Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy ta’minotning amerikaga xos tizimi aniq ifodalangan ikkita
yo‘nalishga ega: ijtimoiy sug‘urta tizimi va ijtimoiy yordam tizimi.
Ijtimoiy sug‘urta dasturlari yuqori ijtimoiy maqomga ega, chunki oylik
maoshi hisobiga kun kechiruvchilar muntazam ravishda tegishli jamg‘armalarga
soliq to‘laydilar. Bu tizim aholining iqtisodiy faol qismini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy
xavflardan:
qarilik,
boquvchisini
yo‘qotish,
nogironlik,
kasallik,
ishlab
chiqarishdagi jarohatlar, ishsizlik kabilardan saqlaydi.
AQSHda ijtimoiy ta’minot tizimi murakkab va ko‘p turli. AQSHda ijtimoiy
ta’minotning yagona umummilliy markazlashtirilgan tizimi mavjud emas. U federal
qonunchilik yoki shtat qonunchiligi, qolaversa, federal organlar va shtat hukumat
organlari tomonidan belgilangan turli dasturlardan tashkil topadi.
Ijtimoiy sug‘urta dasturlari – bu jamg‘armasiga nafaqa (pensiya) oluvchining
o‘zi, kelgusida nafaqa oluvchi yoki uning ish beruvchisi, yoki har ikkisi tomonidan
to‘lanadigan maxsus soliq shakliga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirishini
taqozo qiluvchi dasturlar.
Qashshoqlik har qanday boshqa ijtimoiy muammoga tegishli bo‘lganligi
sababli mavjud bo‘lgan deyarli barcha ijtimoiy xizmatlar qaysidir darajada
kambag‘allik (jumladan, “Anonim ichkilikbozlar” guruhlari, sog‘liqni saqlash,


107
professional reabilitatsiya qilish dasturlari, yolg‘iz ota-onalar, sanitar yordam
qabulxonalari, kunduzgi parvarish, turar joy dasturlari, Shuningdek, mahalliy
uyushma harakatlari dasturlari).
Bu kabi dasturlar qashshoqlikni qisqartirishga bilvosita ta’sir ko‘rsatish, ular
bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy muammolarni engillashtirishga qaratilgan
1
.
1935 yilda qabul qilingan qonunda ijtimoiy sug‘urtaning ikki turi belgilab
qo‘yilgan: qarilikka (pensiya) ko‘ra va ishsizlikka ko‘ra (nafaqa). Qonun
Shuningdek, kambag‘allarning nogironlar va etimlar kabi ayrim toifalariga yordam
ko‘rsatishning cheklangan tadbirlarini nazarda tutadi.
Keksalikka ko‘ra davlat pensiyasini to‘liq miqdorda faqatgina 65 yoshga
etgan odamlar olishi mumkin (ayollar ham, erkaklar ham bir xilda). To‘liq pensiya
olish uchun talab etiladigan mehnat staji 35 yil. Agar staj kamroq bo‘lsa, u holda
pensiya miqdori ham kamayadi.
Ishsizlik sug‘urtasi. Mazkur sug‘urta ish beruvchilarga solinadigan soliqlar
hisobidan moliyalashtiriladi. Ko‘plab shtatlarda ishsizlar deyarli bir yil davomida
nafaqa olish huquqiga egalar. Mazkur nafaqani olish uchun ko‘plab shtatlarda inson
quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) bandlik sohalarida muayyan haftalar
davomida ishlash; b) ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish; s) nafaqa ajratilishiga so‘rov
taqdim qilish va davlat xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish; d) ishsizlik shaxsning
malakasiga mos bo‘lgan ishning yo‘qligi bilan bog‘liq ekanligini isbotlash.
Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa vafot etgan kishining oila
a’zolariga, agar vafot etgan shaxs qarilik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan,
uning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, bolalari, ota-onalari) esa uning qaramog‘ida
bo‘lgan holatlarda ajratiladi.
Mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lmagan kasallik yoki baxtsiz hodisa natijasida nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga
belgilanadi.
AQSHdagi ijtimoiy himoya tizimining ikkinchi yo‘nalishi ijtimoiy yordam
hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urtadan farqli ravishda ijtimoiy yordam olish uchun
ko‘maklashish tizimida maxsus avvalgi to‘lovlar talab etilmaydi. YOrdamni taqdim


108
qilish uchun asosiy mezon aynan muhtojlik hisoblanadi.
Ijtimoiy yordamning ko‘plab dasturlari mavjud. Adabiyotlarda 70 ga yaqin
kichik va bir nechta yirik dasturlar keltirib o‘tilgan. Ularning asosiylari

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling