Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Kasalliklar va salomatlik bilan bog‘liq muammolar. Alohida e’tiborni talab
qiluvchi kasalliklar orasida qandli diabet, artirit va osteoporoz kabi tayanch-harakat
apparati kasalliklari, respiratorli kasalliklar. Hayot uchun xavfli bo‘lgan ayrim
kasalliklar, masalan, Xantington kasalligi va ksitali fibroz genetik kasalliklar
sirasiga kiradi. Bugungi kunda perinital genetik skrining Daun sindromini, Tey
Saks kasalligini,
fibrozli-genetik degenarsiyani va o‘roqsimon hujayrali
anemiyaning mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqotchilarning fikriga
ko‘ra, kim gipertoniyaga, dispepsiyaga, saratonga, maniakal depressiyaga,
shizofreniyaga, 1 tur diabetiga, Alsgeymer nasliy kasalligiga, bu faqatgina vaqt
masalasi, parishonxotir sklerozga, miotonik mushak distrofisiga, alkogol va
giyohvand moddalarni suiste’mol qilishga moyilligini aniqlash imkonini beruvchi
perinatal genetik test o‘tkazish masalasi bu faqatgina vaqt masalasi.
Agar umuman kasalliklarning epidemiologiyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, u
holda quyidagi umumiy yo‘nalishlarni qayd qilish mumkin. Birinchidan, bugungi
kunda o‘lim va kasalliklarning to‘rtdan uch qismi yuqumli kasalliklar emas, balki
surunkali kasalliklar sababli yuz bermoqda (yurak, qon-tomir kasalliklari, saraton,
nafas organlari va oshqozon-ichak trakti kasalliklari).
Ushbu kasalliklar uzoq davom etganligi sbabli kasallikka chalingan kishidan
va uning atrofidagilardan odatiy turmush tarzini o‘zgartirishni talab etadi,
psixoijtimoiy muammolarning vujudga kelishiga olib keladi.
Ikkinchidan,
inson
hayotining
sanitar
sharoitlarini
yaxshilash,
vaksinatsiyaning paydo bo‘lishi bo‘g‘ma, qoqshol, sil, ich terlama va boshqa
kasalliklarning tarqalishini o‘tgan asr bilan qiyoslaganda nisbatan kamaytirdi. Biroq
oxirgi yillarda turmush darajasining, rivojlanayotgan mamlakatlarda tibbiy yordam
sifatining tushib ketishi ayrim yuqumli kasalliklar (sil, bezgak) darajasining ortib
borishi kuzatiladi.
Uchinchidan, XX asrda davolash usullari tibbiyot tomonidan hali topilmagan
yangi yuqumli kasalliklar (OITS, Ebola bezgagi) paydo bo‘ldi.


146
Shunday qilib, O‘zbekistonda o‘lim sabablari tizimida birinchi o‘rinni qon
aylanish organlari kasalliklari egallaydi – 59,7%, ularning asosiy sabablari
yurakning ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya va ularning asorati (miokard
infarkti, miya insulti va boshq.). Ulardan keyingi o‘rinlarda xatarli yangi kasalliklar
(9,4%), nafas organlari kasalliklari (5,0%) va qandli diabet (3,5%)
1
.
Yenadagi Fridrix Shiller nomidagi universitet olimlari taxminiga ko‘ra,
o‘zbek oshxonasi Evrosiyo hududida salomtalik uchun eng xavfli oshxonalardan
hisoblanadi. Zararli oziq-ovqat odatlari tufayli o‘lim holatining eng yuqori darajasi
MDH davlatlarida qayd qilingan. Avval SSSR tarkibiga kirgan respublikalar
reytingning birinchi o‘n bitta o‘rnini egallagan. O‘limlar soniga ko‘ra birinchi
o‘rinni O‘zbekiston egalladi. Mamlakatimizda noto‘g‘ri ovqatlanish qurbonlari soni
har 100 kishidan 394 taga teng. O‘zbekistonda noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq
yurak-qon tomir kasalliklaridan har yili 65 mingga yaqin kishi vafot etadi
2
.
O‘zbekistonda ayollar va erkaklarning sil bilan kasallanish darajasi
sekin-astalik bilan o‘sib bormoqda (aholining 100 ming kishisiga hisoblangan).
Sildan vafot etish ayollarda 1990 yilda 100 ming kishidan 4,9 ayollarga, 2000 yilda
8,1ga, erkaklarda esa 8,1dan 19,1ga ortdi
3
.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, kasalliklarning vujudga kelishida,
salomatlikni saqlash va mustahkamlashda ijtimoiy va psixologik omillarning roli
aniq ko‘rinib turibdi. Va aynan ijtimoiy ish amaliy faoliyatning bir turi sifatida
aholiga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Tibbiy-ijtimoiy muhitda faoliyat olib borish uchun huquqiy bazasini
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari tashkil etadi:
“Fuqarolar salomatligini saqlash to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida
nogironlarni ijtimoiy himoyalanganligi to‘g‘risida”, “Psixitarik yordam to‘g‘risida”,
“Insondagi immunotanqislik virusi sababli vujudga keluvchi kasalliklarning oldini
olish to‘g‘risida (OITS-infeksiyasi)”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
“Oiladagi
tibbiy madaniyatni
oshirish,
ayollar
salomatligini saqlash, sog‘lom avlodning tug‘ilishi va ularni tarbiyalashning ustuvor
yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy ahamiyatga


147
ega bo‘lgan kasalliklarning tasdiqlanishi va ulardan aziyat chekayotgan shaxslarga
imtiyozlarni belgilash to‘g‘risida”gi Qarorlari, “Sog‘lom avlod” davlat dasturi
to‘g‘risidagi va boshq.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling