Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

3. Oilaviy o‘zaro munosabatlar va oila muammolari. Oila va ota-onalar
bolaning va umuman oilaning farovonligini ta’minlashda markaziy o‘rinni egallashi
barcha tomonidan tan olingan. Biroq Shunga qaramasdan, ko‘p oilalar u yoki bu
inqirozli vaziyatlarga tushib qolganlarida ijtimoiy himoya organlarining
qo‘llab-quvvatlashlariga muhtoj bo‘ladilar. Oilalar ko‘p sabablarga ko‘ra muhtoj
oilaga aylanishlari mumkin, bu sabablar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
kambag‘allik, baxtsizlik, ichkilikbozlik, giyohvand moddalarga ruju qo‘yish,
tahqirlash yoki zo‘ravonlik.


129
Bolalarni himoya qilish sohasida faoliyat olib boruvchi professional bo‘lishi
bilan bir qatorda ijtimoiy xodimlar oilaning muhimligini tuShunishlari va oilalar
bilan ishlash uchun qator ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim.
Ijtimoiy himoya sohasida (6-mavzuda ko‘rsatib o‘tilganidek) oila tabiatini va
uning hayot bosqichlari davomida rivojlanishini anglashni talab etadi. Oilani
tuShunish ijtimoiy xodimlarga mazkur oilaga haqiqatan ham yordam berish
imkonini beradi. Oilaning roli va vazifalarini anglash ijtimoiy ishning samarali
amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. O‘z navbatida mutaxassislar
tomonidan shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik va ijtimoiy
omillarni anglash ularning shaxsiy layoqatlilik darajasini oshirishni talab etadi.
Oilaviy qonunchilik va uning maqsadlari. Oilaviy qonunchilikning vazifalari
oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o‘zaro mehr-muhabbat, ishonch va
hurmat, hamkorlik asosida qurish, o‘zaro yordam hamda oila va uning barcha
a’zolari oldidagi mas’uliyat, oila ishlariga kimningdir ixtiyoriy ravishda
aralaShuviga yo‘l qo‘ymaslik, oila a’zolarining o‘z huquqlarini to‘siqlarsiz amalga
oshirilishi va ularning himoyasini ta’minlashdan iborat.
Oila eng ahamiyatli ijtimoiy tizim hisoblanadi. Oilada uning a’zolari o‘rtasida
o‘zaro ishonchli munosabatlar va shaxsiy qadr-qimmat hissi shakllantiriladi.
An’anaviy tarzda oila tarbiya, mehr-muhabbat, himoya bandargohi hisoblanadi.
Biroq, zamonaviy, tez sur’atlarda o‘zgaruvchi dunyoda oila ulkan qiyinchiliklarga
duch kelmoqda. Bolalar tobora ko‘proq oilaning moliyaviy bosimidan,
ota-onalardan birining yoki har ikkisining uzoq vaqt davomida ishda qolib
ketishidan,
oila a’zolarining ayrimlariga nisbatan
jismoniy yoki ruhiy
zo‘ravonlikning qo‘llanishidan azoblanmoqdalar.
Ko‘pincha, muammolarni hal eta olmagan oila a’zolari spirtli ichimliklarga
yoki giyohvand moddalarga ruju qo‘yadilar, zo‘ravonlikka moyil bo‘lib qoladilar,
ajrashib ketadilar. Ayrim holatlarda, bolalariga mehribon ota-ona bo‘lishlariga
qaramasdan, o‘z shaxsiy bolalariga sog‘lom muhitni ta’minlash imkoniyatiga ega
emaslar. Ayrim holatlarda ota-onalar o‘z bolalarini qanday ta’minlashni bilmaydilar,
chunki ular bolalarning turli yoshdagi ehtiyojlarini bilmaydilar. Ko‘pchilik


130
ota-onalar jiddiy kasallik yoki inqirozli holatlarda oilaning boshqa a’zolarining
ehtiyojlarini hissiy jihatdan qondirish imkoniyatiga ega emaslar.
Oila o‘z a’zolarining ehtiyojlarini qanchalik yaxshi qondirishi mumkinligi,
Shuningdek, oila o‘zaro munosabatlarga kiriShuvchi boshqa tizimlarga – mahalliy
hamjamiyat, Shuningdek, butun jamiyatga bog‘liq. Ushbu o‘zaro munosabatlarning
sifati va ketma-ketligi oilaviy farovonlikka katta ta’sir ko‘rsatadi.
Oila o‘zi nima? Oila – bu murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa. Oilani a’zolari
nikoh yoki qarindoshlik aloqalari, turmushning umumiyligi, hissiy aloqalar va
o‘zaro ma’naviy majburiyatlari bilan bog‘langan, er-xotinlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning tarixdan shakllangan muayyan tizimi sifatida ta’riflash mumkin.
Oilaning turli ta’riflari mavjud. Ayrimlar uni ijtimoiy institut, deb
hisoblaydilar, boshqalar esa – kichik ijtimoiy guruh.
Olimlarning fikriga ko‘ra, oila har bir madaniyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy
institut hisoblanadi. Oilaning umumiy ta’rifi – nikoh, kelib chiqishi umumiy
bo‘lgan uy xo‘jaligi bilan bog‘langan odamlar guruhi demakdir.
Jamiyatning turning biologik yashovchanligini va madaniy tajribani etkazib
berishning merosiyligini ta’minlovchi birlamchi ijtimoiy bo‘g‘ini bo‘lgan oila
ko‘plab vazifalarni bajaradi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
reproduktiv, birlamchi ijtimoiylashtirish, iqtisodiy, xo‘jalik-turmushga oid, hissiy,
jinsiy, birlamchi ijtimoiy nazorat muhiti, bo‘sh vaqt, ma’naviy muloqot.
Oida bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy institut, ham kichik guruh ekanligidan
kelib chiqqan holda aytish mumkinki, oida – jamiyatning ijtimoiy instituti, shaxsiy
turmushni tashkillashtirishning er-xotin ittifoqiga va qarindoshlik aloqalariga, ya’ni
er va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va opa-singillar va birga yashovchi va
umumiy xo‘jalik yurituvchi boshqa qarindoshlar munosabatlariga asoslangan eng
muhim shaklidir. Oila eng muhim sohalardan va ijtimoiy ishning asosiy
ob’ektlaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Oila” Kodeksida oilaning
umumiy ta’rifi mavjud emas. “Oila” tuShunchasining ta’rifini qamrab olish va oila
a’zolarining mukammal ro‘yxatini belgilab qo‘yish oila a’zolari doirasini asossiz


131
ravishda kengayishi yoki ularning huquqlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Biroq “oila”, “oila a’zosi” atamalari O‘zR Oila kodeksida ko‘p qo‘llaniladi.
Mazkur atamalarning O‘zbekiston Respublikasi “Oila” kodeksida tuShunilishi
oilaviy huquq nazariyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Oila
(huquqiy jihatdan) nikohdan, qarindoshlikdan, farzandlikka olish yoki bolalarni oila
tarbiyasiga olishning boshqa shakllaridan kelib chiquvchi shaxsiy nomoddiy va
mulkiy
huquqlar va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasi sifatida
ta’riflanadi. Mazkur ta’rifda o‘zaro birgalikda yashash va umumiy xo‘jalik yuritish
faktlari e’tiborga olinmaydi.
Barcha oilalar kuchli tomonlariga, Shuningdek, yashab qolishning turli
usullariga ega. Oila qanchalik kuchli tomonlarga ega bo‘lmasin, biroq nisbatan
kengroq muhit ta’siriga (o‘tmishda ham, bugungi kunda ham) tushib qolishi
mumkin. Qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashsiz, hattoki, ayrim holatlarda oila inqiroz
bilan ham kurasha olmaydi. Aslida, barcha oilalar o‘zining ichki kuchli tomonlarini
mustahkamlash uchun ko‘makka muhtoj.
Jamiyatni globallashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari oilaning
individuallashtirishi va avtonomlashtirishining o‘sishiga olib keladi, bu esa o‘z
navbatida ajralishlar sonining ortishi, tug‘ilish darajasining pasayishi, nikohsiz
tug‘ilgan bolalar sonining ko‘payishiga, yolg‘iz odamlar sonining o‘sishiga sabab
bo‘ladi. Bularning barchasi ko‘plab xorijiy tadqiqotchilarni oilaning inqirozga yuz
tutishi va hattoki ijtimoiy institut sifatida yo‘q bo‘lib ketishi haqida xabar berishiga
sabab bo‘ldi.
Biroq o‘zbekistonliklarning 86,7 foizi oilani ustun qadryat sifatida bilishadi
1
.
O‘zbekistonning 9/10 aholisi oilalarda yashaydi, oilaning yangi shakllarining paydo
bo‘lishi an’analarning sekin astalik bilan yo‘q bo‘lib ketmasligini ta’minlaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling