Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
3. Nogironlik: tuShuncha, omillar, yondaShuvlar. O‘zbekiston Respublikasining
nogironlarga nisbatan davlat siyosati aholining mazkur guruhi huquq va manfaatlarini ularga boshqa barcha fuqarolar bilan teng, to‘laqonli turmush tarzini kechirish, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etish, Shuningdek, o‘z fuqarolik majburiyatlarini bajarish imkoniyatlarni yaratish maqsadida himoya qilish chora-tadbirlari tizimini taqozo qiluvchi “Nogironlarni ijtimoiy himoyalanganligi to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanadi. Qonun etti bobdan iborat: 1. Umumiy qoidalar; 2. Nogironlarning ijtimoiy infratuzilmadan to‘siqlarsiz foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish; 3. Nogironlarning tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasi; 4. Nogironlarning ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligi; 5. Nogironlar mehnati; 6. Nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish; 7. Nogironlarning ijtimoiy birlashmalari. “O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga 150 ko‘ra, jismoniy yoki aqliy nuqsonlari mavjudligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtojligi mavjudligi natijasida hayot faoliyatining cheklangan shaxs nogiron hisoblanadi. Shaxsning hayot faoliyatining cheklanganligi u tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, harakatlanish, yo‘nalish, muloqotni amalga oshirish, Shuningdek, mehnat faoliyati bilan Shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganligida ifodalanadi. Shubahsiz, ushbu ta’rifda asosiy e’tibor nogironning barcha ijtimoiy va kasbiy qiyinchiliklarining sababi bo‘lgan kasalligiga qaratilgan. Kasallikni davolash lozim, bu jarayonda barcha muammolar hal etiladi, Shu sababli barcha harakatlar aynan Shu tomonga yo‘naltirilishi lozim. Shunday qilib, muammolarning barcha ildizlari insonning o‘zida, uning kasalligi yoki nuqsonida. Mazkur fikr nogironlikni qabul qilishning tibbiy modeli uchun xos. Unga muqobil bo‘lgan ijtimoiy modelda nogironlik – bu jismoniy yoki ijtimoiy to‘siqlar tufayli jamiyat hayotida boshqalar bilan teng shartlarda ishtirok etish imkoniyatining yo‘qotilganligi yoki cheklanganligi, deb ta’rif berilgan. Ijtimoiy modelga siyosiy-huquqiy model yaqin, deb hisoblanadi. Unga muvofiq nogironlikka ega bo‘lgan insonlar huquq va erkinliklari tashqi cheklovlar: arxitekturaviy muhitdan foydalanish imkoniyati mavjud emasligi, ijtimoiy, madaniy hayotda ishtirok etish imkoniyatining cheklanganligi sababli buzilgan ijtimoiy kamchilik sifatida ifodalanadi. Insonga salomatligida jiddiy nuqsonlar mavjud insonga jamiyatda to‘laqonli faoliyat olib borishga xalal beruvchi to‘siqlar quyidagilardan iborat: – Predmet-makonga oid holatda vujudga keluvchi jismoniy cheklovlar. Bu ehtimol, nogiron bo‘lgan insonda garchi uning oldini olish oson bo‘lsa-da, qandaydir qiyinchiliklarga sabab bo‘ladigan to‘siqdir. Mazkur muammoni hal etishning ikki jihati mavjud: a) alohida ehtiyojlari mavjud kishilarni maxsus maishiy moslamalar, harakatlanish vositalari, uskunalar (o‘rindiq-kolyaska, qoshiq va sanchqi ushlagichlar, sun’iy nafas olish ko‘chma apparati, eshitish apparatlari, ko‘zi ojizlar uchun hassalar) bilan ta’minlash; b) do‘stona yoki nodo‘stona, deb 151 ta’riflash qabul qilingan arxitekturaviy-sanoat muhitini moslashtirish (zinapoyalarda, shahar binolarida pandus (qiya nishab)larning mavjudligi, guruhlar foydalanuvchi joylarni sensorli buzilishlarga ega bo‘lgan odamlar uchun rangga oid, akustik, taktil kontrastlar asosida standart yo‘naltiruvchi-ko‘rsatish belgilari tizimi va intellektual cheklovlari mavjud kishilar uchun piktogrammalar bilan jihozlash, shahar transportini maxsus ko‘targichlar va o‘rindiq-kolyaskalar bilan ta’minlash va h.k.). Nogironga do‘stona munosabtda bo‘lgan muhit bola uchun ham, keksalar uchun ham, homilador ayol yoki yosh ona uchun ham do‘stona bo‘lishini alohida ta’kidlash lozim. – Axborotga oid cheklovlar maxsus ma’lumot taShuvchilarining tanqisligi bilan bog‘liq (brayl yozuvidagi kitoblar, surdotarjimali ko‘rsatuvlar, maxsus dasturlar va h.k.). – Muloqotdagi to‘siqlar – axborot to‘sig‘i bilan chambarchas bog‘liq. Ma’lumotni qabul qilishdagi to‘siqlardan tashqari nogironlar muloqot qilishda nogironlarning barcha guruhlariga bolalagidan va katta yoshdagi nogironlarning ayrimlari uchun xos bo‘lgan, psixologik va fiziologik omillar bilan bog‘liq bo‘lgan muloqot qilishdagi qiyinchiliklar majmuini boshdan kechiradilar. Biroq bunda ham ijtimoiy omillarning roli yorqin namoyon bo‘ladi: ilk tibbiy va psixologik-pedagogik tashxis va aralaShuvning mavjud emasligi, ovoz hosil qiluvchi apparatlarning, takomillashtirilgan axborot texnologiyalarining tanqisligi. Muloqotdagi nutqiy rivojlanish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar ko‘pincha mavjud hissiy muammolar sababli chuqurlashib ketadi. Ko‘pincha nogironning asosiy kasalligining oqibati bo‘lgan hissiy muammolar atrofdagilarning nomaqbul ta’sirlari – qiziqishlari, qo‘rquvlari, masxara qilishlari, noqulay ahvolga tushishlari sababli yanada ortib borishi mumkin. – Nogironning o‘z-o‘zini cheklashi. Ko‘pincha imkoniyati cheklangan odam jamiyatda unga majburan singdiriladigan “noraso” shaxs roliga rozi bo‘ladi va Shu tamg‘a bilan birga yashay boshlaydi. Unda gipervasiylikka qaram bo‘lib yashash kabi qarashlar shakllanadi. U o‘z-o‘ziga yordam berish va o‘z-o‘zini 152 tashkillashtirishga emas, balki “unga haqli ravishda tegishli bo‘lgan” nafaqa, navbatdagi gumanitra oziq-ovqat mahsulotlarini kutib yashashni maqsad qilib olgan. Hattoki o‘zi yuqori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan, salomatiligidagi muammolar ob’ektiv cheklovlarni hosil qilmaydigan sohalarda ham u “nogiron” rolini o‘ynashni davom ettiradi. Shunday qilib, yosh, sog‘lom, yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lgan, oyoqlari amputatsiya qilingan erkak nogironligini bahona qilib, aytaylik dasturlovchi karerasidan voz kechadi. – Ta’lim olishdagi cheklovlar. Ta’lim olish huquqi barcha uchun teng ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganligiga qaramasdan, yuqorida keltirib o‘tilgan barcha to‘siqlar umumta’lim maktablari va OTMlarda ta’lim olayotgan o‘qiuvchi va talabalarni juda kam uchratish mumkin. Bundan tashqari, reabilitatsion markazlarda etuk yoshda nogironlikni orttirib olgan va shu sababli o‘z mutaxassisligini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan odamlarni qayta tayyorlash, past nufuzli kasblarning tor doirasi bilan cheklanib qolmoqda. – Mehnat strategiyasi yuqorida sanab o‘tilgan barcha cheklovlar, jumladan, mehnat bozorining nogironligi mavjud odamlarga moslashtirilmagani bilan bog‘liq. Beshafqat bozor raqobati sharoitida nogironligi mavjud bo‘lgan shaxs nufuzli ish o‘rniga ega bo‘lish uchun juda kam imkoniyatga ega, byudjet tashkilotlarida nogironlar uchun ajratilgan o‘rinlar odatda zerikarli, past malakali mehnat va yuqori bo‘lmagan, ko‘pincha taklif qilinayotgan nafaqadan kam bo‘lgan oylik maoshiga ega bo‘ladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling