Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
4. Oilalar bilan ijtimoiy ish olib borish (aralaShuv, baholash, oilaviy
terapiya). Ijtimoiy ishda, dunyo va mamlakatimiz madaniyatida oilaning dunyo bilan o‘zaro munosabatlar sohasida boy tajriba to‘plangan. Xorijiy va mamlakatimiz olimlarining ta’kidlashicha, ijtimoiy terapiyaning asosi barcha azoblanuvchi, kamsitilgan, to‘laqonli ijodiy hayot chegarasidan uloqtirib yuborilganlarga yordam 132 ko‘rsatishning yaratuvchanlik jarayoni hisoblanadi. Ijtimoiy xodim “shaxs – muhit” kompleksiga alohida e’tibor qaratadi, ayni vaqtda birinchi o‘ringa oilani va mijozning yaqin odamlariga alohida e’tibor qaratadi. Ijtimoiy xodim avvalambor, muqarrar aralaShuv vaziyatini ekspert baholashda nimalarga e’tibor qaratishi lozim? Bu oila atrofidagilarni o‘rganish, oilaning o‘zaro munosabatlarining kelishilganligi yoki kelishilmaganligini, yaqin va uzoq muhitni qayd qilishdn iborat. Xorijiy tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, oila bilan ijtimoiy ish olib borish mazkur soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ekologik prinsiplar va konsepsiyalarga asoslangan. Oila muammolari bilan Shug‘ullanuvchi ijtimoiy xodimning asosiy maqsadi oila hamda muhit bilan o‘zaro muvofiqlikka erishishdan iborat. Oila o‘zaro munosabatga kiriShuvchi va o‘zaro bog‘liq tizim hisoblanadi. Har qanday odam duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, odatda oila ichidagi dinamika ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Oila qay tarzda o‘zaro munosabat tizim ekanligiga qarab, uning bitta a’zosidagi o‘zgarishlar uning boshqa a’zolariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy xodimlar odamlarga shaxsiy yoki ijtimoiy muammolarini hal etishda yordam berar ekanlar, o‘zlari huzurlanadilar. AralaShuv strategiyasi oilaviy urug‘ atrofidagilarning o‘zgarishlariga e’tiborni qaratishni talab etadi. Xorijiy olimlar mavjud imkoniyatlardan foydalanishning quyidagi yo‘nalishlari va usullarini shakllantiradilar: yangi manbalarni izlash; oilaga eng maqbul tarzda yordam berish imkoniga ega bo‘lgan brokerlar, advokatlar va mutaxassislarni izlash; mavjud imkoniyatlardan foydalanish. Ijtimoiy xodimlarning fikriga ko‘ra, oxirgi yillarda ko‘plab oilalar hayotining asosiy muammosi ijtimoiy kolliziyalar (to‘qnaShuvlar) oldidagi ojizlik, kuchsizlik hisoblanadi. Shunday qilib, ekologik faoliyatning asosiy maqsadi oila va uning yaqin va uzoq muhit o‘rtasidagi munosabatlaridagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Mutaxassis oilaga uni o‘rab turgan tizimlarga quyidagi tarzda ta’sir 133 ko‘rsatishga yordamlashadi: tengsiz yoki javobsiz munosabatlarni ochish yordamida; mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risida muzokaralar olib borgan holda; urug‘ a’zolarining ijtimoiy muhitdagi boshqa odamlar bilan kelisha olmaydigan kuchsiz yoki noto‘g‘ri aloqalarini mustahkamlagan holda. Oilaga yordam bergan holda hamjamiyat va ularning atrofidagi odamlarning ustunliklaridan eng maqbul tarzda foydalanish imkonini beradi. Masalan, vaqt va makonni rejalashtirish yordamida. Bola va oila ehtiyojlarini baholash bola va oila haqidagi turli ma’lumotlarni to‘plash uchun zarur. Bu mutaxassislarga bolaning ehtiyojlari va manfaatlariga maksimal darajada javob beruvchi reabilitatsiya rejasini yaratishga, Shuningdek, bolaning keyingi hayoti uchun muhim bo‘lgan qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Baholashni amalga oshirish – bir necha kundan bir necha hafatagacha cho‘zilishi mumkin bo‘lgan jarayon. Bola va oila ehtiyojlarini baholash mezonlari uch o‘lchamni qamrab oluvchi kompleks diagnostikani anglatadi 1 : Bolaning rivojlanish ehtiyojlari Bola ehtiyojlarini baholash mezonlari Ota-onalar imkoniyatlarini baholash mezonlari Oilaviy omillar va atrof muhit omillari Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling