Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
2. Yoshlar – alohida ijtimoiy-demografik guruh bo‘lib, ular jamiyatning
ijtimoiy tuzilmasini ishlab chiqish tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. O‘zining alohida xususiyatlari tufayli yoshlar ijtimoiy munosabatlarni nafaqat o‘zlashtiradilar, balki ularning shakllanib ulgurgan turlarini o‘zgartiradilar, bu esa ushbu munosabatlarni jamiyat hayotining rivojlanish manbaiga, taraqqiyotga oid o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. YOshlar ijtimoiy voqelikning turli sohalariga qanchalik kirib borishi millatning kelajagini belgilab beradi. Shu sababli yoshlar haqida qayg‘urish birinchi darajali masala hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar fanida yoshlar o‘zi kim, ularning ijtimoiy roli nimalardan iborat ekanligini anglashning bir nechta yondaShuvlari shakllangan. Agar psixotahliliy konsepsiyalarda yoshlar o‘smirlikning psixofizik xususiyatlari taShuvchilari sifatida ifodalansa, uning rivojlanishi esa asosan biologik omillar bilan bog‘lansa, nisbatan kechroq ishlab chiqilgan sotsiologik va ijtimoiy-antropologik nazariyalarda yoshlar asosan madaniyat fenomeni (hodisasi) sifatida ifodalangan. Va nihoyat, yoshlar haqidagi nazariyalarning uchinchi guruhi uning ijtimoiy vazifalariga e’tibor qaratadi, ya’ni yoshlarda merosiylik va avlodlar almashinuvi jarayonining ob’ekti va sub’ektini ko‘radi. YOshlik davri chegaralari ulg‘ayish jihatiga ko‘ra, turlicha ifodalanadi va asosan 14 dan 35 yoshgacha va 14 dan 30 yoshgacha belgilanadi. YOshlarning o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolari orasida o‘ziga bo‘lgan munosabati (o‘z-o‘zini anglash) muammosini aytib o‘tish joiz. YOshlik davrida o‘z-o‘zini anglashning o‘ziga xos xususiyatlari yoshlarning birlamchi ijtimoiylashtirilishi va ikkilamchi boshlang‘ich bosqichini qamrab oluvchi xususiyatlari bilan bog‘liq. Asosiy o‘rinni ota-onalar, oila egallovchi birlamchi ijtimoiylashtirish jarayonida individ dunyoning ob’ektiv voqeligini shakllantiruvchi umumiy qadriyatlarini o‘ziga “singdiradi”. Ikkilamchi ijtimoiylashtirish esa jamiyat va uning o‘zi ham o‘z tasavvurlarida boshqa odam bo‘lgan ijtimoiylashtirilgan individ bilan 124 sodir bo‘ladi. Bolalikdan yoshlikka o‘tar ekan, individ o‘zini yoshiga ko‘ra ham, ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra ham yoshlar uyushmasiga tegishli bo‘lgan, individning sub’ektivligini aniq harakatlar, muomalalarda tasdiqlovchi inson bilan tenglashtiradi. Bu esa o‘z navbatida individning nafaqat aniq ahamiyatga ega bo‘lgan boshqalar bilan tenglashtirilishi, umumlashtirilgan boshqaga yo‘naltirilganligi bilan, balki o‘zini boshqalar ommasi, ya’ni jamiyat bilan tenglashtirishi bilan ham bog‘liq. Sub’ektivlikning taqdim qilinishi bilan individ ijtimoiy voqelikni yaratish va o‘zgartirishga intiladi. Insonni davlat – ijtimoiy tizim yordamida kuzatib borish kabi yoshlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimida quyidagi yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. YOshlarning boshlang‘ich muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatish. 2. Assotsial xulqni aniqlash va nazorat qilish. 3. Murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan yoshlarga tezkor yordam ko‘rsatish. 4. Mustaqillik darajasini, muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirish. YOshlar bilan yashash joyiga ko‘ra ishlash (community youth work) ijtimoiy rivojlanishda ishtirok etishni xohlovchi yoshlarning turli imkoniyatlari va talantlarini ochib berishga, o‘z hayotida, ijtimoiy muhitida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan. YOshlar bilan ish olib borishning mazkur turi o‘zlarining shaxsiy, ijtimoiy yoki ta’limga oid xususiyatlari sababli alohida ehtiyojlarga ega bo‘lgan yoki turli qobiliyatlarga ega bo‘lgan va atrofdagilarga foyda va xursandchilik keltirishni xohlagan odamlar bilan rag‘batlantiruvchi va qoniqarli munosabatlarning shakllanishi bo‘yicha faoliyatni taqozo qiladi. Faoliyatning muhim sohasi – ijobiy qabul qilish va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga xalal beruvchi dastlabki stereotiplarni o‘zgartirish hisoblanadi. YOshlar bilan ishlashning xorijiy tajribasi Shuni ko‘rsatadiki, bu kabi faoliyatda ko‘ngillilar sifatida yoshlar, o‘rta yoshdagi kishilar va keksalar ishtirok etishlari mumkin. Bu kabi faoliyat guruh bilan ishlashning rivojlanib borayotgan imkoniyatlarini va eksperimental ta’limdan faol foydalanadi. Ko‘plab faoliyat 125 yo‘nalishlari orasida rekreatsion, madaniy, ta’lim loyihalari mavjud. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling