Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
4. Rivojlanayotgan nogironlik nisbatan yangi atama bo‘lib, ko‘p odamlar uni
xato ravishda kognitiv nogironlikning sinonimlari, deb hisoblaydilar. Biroq Shunga qaramasdan, bu nafaqat kognitiv buzilishlarni, balki 22 yoshga qadar sodir bo‘luvchi va rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi qator boshqa sharoitlarni ham qamrab oluvchi keng ko‘lamli atama hisoblanadi. Mazkur shartlar bolalar autizmini, serebral falajlikni, ayrim holatlarda esa disleksiya (o‘rgatish)ni qamrab oladi. Rivojlanuvchi nogironlik yigirma ikki yoshga qadar namoyon bo‘luvchi ruhiy yoki jismoniy buzilishlarni yoki ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar majmui bilan bog‘liq bo‘lgan og‘ir nogironlikni anglatadi. U o‘z-o‘zini parvarish 153 qilish, ta’lim olish, mustaqil hayotga moslashish kasbi sohalarda ahamiyatli darajadagi cheklovlarga olib keladi va insonning ko‘pincha butun hayoti davomida ko‘plab xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi 1 . Rivojlanuvchi nogironlik bilan bog‘liq bo‘lgan omillar. Homila rivojlanishidagi irsiy omillar: nogironlikning bu kabi shakllarining kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi modda almashinuvining buzilishi, miyadagi nuqsonlar yoki xromosomadagi me’yoriy bo‘lmagan holatlar, xuddi Teya-Saks kasalligi va Daun sindromi kabi. Aqliy zaiflikning asosiy sabablari X sindrom nuqsonlari, genetik kasalliklar. Perinatal ominlar: algokog, giyohvandlik, nurlanish, qizilcha, zaxm, OITS kabi kasalliklar yoki atrof muhitni ifloslantiruvchilar ta’siri, ayolning homiladorlik davrida to‘yib ovqatlanmasligi, tug‘ruqdan avval tegishli ravishda parvarish qilinmasligi nogironlikka olib kelishi mumkin. Perinatal omillarga Shuningdek, vaqtidan avvalgi tug‘uruq ham kiradi, tug‘uruq vaqtida gerpes kabi yuqumli infeksiyalarning yuqib qolishi rivojlanuvchi nogironlikka olib kelishi mumkin. Tug‘uruqdan keyingi omillar: tug‘uruqdan keyingi meningit kabi infeksiyalar, baxtsiz hodisa yoki bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, kasallik davrida kislorodning yo‘qligi yoki baxtsiz hodisa, oziqlantiruvchi moddalar etishmasligi rivojlanishdagi nuqsaonlarga sabab bo‘lishi mumkin. Qo‘rg‘oshindan zaharlanish kabi ekologik omillar, ota-onalarning jiddiy hissiy muammolari yoki ota-onalar deprivatsiyasi ham Shuningdek, bola rivojlanishidagi buzilishlarni tezlashtirish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ekologik omillarga kiradi. Autizm bola rivojlanishidagi eng sirli, jumboqli nuqson hisoblanadi. Bugungi kunda bu nuqsonning sabablari ma’lum emas. Autizmning eng ahamiyatli belgisi, bolaning boshqalar ta’siriga javob berish qobiliyati bola hayotining dastlabki o‘ttiz oyi davomida rivojlanmasligida namoyon bo‘ladi. Hayotining hattoki Shu kabi ilk davrida ham kommunikativ ko‘nikmalarning buzilganligi, xuddi bolalarning ularni 154 o‘rab turgan muhitga bo‘lgan g‘alati munosabati kabi etarli darajada aniq. Ular qiziqish va odamlarga javob qaytarishda etishmovchilikni namoyon qiladilar, ular me’yoriy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. Go‘daklikda ushbu jihatlar ularning quchoqlasha olmasligida, birovning ko‘ziga qaramasliklarida yoki jismoniy yaqinlik va bog‘lanib qolishdan jirkanish kabilarda namoyon bo‘ladi. Autizm alomatlari uch yoshgacha bo‘lgan davrda namoyon bo‘ladi. Autizmning bir nechta turlari mavjud. Mazkur kasallikning eng keng tarqalgan turi Asperger nuqsonidir. Bunday nuqsoni mavjud bolalar odatda me’yoriy va hattoki juda yuqori verbal intellektga ega bo‘ladilar, maktab topshiriqlarini yaxshi bajaradilar, cheklangan, aniq belgilangan qiziqishlarga ega; takrorlanuvchi nutq va xulqqa ega; ijtimoiy va hissiy belgilarni qiyinchilik bilan anglaydilar 1 . Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling