Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

5. Ijtimoiy xodimlarning bolalarga, yoshlarga va ularning oilalariga xizmat
ko‘rsatishdagi roli. Ijtimoiy xodimlar bolalar, yoshlar va ularning oilalariga xizmat
ko‘rsatish jarayonida ko‘p vaziyatlarda asosiy o‘rin tutadi. Aslida bu ijtimoiy ish
tajribasining eng an’anaviy sohasi hisoblanadi. Avval bu 1880 yillarda tashkil
etilgan “Bolalarning ijtimoiy ta’minoti” tashkilotining birinchi ko‘ngillilari bo‘lgan,
so‘ngra bu vazifani 1900 yillarda kasbiy ta’lim olgan, ijtimoiy xodimning stereotip
namunasi bo‘lgan ijtimoiy xodimlar amalga oshirgan.
bugungi kunda ijtimoiy xodimlarning mazkur sohadagi roli nisbatan
kengaydi, bakalavriat, magistratura bitiruvchilari va PhD darajasiga ega bo‘lgan
mutaxassislar bolalar, yoshlar va oilalarga xizmat ko‘rsatishda faol ishtirok
etmoqdalar. Baklavr darajasidani ijtimoiy xodimlar quyidagilarda ishtirok etadilar:
 guruhga oid uylar va boshpana markazlarida bola parvarishi bilan
Shug‘ullanuvchi xodimlar sifatida;
 zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar va bolalar uchun ajratilgan boshpana
marakazlarida maslahatchi sifatida;
 yoshlar uchun ajratilgan boshpana marakazlarida maslahatchi sifatida;
 huquqni muhofaza qilish organlari inqirozli markazlarida;


139
 davlat ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida bolalarni ijtimoiy himoya
qilish va ularni parvarishlash xizmatlarida.
Bolalarga, yoshlarga va oilalarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi qarashlarning
boshlang‘ich darajasi odatda boshqa ishga (bevosita yordam ko‘rsatishga yoki
rahbarlik lavozimlariga o‘tish) yoki ijtimoiy ishning boshqa sohalariga shtish uchun
katta tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi. Ayrim davlatlar mijozlarning bu toifasi
bilan ishlash uchun kamida bakalavr darajasini talab qiladilar. Bolalarni ijtimoiy
himoya qilish markazlarida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimlarning ko‘p
qismi shafqatsiz munosabat, tahqirlash holatlari yuz berganligi haqidagi xabarlarni
o‘rganish bilan Shug‘ullanadilar va zarurat tug‘ilganda vaziyatni yumshatish
maqsadida aralaShuvni amalga oshiradilar. Ular sudlar, huquqni muhofaza qilish
organlari, Shuningdek, oilalarga yordam berish, oilalarning o‘z-o‘ziga yordam
berish, volontyorlar dasturlarida hamjamiyatlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat
olib boradilar. Foster dasturi doirasida xodimlar va farzandlikka oluvchi oilalarni
tanlash bilan Shug‘ullanadilar hamda ularni tayyorlashni nazorat qiladilar.
Ijtimoiy xodimlar bolalar bilan ish olib borar ekanlar, qabul qiluvchi oilani
shakllantirishga imkoniyat yaratadilar. Ko‘plab bakalavriat (BSW) bitiruvchilari
jamoa a’zolari sifatida namoyon bo‘lgan holda, bevosita bolalar va o‘smirlar
ishlagan holda jamoaviy dasturni amalga oshirish maqsadida jamoa a’zosi sifatida
namoyon bo‘ladilar va statsionar hamda psixiatrik sanitar yordam xizmatlarida
bolalarga g‘amxo‘rlik qiladilar. Ushbu tajriba hissiy buzilishlarga ega bo‘lgan
bolalar va ularning oila a’zolari bilan ish olib borish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarni o‘rganish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Boshqa ijtimoiy
xodimlar Amerikadagi bolalarni va potensial volontyorlarni baholovchi, ularni
nazorat qiluvchi Big Brothers, Big Sisters kabi agentliklarda faoliyat olib boradilar.
BSW bitiruvchilari tobora ko‘proq ularga oilalarga davlat yordamini
ko‘rsatishda yordam beruvchi oilalarni saqlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash
dasturlariga, Shuningdek, rivojlanishida ortda qolgan bolalarga, nogironlarga va
ularning oilalariga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarga ijtimoiy xodimlar sifatida
yollanmoqdalar. BSW darajasidagi ijtimoiy xodimlar Shuningdek, kattalar uchun


140
statsionarlar va uyushmalarga maslahatchilar sifatida yollanadilar, o‘smirlarning
giyohvandlikka tobeligidan davolashda ishtirok etadilar.
Maktab ijtimoiy xodimlariga bir shtatdan boshqa shtatga o‘tish davomida
o‘zgaruvchi davlat attestatsiyasi talab etiladi. Ayrim shtatlarda BSW bitiruvchilari
maktab ijtimoiy xodimlari sifatida yollanadilar, ayni vaqtda boshqa shtatlarda dars
berish tajribasi va tayyorlov kurslari darajasi yoki magistr darajasi talab etiladi.
Maktabda o‘qishni tashlagan va zo‘ravonlikka duch kelgan, o‘smirlik
davridagi homiladorlikka duch kelgan bolalarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu
ijtimoiy ishning tez rivojlanib borayotgan sohasi hisoblanadi. Maktab ijtimoiy
xodimlari:
 ota-onalar va oilalarga individual maslahatlar taqdim qiladilar;
 ota-onalari sinov muddatida bo‘lgan, turli ichkilikbozlik va giyohvandlikdan
so‘ng davolanayotgan, oilada ajralish yoki ichkilikbozlik bilan bog‘liq,
o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan muammolari mavjud bo‘lgan o‘smirlar guruhlari
bilan ish olib boradilar;
 o‘z joniga qasd qilish kabi inqirozli vaziyatlarda aralaShuvlar bo‘yicha
xizmatlar ko‘rsatadi;
 ota-onalarni o‘qitish va ota-onalar guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda yordami
sifatida namoyon bo‘ladilar;
 tizimda ota-onalarga va ularning farzandlariga tegishli xizmatlardan
foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida hamjamiyatlarga ijtimoiy xizmat
ko‘rsatishning boshqa muassasalari bilan hamkorlik qiladilar.
Ijtimoiy xodimlarning milliy uyushmasi ijtimoiy ish maktablarida o‘z
bo‘linmalariga ega, Shuningdek, milliy darajada ikkita jurnal chop etadi.
BSWning boshqa bitiruvchilari Bolalarni himoya qilish jamg‘armasi kabi
oilaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki muassasalarda, davlat, federal
qonunchilik muassasalarida faoliyat olib boradilar.
Magistrlar ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va tahlil qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan, Shuningdek, bolalar, oilalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning turli
xizmatlarida lavozimlarni egallab turadilar.


141
Ijtimoiy ish bo‘yicha nomzod ilmiy darajasiga talabgorlikda xizmatlar
ko‘rsatuvchi qandaydir xizmatda amaliy ish tajribasi zarur. Agentliklar direktorlari
lavozimini ko‘pincha ilmiy darajaga ega bo‘lgan professionallar egallab turadilar.
Bundan tashqari, tor ixtisoslikka, klinik tajribaga ega bo‘lishni xohlagan shaxslar
falsafa doktori darajasini himoya qiladilar, bu esa o‘z navbatida ularga bolalar,
yoshlar va oilalar bilan tezkor terapiyani amalga oshirish imkonini beradi
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling