Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun asosiy vazifalar bolalarga
g‘amxo‘rlik qiluvchi (ota-onalar yoki vasiylar) shaxslar bilan yaqin munosabatlar
mavjudligi kontekstida belgilanadi. Ular ta’minlovchi munosabatlar va xavfsizlik
bolaga rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalarga erishish qobiliyatini
taqdim qiladi. Mazkur munosabatlarning buzilishi bolaning o‘sishi va rivojlanishiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Biologiya va ijtimoiy ta’sir bolalikdagi rivojlanishning ko‘plab jihatlarini
harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Rivojlanishning hech bir bosqichi o‘smirlik
davridagi kabi boshqarishni talab etmaydi, chunki aynan Shu davrda yosh bolalarda
mutlaqo barcha narsalar o‘zgarishni boshlaydi. Ularning tanalari, hissiyotlari va
ruhiy kechinmalari, oiladagi va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlari tez
sur’atlarda o‘zgarib boradi – barcha narsalar o‘zgaradi va yangi ma’no kasb etadi.
O‘smirning dunyo haqidagi tasavvurlari ham o‘zgaradi.
Bolaning rivojlanish davridagi ehtiyojlarini baholash quyidagi mezonlarga


118
asoslanadi:
Salomatlik. O‘sish va rivojlanish, jismoniy va aqliy holat, zarur tibbiy
xizmatlardan fodalana
olish,
to‘laqonli ovqatlanish,
jismoniy mashqlar,
vaksinatsiya, o‘sishi davomida tekshiruvlardan o‘tish, okulist va dantist
tekshiruvlaridan o‘tish. Katta yoshdagi bolalar uchun salomatlikka ta’sir
ko‘rsatuvchi, jumladan, jinsiy ta’lim va turli moddalarni suiste’mol qilish
masalalari bo‘yicha maslahat va ma’lumot berish talab etiladi.
Ta’lim olish. Bolaning tug‘ilganidan boshlab aqliy rivojlanishining barcha
sohalarini qamrab oladi. Boshqa bolalar bilan o‘ynash va muloqot qilish, kitoblar
bilan ta’minlash, qator ko‘nikma va bilimlarni egallash, muvaffaqiyat va yutuq
hissiyotlarini his qilish kabilarni taqozo qiladi.
Hissiy rivojlanish va xulqiy rivojlanish. Bola dastavval ota-onasi yoki eng
yaqin bo‘lgan kattalar oldida, so‘ngra, bolaning o‘sishi davomida oila tarkibiga
kirmaydigan, begona odamlarning oldida o‘zining hissiyotlari va harakatlarini
to‘g‘ri namoyon qila olishini o‘rganadi.
Identifikatsiya (o‘xshatish). Bolada rivojlanib borayotgan, alohida va o‘z
qadriga ega bo‘lgan inson sifatidagi shaxsiy individuallik hissiyotini o‘rganadi.
Quyidagilarni qamrab oladi: bolaning o‘z-o‘ziga va qobiliyatlariga bo‘lgan
munosabati. Bular sirasiga Shuningdek, irqiy, diniy tegishlilikni, yosh, jinsiy
ehtiyojlarni, cheklangan imkoniyatlarni ham kiritish mumkin. Oilaga tegishlilik
hissi, tengdoshlar guruhi va umuman boshqa madaniy guruhlarni ham qamrab olgan
holda jamiyatga qabul qilinganlik hissi.
Oila va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar. Empatiya (hamdardlik) va o‘zini
boshqa odam o‘rniga qo‘ya olish ko‘nikmasini rivojlantirish. Ota-ona yoki ularni
o‘rnini bosuvchi odamlar bilan barqaror va hissiy o‘zaro munosabatlar, aka-uka,
opa-singillari bilan yaxshi o‘zaro munosabatlar, tengdoshlari va bolaning hayotida
muhim o‘rin egallagan boshqa odamlar bilan yoshiga mos bo‘lgan do‘stona
munosabatlarni o‘rnatish, oilaning mazkur munosabatlarga bo‘lgan munosabatini
qamrab oladi.
Ijtimoiy taqdimot. Bola tomonidan tashqi ko‘rinish, xulq yoki kamchiliklar


119
tashqi dunyo tomonidan qanday qabul qilinishi va anglash ko‘nikmasining o‘sib
borishini e’tiborga oladi. Kiyimning yosh, jins, madaniyat va dinga, tozalik va
shaxsiy gigienaga mosligi, ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi odamlarning to‘g‘ri
yo‘l ko‘rsata olishini qamrab oladi.
O‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish
ko‘nikmalari.
Bolaning
mustaqilligini
ta’minlashi uchun zarur bo‘lgan amaliy, hissiy va kommunikatsion ko‘nikmalarni
o‘zlashtirilishini e’tiborga oladi. Kiyinish va ovqatlanish, o‘ziga ishonchini his
qilish va oiladan tashqarida yashashning amaliy ko‘nikmalari, katta yoshdagi
bolalar uchun mustaqil hayot kechirish ko‘nikmalarini qamrab oladi.
Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari birinchidan, ularning ob’ektiv
psixofiziologik, intellektual va ijtimoiy maqomi, ikkinchidan, ular yashayotgan
jamiyatning holati bilan bog‘liq. Har qanday jamiyatda bola hayot faoliyatini
cheklovchi ikkita asosiy tizim mavjud.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning asosiy toifalariga quyidagilar kiradi:

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling