Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Oilaviy
terapiya oilaviy o‘zaro munosabatlarni uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan psixoterapevtik metodikalar kompleksi hisoblanadi. Oilaviy terapiyaning vazifasi oilani jipslashtirish, uning a’zolarida oilaning boshqa a’zolarining ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat. Oilaviy terapiya madaniy-mohiyatga oid muhitda kompromisni topishni qamrab oladi. To‘planib qolgan ijtimoiy-psixologik stereotiplarni tuzatish, nizoga kirishmaydigan ko‘nikmalarga o‘rgatish. Bu kabi faoliyat individual suhbatlar va intervyular, guruhga oid yoki o‘yinga oid terapiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar va oilalar bilan ijtimoiy ish olib borish (Casework). Ijtimoiy xodimning intilishlari alohida shaxslar yoki oilalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish olib borishga yo‘naltirilgan, mazkur jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarayon, deb 134 nomlanadi. Mazkur usul odamlarga va oilalarga yordam berishga, ijtimoiy faoliyat olib borishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy yoki boshqa muammolarni hal etishni identifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan. Ko‘p holatlarda muammolar ijtimoiy nomaqbullik, hissiy va shaxslararo nizolar, ijtimoiy zo‘riqishlar yoki manbalar bilan to‘liq tanishmaslik bilan bog‘liq. Mazkur sohada faoliyat olib borayotgan amaliyotchi mutaxassislar muammoni yaxshilash uchun aralaShuv strategiyasini qo‘llaydilar. Bu kabi bevosita tajriba ko‘pincha terapevtik amaliyot hisoblanadi. Ma’lumotning asosiy manbasi, poydevori genogramma – qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lgan, hayotdagi qayd qilingan asosiy hodisalarga asoslangan oilaviy karta hisoblanadi. So‘rovnoma o‘tkazish metodikasi oilaviy madaniyatni takomillashtirish, har bir individning o‘zini va atrofidagi dunyoni anglash ko‘nikmasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy xodimlar oilaviy afsonalar, rivoyatlar, marosimlar, ayrim ramziy harakatlarni tadqiq qilish bilan Shug‘ullanadilar. Mazkur oilada ustuvor hisoblangan fikrlar va e’tiqodlar namunasi, faqatgina mazkur uruqqa juda yaqin bo‘lgan odamlargina tuShuna oladigan alohida muloqot tili o‘rganiladi. Mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritadigan ijtimoiy xodim uchun eng muhim jihat har bir oiladagi hayotiy qarashlar, qadriyatlar tizimi, deyarli bir-biridan farq qiluvchi, ayrim hollarda bir-biriga zid bo‘lgan qadriyatlar tizimini bilish hisoblanadi. Bu holatda o‘tmish, bugungi kun va kelajak mantiqqa zid ravishda, ajoyib tarzda aralashib ketadi. Oilaviy urug‘lar bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy xodimlar alohida kontekstda u yoki bu yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatadilar. Oilada u yoki bu ekstremal vaziyat bilan bog‘liq ravishda tug‘iladigan munosabatlar o‘rganiladi. Oila bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyotining asosiy maqsadi keskin o‘zgarishlar bilan bog‘liq, biroq bu holatda o‘tmishdagi rivojlanishning barcha boyliklari saqlab qolinadi. Ijtimoiy xodimning oila bilan olib boradigan faoliyatining muhim yo‘nalishlariga quyidagi yo‘nalishlar kiradi: 1. Er-xotin juftliklari bilan shaxsiy, norasmiy muloqot; 2. Oilalar, odamlar guruhlari bilan ularga o‘z oilalarining genealogiyasining 135 haqiqiy ekspertlariga, tadqiqotchilariga aylanishlari uchun yordam berishga yo‘naltirilgan holda ish olib borish. Ushbu oilaviy urug‘larning vakillari o‘z ijtimoiy tuzilmasining afsonalari, rivoyatlari, sirlarini o‘rganadilar, tarixiy jihatdan buzilishlarning yo‘l qo‘yilishining oldini olishga harakat qiladilar. Ijtimoiy xodim mijozlarga xulqning turli modellarini o‘rganish imkoniyatini yaratib beradi; oila a’zolari bilan munosabatlarning ijobiy tomonga o‘zagarishiga imkoniyat yaratuvchi turli strategiyalarni taklif qiladi. Ma’naviy, ijobiy tashabbuslarni qo‘lla-quvvatlaydi, o‘z ijtimoiy tadqiqotlari va eksperimentlarining natijalarini kuzatib boradi. Ijtimoiy xodim keskin, jiddiy, ekstremal vaziyatlarni tuShunishga, uning aslini, tub mohiyatini ko‘rishga, asosiy ishtirokchilarining xulqiga sabab bo‘lgan narsalarni aniqlashga, avvalgi hayotining real oilaviy dramaning asosiy ishtirokchilarining fikrlarining shakllanishiga ta’sirini anglashga intiladi. Mijozning ma’naviy, professional ehtiyojlari va ijtimoiy hayotdagi tajribasini qayd qilishni taqozo qiluvchi o‘ta zarur jihatlarni tanlab olish zarur. Ayni vaqtda ijtimoiy xodimning o‘zining hayotiy tajribasi va nazariy bazasi ham muhim ahamiyatga ega. Oilaning boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan o‘zaro munosabati natijasida to‘plangan (ijobiy yoki salbiy) tajribasini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Oila tuzilmasini chuqur e’tibor, sinchkovlik bilan o‘rganish va ko‘plab boshqa jihatlar ham Shular jumlasiga kiradi. Ayni vaqtda agar oila noto‘g‘ri tashkillashtirilgan bo‘lsa, undagi o‘zgarishlar ham dolzarb masala hisolanadi; oila va atrofdagi dunyo o‘rtasida, oila a’zolari o‘rtasida, turli avlodlar vakillari o‘rtasida, erkak va ayol jinsiga mansub shaxslar o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri chegaralar paydo bo‘ladi. Oiladagi o‘zgarishlar ieraraxiyaning (o‘tib ketganlar, ayni vaqtda yashayotganlar va kelajak avlod o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarning uzilishi) parchalanishi kuzatilganda ham dolzarb bo‘lib qoladi, xato uchburchak yuzaga keladi, ya’ni, er-xotinlik munosabatlarining inqirozga uchraganini his qilgan holda o‘z mehrini bolaga berishga urinadi. 136 Yuqori professional darajasiga ega bo‘lgan ijtimoiy xodim o‘z sezgirligi va individual yondashuvidan foydalangan holda oilada alohida muhitni yaratishga intiladi. Yuqori madaniyatli jamiyat bolalarning ijtimoiy maqomi, milliy tegishliligi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, ularning farovonligini ta’minlanishidan manfaatdor. Buning natijasida esa oilaning to‘liqligini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda oilani ijtimoiy himoya qilish tizimi asosiy tomonlari me’yoriy-huquqiy baza, davlat hokimiyat organlari, ularning ijtimoiy himoyasini amalga oshiruvchi va bevosita mazkur tizim orqali taqdim qilinadigan xizmatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar va muassasalardan iborat bo‘lgan barcha fuqarolarni qamrab oluvchi tizimni aks ettiradi. O‘zbekistonda ijtimoiy yordam va xizmatlar yirik dasturlar doirasida – ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga taqdim qilinadi. Ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish va ma’muriy xarajatlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda 1994 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha, 1997 yildan boshlab esa ko‘p bolali oilalarga yordam ko‘rsatish dasturiga ko‘ra byudjetdan ajratilgan mablag‘lar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organi – mahalla tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur tizim davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamning turi kabi uning hajmini belgilashga ham nisbatan ob’ektiv yondashishni taqozo qiladi. Jamoada ijtimoiy ish bir hududda yashovchi va umumiy muammolari mavjud bo‘lgan individuumlarga, guruhlarga, jamoalarga professional yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Asosiy usullari: ijtimoiy tashxis qo‘yish; ijtimoiy prognozlash; makroijtimoiy muhitni ijtimoiy rejalashtirish; hududiy boshqaruv tizimini rivojlantirish; mahalladagi xayriya aksiyalari; amaliy ish olib borish 1 . O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining ko‘plab mumlakatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarining e’tiborini jalb qiluvchi xalq mentalitetiga moslashtirishning muvaffaqiyatli tajribasini aks ettiradi. Manzillilik – uning asosiy mohiyati Shundan ioratki, davlat 137 himoyasiga faqatgina aholining haqiqatan ham muhtoj qatlamlari tushishi lozim. Imkoniyat – ijtimoiy xizmatlarning potensial iste’molchilarining qancha miqdori mazkur xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Samaradorlik tizimning ichki xususiyatlari kabi (imkoniyat va manbalarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar), tizim faoliyat olib borayotgan sharoitlar bilan ham belgilanadi. Shu sababli umuman samaradorlik haqida emas, balki tizimning muayyan vaziyatlarda va vaqt davomida muayyan vaziflarni bajarishidagi faoliyatining samaradorligi haqida gapirish maqsadga muvofiq 1 . Davlatning oilalar haqidagi g‘amxo‘rligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: – mamlakat aholisining hayot ta’minoti uchun maqbul sharoitlarni yaratish: turar joy, tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, maishiy xizmatlar, madaniyat, dam olish va xavfsizlikni ta’minlash; – mamlakat aholisining pensiyalari, nafaqalari, alimetlari, stipendiyalari va boshqa to‘lovlari mamlakat qonunchiligi tomonidan belgilanadigan va davlat tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan muayyan toifalarining (nogironlar, etimlar, o‘quvchilar, keksalar, vaqtincha ishga layoqatsiz shaxslar, to‘liq bo‘lmagan oilalar va boshq.) ijtimoiy himoyasi; – ijtimoiy yordam xizmatiga ixtiyoriy ravishda yordam so‘rab murojaat qilgan barchaga va bu kabi yordamga muhtoj, biroq ayrim sabablarga ko‘ra o‘zi mustaqil ravishda yordam so‘rab murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga (bolalar, o‘zlari mustaqil harakat qila olmaydigan bemorlar va h.k.) individual ijtimoiy yordam ko‘rsatish. Bu erda ijtimoiy yordam odamlarga ularning shaxsiy hayotiy muammolari va qiyinchiliklarni (qiyin vaziyatlarni) avvalambor ularda intilish va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali engib o‘tishda yordam ko‘rsatish va imkoniyat yaratish sifatida tuShuniladi. Yoshlarning oilaviy siyosatini yanada takomillashtirish yosh oilani shakllanish bosqichlarida qo‘llab-quvvatlovchi va ularning tezkor sur’atlarda rivojlanish bosqichiga o‘tishi uchun zarur sharoitlarni yaratib beruvchi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Yosh oilalar bilan ish olib borish va ulardagi mavjud muammolarni hal 138 etishda, O‘zbekistonda yangi bo‘lgan, biroq oxirgi yillarda jadal rivojlanib borayotgan kasbiy faoliyat – ijtimoiy ish muhim o‘rin tutadi 1 . Oilalar bilan ijtimoiy ish olib borishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari orasida mamlakatimiz olimlari bola huquq va manfaatlari ekanligini alohida ta’kidlaydilar; oiladagi vaziyatni ijtimoiy xizmatlar tomonidan malakali va ob’ektiv baholash; bolalar ustidan zo‘ravonlik qilish holatlari kuztilmaganda ijtimoiy xodimlar tomonidan maxfiylikka amal qilish; oiladagi nomaqbul omillarni qayd qilish va boshqalar 2 . Ijtimoiy xizmatlar vazifalariga ijtimoiy himoya, kunduzgi parvarish, uy xo‘jaligini yuritish, oilaviy hayotga tayyorlash, bolalar tarbiyasi, oilaviy terapiya bilan Shug‘ullanish, nizolarni hal etish, oilaga parchalanib ketmaslikda yordam berish kabilar kiradi, bu esa o‘z navbatida yosh oila hayotining dastlabki bosqichida muhim ahamiyatga ega. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling