga, Shuningdek, jismoniy,
aqliy, ma’naviy, axloqiy yoki ijtimoiy rivojlanishiga zarar etkazilishining yuqori
ehtimoli mavjud bo‘lgan bolaga tegishli bo‘lgan qonunchilik hujjatlari ham
kiritiladi.


121
Jinsiy zo‘ravonlik – bolani bunga rozi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’iy
nazar, boshqa odamning jinsiy nafsini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday
harakat. Jinsiy zo‘ravonlik bola nima sodir bo‘layotganini tuShunishi yoki
yo‘qligidan qat’iy nazar, uni jinsiy harakatlarda ishtirok etishga majburlash yoki
qiziqtirishni ham qamrab oladi.
Bular jumlasiga jismoniy bo‘lmagan harakatlar ham kiritilishi mumkin,
masalan, bolani pornografik materialni tayyorlashda ishtirok etish yoki jarayonni
kuzatish, amalga oshirilayotgan jinsiy harakatlarni tomosha qilishga taklif qilish,
bolaga nisbatan jinsiy tilni qo‘llash yoki bolani o‘zi uchun mos bo‘lmagan, seksual
usullar bilan harakat qilishga rag‘batlantirish.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling