Q. N. Kayumov
-MAVZU. SALOMATLIK VA NOGIRONLIK
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
8-MAVZU. SALOMATLIK VA NOGIRONLIK
1. Salomatlik va kasallik tuShunchalari 2. Tibbiy-ijtimoiy xodimlar vazifalari va ko‘nikmalari 3. Nogironlik: tuShuncha, omillar, yondaShuvlar 4. Rivojlanib borayotgan nogironlik. Nogironlarga xizmat ko‘rsatishning xorijiy tajribasi Kalit so‘zlar: salomatlik, kasallik, salomatlik bilan bog‘liq muammolar, tibbiy-ijtimoiy xodim, maslahat xizmati, nogironlik, nogiron shaxslar, cheklovlar, to‘siqlar, rivojlanib borayotgan nogironlik, mikrotizim, mezotizim, ekotizim, 143 makrotizim, geteroxronlik, abilitatsiya, reabilitatsiya 1. Salomatlik va kasallik tuShunchasi. Ijtimoiy ish salomatliklarida muammolari bo‘lgan odamlarga xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy ta’minot tizimi doirasida asosiy kasb hisoblanadi. Salomatlik murakkab toifa hisoblanadi. Zamonaviy adabiyotlarda “salomatlik” va “kasallik” atamalarining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud. Umuman olganda bir nechta asosiy variantlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) salomatlik kasalliklarning mavjud emasligi sifatida ta’riflanadi; 2) salomatlik va me’yor sinonim tuShunchalar sifatida qo‘llaniladi; 3) salomatlik yoki kasallik biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro munosabatlari natijasi hisoblanadi. Ushbu ta’riflar orasida eng to‘liq va ko‘p iqtibos keltiriladigan ta’rif, 1948 yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan taklif qilingan ta’rif hisoblanadi: “Salomatlik – bu nafaqat kasallik yoki zaiflik emas, balki to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir” 1 . Mazkur ta’rifdan kelib chiqadiki, odamlar salomatligi nafaqat biologik omillar va o‘zgaruvchilardan, balki psixologik va ijtimoiy omillarga ham bog‘liq. Ushbu omillarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lgan holda ko‘rib chiqamiz: 1. Ijtimoiy demografik (yosh, etnik/milliy tegishlilik, jins, yashash manzili: shahar/qishloq, yashash mamlakati). 2. Ijtimoiy-iqtisodiy (ta’lim darajasi, daromadlar darajasi, mashg‘ulot turi, umuman oilaning moddiy holati). 3. Ijtimoiy-tibbiy (yashash sharoiti, ekologik va tabiiy-iqlimga oid, oilaviy ahvoli, ijtimoiy maqomi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy yordam sifati). 4. Ijtimoiy-psixologik va psixologik (psixoijtimoiy yordamning mavjudligi/mavjud emasligi, turmush tarzi, hayotning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarining mavjudligi/mavjud emasligi, psixologik va hissiy bosim darajasi, shaxsga oid o‘ziga xos xususiyatlar). 5. Biologik va fiziologik (bo‘yi, og‘irligi, kasalliklarga moyilligi, asab 144 tizimining turi). Ta’kidlash lozimki, ushbu omillar salomatlik – kasallikning jamiki kontinuumida har qanday holatlarga moyil, sabab bo‘luvchi va ularni qo‘llab-quvvatlovchi omil sifatida ta’sir ko‘rsatishi mumkin 1 . Salomatlik holati va turli kasalliklarning ijtimoiy va psixoijtimoiy bog‘liqliklarni ochib beruvchi ayrim raqamlarni keltirib o‘tamiz. Masalan, infarkt miokarddan o‘lganlar miqdorini o‘rganish, mazkur kasallikni boshidan o‘tkazgan bemorlarning o‘lim ehtimoli, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash etishmagan, ijtimoiy izolyasiya holatida bo‘lgan, qator ijtimoiy muammolarni boshidan kechirganlardan ko‘ra 4-5 marotaba yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, salomatlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar daromadlar, etnik tegishlilik, jins, yosh, nogironlik va yashash manzili bilan bog‘liq. Daromadlar. Daromad qanchalik yuqori bo‘lsa, ehtimol, inson o‘zini Shunchalik yaxshi his qilishi lozim. Kambag‘allarda salomatlik bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lishlari ehtimoli nisbatan ko‘proq. Sabab Shundan iboratki, odamlar ko‘pchiligi tibbiy sug‘urtaga ega, tibbiy yordam olishga ertaroq murojaat qilishlari mumkin, ko‘pincha to‘yimli va sifatli mahsulotlarni iste’mol qiladilar va aqliy jihatdan kamroq kuch sarf qiladilar. Sug‘urta qilinmagan 10 ta amerikalikdan 8 tasi “ishchi oilasi”dan. 70% ishchilarga ish beruvchilar tibbiy sug‘urta taqdim qilmaydilar 2 . Jins. Hayotning o‘rtacha davomiyligi erkaklar kabi ayollar uchun ham ortib bormoqda. Garchi ayollar uchun hayotning o‘rtacha davomiyligining ortishini afzallik sifatida ifodalasak-da, Shu bilan birga bu holat bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Hayotning kutilgan davomiyligidagi farq va ayollar uy ishlari va bola tarbiyasi bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lganliklari sababli qari ayollar bevaga aylanadilar va ijtimoiy ta’minotning cheklangan nafaqalari bilan qamrab olingan. YOsh. Keksalar kabi yosh fuqarolar ham salomatlikning yomon holatiga ko‘ra eng yuqori xavf hududida turadilar. Keksayish tufayli xavfning ortib borishiga sabab, ularning ko‘pchiligi kambag‘allikda yashaganliklari. Aholining kambag‘al 145 qatlamlaridan bo‘lgan keksa insonlarning bir qismi zarurat tug‘ilgan holatlarda tibbiy yordam so‘rab murojaat qilmaydilar, chunki moliyaviy xarajatlar juda yuqori. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling