Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar va sog‘liqni saqlash hamda hayot uchun
sarf-xarajatlar. Keksalik – bu sog‘liqni saqlash sarf-xarajatlari yuqori bo‘lganligi
sababli qisman ijtimoiy muammo hisoblanadi. Keksa yoshdagi kishilarning
ko‘pchiligi, hech bo‘lmaganda bitta surunkali kasallikka chalingan, ko‘pchiligi esa
bir nechta surunkali kasalliklar bilan yashashga majbur. Salomatlik bilan bog‘liq
eng ko‘p uchraydigan muammolar sirasiga artrit, eshitish va ko‘rish qobiliyatining
pasayishi, yurak-qon tomir kasalliklari, sinusit, katarakta, qandli diabet va
quloqdagi shovqin kabilar kiradi. Keksalar juda ko‘p hollarda vrachlarga murojaat
qiladilar, o‘z daromadlarining katta qismini dori-darmonga va yoshlarga nisbatan
ko‘proq vaqtlarini kasalxonalarda davolanishga sarflaydilar.
Keksalarning
tibbiy
xizmatlar
uchun
sarf-xarajatlari
yoshlarning
sarf-xarajatlariga nisbatan o‘rtacha to‘rt barobar yuqori. Bu esa o‘z navbatida
keksalar surunkali kasalliklar bilan ko‘proq kasallanishlari bilan bog‘liq.
Albatta, keksayishning jismoniy jarayoni (fiziologik qarish) salomatlik bilan
bog‘liq muammolarga o‘z hissasini qo‘shadi. Biroq bunga qaramasdan, oxirgi yillar
davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar ijtimoiy va shaxsiy ruhiy zo‘riqishlar
kasalliklarning paydo bo‘lishiga katta hissa qo‘shishini ko‘rsatdi. Keksalar ruhiy
zo‘riqishi bir qator vaziyatlar bilan bog‘liq: nafaqaga chiqish, yolg‘izlik, do‘stlar va
oila a’zolarining o‘limi, turmush tarzidagi o‘zgarishlar, ijtimoiy maqomning
yo‘qotilishi, daromadlarning kamayib ketishi, jismoniy quvvat va jismoniy
qobiliyatning pasayishi. Salomatlikdagi muammolar, Shuningdek, sifatsiz parhez,
noto‘g‘ri jismoniy yuklamalar, chekish va alkogol ichimliklarni haddan ortiq
iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin
1
. 2.Birlashgan Millatlar


163
Tashkilotining keksalarga oid prinsiplari. Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borish
amaliyoti 1991 yil 16 dekabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul
qilingan, beshta guruhga birlashtirilgan o‘n sakkizta prinsiplariga yo‘naltirilgan:
1.“Mustaqillik” prinsiplari guruhi, keksalar asosiy ne’matlarga (oziq-ovqat,
suv, turar joy, kiyim-kechak, tibbiy xizmat) ijtimoiy ta’minot, oila va hamjamiyat
yordami, o‘z-o‘ziga yordam berish sharoitlari orqali erishishlari mumkinligi bilan
bog‘liq.
2.“Ishtirok etish” prinsiplari guruhi keksalarning jamiyat hayotiga qamrab
olinishi va integratsiyasini, ularning o‘zlarining farovonligiga, keksa yoshdagi
shaxslar tashkilotini yaratishga, yosh avlodlarga bilim va tajribalarni etkazib
berishga oid siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi faol ishtirokini taqozo
qiladi.
3.“Parvarish” prinsiplar guruhi keksalarni oila va uyushma tomonidan
parvarishlash va himoya qilishni ta’minlash, kasalliklar rivojlanishining oldini olish
yoki eng maqbul holatlarni qo‘llab-quvvatlash yoki qayta tiklash maqsadida tibbiy
xizmatlardan foydalanish
imkoniyatlarini taqdim
qilishni taqozo qiladi.
Prinsiplarning mazkur guruhi Shuningdek, keksalarda ijtimoiy va huquqiy
xizmatlardan foydalanish, har qanday ijtimoiy muassasalarda o‘z huquqlaridan
foydalanish imkoniyatining mavjudligi zarurligini ifodalaydi.
4.“Ichki imkoniyatlarni amalga oshirish” prinsiplar guruhi keksalar
o‘zlarining ichki imkoniyatlarini har tomonlama shakllantirishlari, Shuningdek,
ta’lim, madaniyat, ma’naviy hayot va dam olish manbalaridan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lishlari masalalariga bag‘ishlangan.
5.“Qadr-qimmat” prinsiplari guruhi keksalar munosib va xavfsiz, jismoniy
yoki psixologik zo‘ravonliklarsiz hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari,
yoshi, jinsi, irqiy yoki etnik tegishliligi, nogironlik, Shuningdek, ularning iqtisodiy
to‘lovlaridan qat’iy nazar, barcha huquqlarga ega bo‘lishlariga tegishli.
3.Keksalarga oid ijtimoiy himoya siyosatini shakllantirish. Bu
ularning
hayot sharoitlarini o‘rganish, qarishning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha
dasturlarni ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Masalan, yordam ko‘rsatishning


164
davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan turli dasturlariga
jalb qilingan keksalar muhtojlarga yordam ko‘rsatadilar, va ayni vaqtda jamiyatga
moslashish mexanizmlarini o‘zlashtirgan holda o‘z muammolarini hal etadilar.
Mazkur jihatdan Buyuk Britaniyadagi Age Exchange (AE) xayriya
tashkilotining turli avlodlar, jumladan, bolalar, o‘smirlar, o‘rta va keksa yoshdagi
odamlarning
o‘zaro
hamkorlikdagi
faoliyatiga
yo‘naltirilgan
loyihalarini
qo‘llab-quvvatlash tajribasi e’tiborga molik. Bu kabi faoliyat tufayli keksalar
muloqot qilish va o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, o‘z iste’dodlari va
tajribalari bilan almashinish, bir-birlariga jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkin
bo‘lgan faoliyatda ko‘maklashish imkoniga ega bo‘ladilar. Keksalar yana qaytadan
o‘z o‘rniga ega bo‘lish, o‘z tajribalarini munosib ravishda baholash, uni yosh
avlodlarga etkazib berish talabini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bularning bari keksalarga qadrlanish, o‘zlarining jamiyatga zarurligiga bo‘lgan
ehtiyojlarini amalga oshirish imkonini beradi.
Buyuk Britaniyada pansionatlar vaqtinchalik yoki doimiy turar joy taklif
qiladilar, ularning ko‘pchiligi o‘z oilalariga ega bo‘lmagan va qarindoshlari
tomonidan parvarish qilinmaydigan keksalar uchun mo‘ljallangan.
Bugungi kunda kunduzgi parvarish markazlaridan tashqari xorijiy
mamlakatlarda nafaqat vaqtinchalik, balki doimiy yashash joyi taqdim qiluvchi
muassasalar mavjud.
Masalan, SHvetsiyada uylarida hayot kechirishni hoxlamagan shaxslarni
parvarishlash va davolash bo‘yicha xizmatlar keng yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur
mamlakatda keksalarga xizmat ko‘rsatish prinsiplaridan biri tanlash erkinligi,
jumladan, keksalarda turar joyni tanlash huquqi hsoblanadi. Agar inson o‘z uyida
yashashni hoxlasa, u yordam olishga ehtiyojmand bo‘lsa ham bu kabi huquqqa ega
bo‘lishi lozim.
60-yillarning oxirlarida SHvetsiyada ilk “xizmat uylari” tashkil qilingan.
“Xizmat uyi” keksalar guruhi o‘zlarining qarindoshlik darajasidan qat’iy nazar
birga yashovchi kvartiralardir. Ushbu kvartiralarda yoki bevosita unga yaqin
joylarda tunu-kun zaruriy yordam ko‘rsatadigan personal mavjud. Guruh bo‘lib


165
yashash ruhiy nuqsonlari, jismoniy kasalliklari, oyoq-qo‘l kasalliklari mavjud,
Shuningdek, qarilikka oid aqli zaiflik holatidagi shaxslarni davolash va parvarish
qilishning ochiq shakllarini rivojlantirish maqsadida vujudga kelgan.
AQSHda oiladan tashqarida yashovchi keksalar va keksalar uchun oilaviy
shakldagi keksalar uyi keng tarqalgan. Ular turli shaklda bo‘lishi mumkin, biroq
ularning umumiy jihatlari quyidagilardan iborat: yordam o‘z uyini taqdim qiluvchi,
biroq qarindoshi bo‘lmagan xususiy shaxs tomonidan amalga oshiriladi; muayyan
to‘lov evaziga keksa kishiga xona qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam taqdim
qilinadi; kuzatish, nazorat, vasiylik agentlikdagi professionallar tomonidan amalga
oshiriladi.
AQSHdagi oila ko‘rinishidagi keksalar uyi. Odatda bu kabi keksalar uyida
o‘rta yoshdagi, oliy ma’lumotli ayollar faoliyat olib boradilar va ularning mazkur
faoliyat bilan Shug‘ullanishlariga sabablar quyidagilardan iborat: altruizm,
kimgadir g‘amxo‘rlik qilish, yolg‘izlikdan qochish.
Keksalarni parvarishlash va davolashni ularning qarindoshlari, norasmiy
o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshiradilar. Muayyan vaziyatlarda qarindoshlarga
hukumatning mahalliy organlari tomonidan badal to‘lanishi mumkin.
AQSHda keksalarga yordam ko‘rsatishning ayrim dasturlari:
– bepul tibbiy yordam;
– uy xo‘jaligini yuritish va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishda yordam
ko‘rsatish;
– nafaqaga chiqqan xodimlarga uzoq muddatli parvarishni ta’minlovchi
tibbiy sug‘urta;
– badavlat keksalarning xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlar;
– past darajadagi daromadga ega bo‘lgan keksalar uchun yig‘ishtirish, kir
yuvish va oziq-ovqat kabi xizmatlar ta’minlangan kvartiralar; –
oziq-ovqat talonlari: xususiy sektorda yashovchi, ko‘chib kelgan
kambag‘al keksalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari uchun sarflanadigan
ayrim xarajatlari xaqi qoplanadi;
– ko‘plab davlatlardagi keksalarga ko‘chmas mulkka solinadigan


166
soliqlarga imtiyozlar taqdim qilinadi
1
.
Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borishning mufassal g‘oyasi ularning faol va
tashabbuskor odamlar bilan teng huquqli sheriklarga aylantirishga qaratilgan. Shu
munosabat bilan keksalar bilan olib boriladigan zamonaviy ijtimoiy ishda ularga
yordam ko‘rsatishning andragogik yondaShuvi
2
ommaviylashib bormoqda.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling