Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
2. Tibbiy-ijtimoiy xodimlarning vaziflari va ko‘nikmalari. Tibbiy-ijtimoiy
xodim faoliyati uchun zarur bo‘lgan vazifalar va ko‘nikmalar salomatlik va kasallikning yuqorida ko‘rib chiqilgan biopsixoijtimoiy modellariga asoslanadi. Jamoada ishlash ko‘nikmasi muhim amaliy ko‘nikma hisoblanadi. Kommunikativ ko‘nikmalar barcha fanlar vakillari o‘rtasida muloqotni ta’minlash uchun muhim hisoblanadi. Umuman olganda, tibbiy muassasada samarali faoliyat olib boruvchi yoki mijozlarning salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarini hal etuvchi ijtimoiy xodim u yoki bu kasallikning tibbiy-ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida xabardor, kasallik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari va sharoitlari to‘g‘risida, u bemorga va uning atrofidagilarga ko‘rsatadigan ta’siri haqida xabardor bo‘lishi lozim. Tibbiy-ijtimoiy xodim aholining qaysi toifalari (jins, yosh, ijtimoiy o‘rni) ko‘proq kasallikka moyil ekanligini, uning psixoijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun bemor qaysi xizmatlarga murojaat qilishi lozim ekanligidan xabardor bo‘lishi lozim. Ijtimoiy xodimlar uyda parvarish qilish agentliklari, qo‘llab-quvvatlash va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish guruhlari, muayyan kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar uchun dasturlar kabi manbalarni topish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga o‘qitiladilar. Kasallik haqidagi tibbiy va psixologik ma’lumotlarni bilish, bemorlarning kasallikning paydo bo‘lish sabablari haqidagi izohlarini tuShunish tibbiy-ijtmoiy xodimga bemor va uning ijtimoiy muhitdagilarning savollariga javob berish imkonini beradi. Agar tibbiy-ijtimoiy xodimning ish joyi va muammolarining o‘ziga xos xususiyatlaridan qat’iy nazar, uning vazifalari va imkoniyatlari haqida aniq gapiradigan bo‘lsak, u holda mijozlar va ularning oilalarining ijtimoiy, maishiy, psixoijtimoiy, huquqiy muammolarini hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy vazifalaridir. 148 – Bemorda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijobiy yoki salbiy hayotiy hodisalarning mavjud yoki mavjud emasligini, kopingning mavjud ekanligini qamrab oluvchi psixoijtimoiy baholash 1 . Psixoijtimoiy baholashga bemor va uning oilasining davolash yoki kasalxonadan chiqishning tavsiya qilingan yo‘nalishiga amal qilish imkoniyatlarini aniqlash kiradi. Psixoijtimoiy baholash, Shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning doimiy monitoringini bemor va uning oilasi bilan doimiy o‘zaro munosabatlar hamda xizmatlardan qoniqish hosil qilmagan mijozlarni aniqlash orqali amalga oshirilishini taqozo qiladi. – Bemorlarga, Shuningdek, ularning hissiy jihatdan og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan oila a’zolariga maslahat berish, ularni qo‘llab-quvvatlash (masalan, jiddiy qayg‘uni boshdan kechirish natijasi sifatida), ularning ichki va tashqi manbalarini rivojlantirish. – Bemorlar va ularning oilalariga axloqiy tabiatga ega bo‘lgan, kasallikning psixoijtimoiy holatlari, ularga moslashish, unga bo‘lgan munosabat, rollarning o‘zgarishi bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda yordam ko‘rsatish. – Bemorlarni kasallik vaziyatida gigienik ko‘nikmalarga, oilalarini esa bemorni parvarish qilish qoidalari va ko‘nikmalariga o‘rgatish. –Imtiyozlarni aniqlash va ularni olishda yordam ko‘rsatish, huquqiy himoyani tashkillashtirish. Masalan, “Bizning uyimiz” (Toshkent) markazi tomonidan ruhiy buzilishlardan aziyat chekayotgan shaxslar va ularning qarindoshlari uchun “Psiatrik yordam haqidagi qonun bo‘yicha ommabop qo‘llanma” va “Huquqiy alifbo. Savollar va javoblar” broshyuralari chop etilgan. Markazning xodimlari tomonidan ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun maqsadi “Psixiatrik yordam to‘g‘risidagi Qonun” ta’minlovchi ijtimoiy kafolatlar, imtiyozlarni izohlashdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi 2 . – Notibbiy va tibbiy ijtimoiy manbalarni, masalan qo‘llab-quvvatlash va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish guruhlariga yordam ko‘rsatish. Shunday qilib, bronxial astmasi (bo‘g‘ilish xuruji, bo‘g‘ilishdagi birinchi yordam) bo‘lgan odamlarning tibbiy muammolarini hal etish uchun Toshkentda Respublika Allergiya Markazida Astma-maktabi faoliyat olib bormoqda. 149 – Tibbiyot xodimlari jamoasiga bemor va uning oilasining xulqiy muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatish. Shunday qilib, ijtimoiy xodimlar mijozning ijtimoiy va hissiy ehtiyojlari bilan ishlar ekanlar, somatizatsiyani kamaytiradilar, bu bilan vrachning vaqtini iqtisod qiladilar 1 . Har qanday amaliy faoliyat o‘z qiyinchiliklari va cheklovlariga ega. Kasalxonalarda ijtimoiy ish olib borish muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarni tahlil qilish ushbu kasb salomatlik sohasida faoliyat olib boruvchi boshqa professionallar tomonidan to‘liq tan olinmagan. Ijtimoiy xodimlar ularning ekspertizasini tor doirada qabul qilinishi, kasallikka tashxis qo‘yish va uni davolashda jismoniy omillarni alohida ta’kidlash, ijtimoiy xodim lavozimini moliyalashtirishda barqarorlikning mavjud emasligi, kasbiy izolyasiya kabi muammolarni ko‘rsatib o‘tadilar. Ijtimoiy xodimlar o‘z faoliyatlarining asosiy turi mijozlarning hissiy va xulqiy muammolari, mijozni jamiyatning zarur manbalari bilan aloqalarini o‘rnatishdan iborat, deb hisoblaydilar. Shunday qilib, tibbiy-ijtimoiy faoliyat sog‘liqni saqlash tizimining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. U tibbiyot muassasalarida, inson kasalxonadan chiqqandan so‘ng, reabilitatsion tadbirlar jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling