Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Makrotizim jamiyat madaniyatining assoiy qadriyatlari majmuini qamrab
oladi: ko‘zi ojiz bolaning jamiyatdagi taqdiri turlicha bo‘ladi, ayrim jamiyatlarda
so‘qir ilohiylashtiriladi, bashorat qiluvchi sifatida qabul qilinadi, boshqa bir
jamiyatlarda esa u doimiy ravishda g‘amxo‘rlikka muhtoj baxtsiz mavjudot sifatida
qabul qilinadi. Makrotizimga Shuningdek, iqtisodiy va siyosiy omillar kiritiladi.
Uri Bronfenbrenner (ikki xil) tomonidan ta’riflangan tizimlardan tashqari
Belsky (1980) bolaning shaxsga oid xususiyatlarini qamrab oluvchi “ontogenetik
tizimlar” tuShunchasini muomalaga kiritdi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu tizimni
e’tiborga olmaslik bola tomonidan o‘zi tegishli bo‘lgan mikrotizimga qo‘shiladigan
individual farqlar va variatsiyalar e’tiborsiz qoladi.
Ekotizimli yondaShuv ijtimoiy xodimga uning faoliyatining barcha
bosqichlarida alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lgan bolaga samarali yordam
ko‘rsatishda yordam beradi. Muammoni o‘rganish bosqichida u sabablar va
darajalarni aniqlash imkonini beradi. Uni hal etishni rejalashtirish Shuningdek, bola
bilvosita yoki bevosita qamrab oluvchi barcha ijtimoiy kontekstlardagi manbalarni
e’tiborga olgan holda kompleks tabiatga ega bo‘ladi. Shuningdek, muhim bo‘lgan
masalalardan yana biri ijtimoiy ish mutaxassisi uning o‘zi ham bola ekologik
tizimining bir qismi ekanligini va uning har bir harakati uning turli bosqichlarida
turli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini anglay boshlaydi. Shu sababli, o‘z faoliyatining
samaradorligini baholash, o‘zining kasbiy vaziflarini amalga oshirgan holda u o‘z
mehnatining natijalarini nisbatan to‘g‘ri baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonning
nogironlarni
reabilitatsiya
qilish
davlat
dasturi
yo‘nalishlaridan biri yangi turdagi idoralararo muassasalarni – reabilitatsion
markazlarni yaratish va ularning samarali faoliyatini tashkillashtirishdan iborat.


157
Xorijada abilitatsion (insonning avval mavjud bo‘lmagan qobiliyatlarini
shakllantirishga qaratilgan va uning barcha imkoniyatlarini mobillashtirishga
yo‘naltirilgan) va reabilitatsion (yo‘qotilganlarni qayta tiklashga yo‘naltirilgan)
markazlar. Mamlakatimizda reabilitatsion markazlar faoliyatning ham birinchi, ham
ikkinchi turini amalga oshiradilar. Markazlarning maqsadi imkoniyati cheklangan
bolalar va kattalar, ularning oilalariga kompleks tibbiy, psixologik, pedagogik va
ijtimoiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Aynan Shu tuzilmalarda nodavlat sektor:
xususiy tijorat firmalari va nodavlat xayriya tashkilotlarining, Shuningdek, ijtimoiy
uyushmalarning ahamiyati katta. Bu mazkur tashkilotlarning faoliyatida
metodologik yondaShuvlarning ko‘p turliligi va ularning innovatsionligini belgilab
beradi. Reabilitatsion markaz ijtimoiy xodimi bolaga abilitatsion va reabilitatsion
yordamning uzluksizligini vositachilik faoliyati va uning kasalxonadan chiqqanidan
so‘ng patronaj yordami orqali ta’minlashi joiz.
Ijtimoiy himoya tizimida muhim omil alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lgan
bolalarning inklyuziv ta’limi hisoblanadi. Bu kabi bolalarning ta’lim olishini
tashkillashtirishda ikkita prinsipial yondaShuv mavjud.
Birinchisi bolalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan, ixtisoslashtirilgan,
odatda internat turidagi ta’lim muassasalarida ajratilgan ta’limni soddalashtirilgan
dastur asosida tashkillashtirishni nazarda tutadi. Bu yondaShuvning afzallik sifatida
alohida ehtiyojlari mavjud bola uchun “yumshoq”, xavfsiz muhitni yaratishni
ko‘rsatish mumkin. Biroq ixtisoslashtirilgan maktabda olingan ta’lim tayyorgarligi
bu kabi bolalarga kasbiy shakllanish jarayonida teng tarzda ishtirok etish imkonini
bermaydi, ularning ijtimoiylashtirilishini buzilishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchi yondaShuv inklyuziv yondaShuvni yoki oddiy bolalarning alohida
ehtiyojlari mavjud bolalar bilan birgalikda umumta’lim maktablarida birga
o‘qitishni anglatadi. Inklyuziv ta’limning barcha ustunliklariga qaramasdan, uni
joriy qilish ayrim muammolarni ham keltirib chiqaradi. Shu sababli xorijiy
mamlakatlarda alohida ehtiyojlari mavjud bolalarga ta’lim berishning qator oraliq
shakllari bilan bir qatorda birinchi va ikkinchi turlari ham mavjud. Shu munosabat
bilan, inklyuziv ta’limni joriy qilish jarayoni, Shubhasiz, taraqqiy etishi, mahalliy


158
sharoitlarni batafsil o‘rganishga tayanishi, mazkur jarayonga jalb qilingan barcha
manfaatdor tomonlar ehtiyojini aniqlashga tayanishi talab etiladi
1
.
Ijtimoiy xodimlarning roli. Ijtimoiy xodimlar nogironligi mavjud bo‘lgan
insonlar bilan ikkita asosiy yo‘nalishda muloqotga kirishadilar.
Birinchidan, ular nogironlar bilan asosiy e’tibor ularni davolashga qaratilgan
xizmatlarni taqdim etish muassasalarida duch keladilar. Masalan, oilaviy maslahat
berish agentliklari xodimlari odatda oilalarning shaxslararo muammolarini
ko‘radilar. Ushbu oilalarning bir yoki bir nechta a’zolari nogiron bo‘lishi mumkin.
Nogironlik oilaviy muammolarga taalluqli bo‘lmasligi, yoki bu muhim omil
bo‘lmasligi mumkin. Oxirgi holatda ijtimoiy xodim roli oilaga yordam ko‘rsatish va
nogironlik tabiati va uning oqibatlarini baholashdan, so‘ngra nogironlik bilan
bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni hal etish uchun samarali staregiyani ishlab
chiqishdan iborat.
Ikkinchidan,
ijtimoiy
xodimlar
nogironlarga
xizmat
ko‘rsatuvchi
reabilitatsion markazlar, keksalar uylari, kasalxonalar, imkoniyati cheklangan
odamlarga kunduzgi parvarish markazlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablar
(vizual nogironlik shaxslar uchun mo‘ljallangan maktablar) kabi tashkilotlarda
faoliyat olib borish maqsadida jalb qilinishi mumkin.
Jismoniy yoki aqliy nogironlikka ega bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish
jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, kasbiy, iqtisodiy foydalilikni qayta tiklash sifatida
ta’riflanishi mumkin. Dasturlar kasbiy ta’lim, malakali professional maslahati,
psixologik moslashuv, tibbiy va jismoniy qayta tiklash va ishga joylashtirishga
e’tibor qaratishi lozim. Ayrim mijozlar ushbu sohalarning barchasida yordamga
muhtojlar.
Reabilitatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi professionallarning keng doirasi
ko‘plab personallar ko‘rinishida namoyon qilingan: vrachlar, tibbiyot hamshiralari,
klinik psixologlar, fiziterapevtlar, ruhShunoslar, professonal, rekreatsion, eshitish
terapevtlari, professional-texnik maslahatchilar, logopedlar, ijtimoiy xodimlar,
ijtimoiy ta’lim o‘qituvchilari va protez yasovchilar.
Ularning ko‘pchiligi mijozlarning jismoniy harakatlanishiga e’tibor qaratadi,


159
ayni vaqtda ijtimoiy xodimlar e’tibori avvalambor, ularning ijtimoiy faoliyatlariga
yo‘naltirilgan. Ko‘plab holatlarda jamoaviy yondaShuv qo‘llaniladi
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling