Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

liberal,
konservativ
(korporativ)
va
ijtimoiy-demokratik.
Mazkur modelni tadbiq qilishning asosiy shartlari (AQSH, Kanada,
Avstraliya, Buyuk Britaniya) davlatning bozor iqtisodiyotiga minimal darajada
qamrab olinganligi va davlat boshqaruvi tadbirlarining cheklangan holda
qo‘llanilishi.
Liberal model fuqarolarni sug‘urtaning rivojlangan tizimi hisobiga va
muayyan
kafolatlarning tartibga soluvchisi
bo‘lgan davlatning
minimal
aralaShuviga asoslangan. Sug‘urta to‘lovlarining miqdori, odatda, uncha yuqori
emas. Moddiy yordam manzilli yo‘naltirilganlikka esa va faqatgina muhtojlikni
tekshirish asosida taqdim qilinadi.
Konservativ (korporativ) model ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga


101
ega bo‘lgan mamlakatlar (Avstriya, Germaniya, Italiya, Fransiya) uchun xos. Bu
o‘rinda davlatning o‘rni yuqori ahamiyatga ega: ijtimoiy tadbirlarga ajratiladigan
byudjet mablag‘lari xodimlar va ish beruvchilarning sug‘urta to‘lovlariga deyarli
teng, qayta taqsimlashning asosiy kanallari davlat qo‘lida yoki uning nazorati ostida
bo‘ladi. Shu bilan birga davlat fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni sug‘urta
himoyasi tizimiga topshiradi. Aynan Shu sababli ijtimoiy nafaqalarning miqdori
mehnat daromadlari va mos ravishda sug‘urta to‘lovlariga ajratmalar miqdoriga
proporsional bog‘liq. Ishsizlik holatida kafolatlangan to‘lovlar miqdori mehnat
stajiga bog‘liq, to‘lash muddatlari esa – sug‘urta to‘lovlarini to‘lash davomiyligi,
ularning miqdori va xodimning yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy-demokratik model (ayrim hollarda uni yakdillik modeli, deb
ataydilar) davlatning aholini himoya qilishdagi etakchi rolini nazarda tutadi. Davlat
ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari aholi daromadlarini tenglashtirish va
umumiy bandlik hisoblanadi (SHvetsiyada, Norvegiyada, Finlyandiyada, Daniyada,
Shuningdek,
Niderlandiyada
va
SHveysariyada).
Ijtimoiy
muhitni
moliyalashtirishning asosi sifatida iqtisodiyotning barqarorlashtirilishiga birinchi
navbatda soliqqa tortishning yuqori darajasi imkoniyat yaratuvchi rivojlangan
davlat sektori xizmat qiladi.
Ijtimoiy davlatning ko‘pincha egalitar, deb nomlangan shved doktrinasi
yuqori darajadagi mashhurlikka erishdi. U davlatning o‘z fuqarolari to‘g‘risidagi
g‘amxo‘rligini, ularga “xavfsizlik, ishonchlilik va xavfli vaziyatlarga himoyani,
Shuningdek, himoyani tashkillashtirish va boshqarishni va’da qilgan holda” milliy
marosim darajasiga olib chiqadi. SHvedlar uchun qarindoshlarga yoki xayriyaga,
ayniqsa, bozorga tobe bo‘lish zarurati mavjud emas. Beshikdan to qabrgacha ularga
davlat g‘amxo‘rlik qiladi”
1
.
Bu kabi oliy maqsadni amalga oshirish uchun 1977 yilda SHvetsiyada
ijtimoiy idoralarning qayta tashkillashtirilishi amalga oshirildi va ijtimoiy
xizmatning keng ko‘lamli, biroq aniq va aholiga tuShunarli vazifalari
shakllantirildi. Ular orasida to‘rtta asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin:
daromadni kafolatlash, atrof muhit va xizmat ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar,


102
mehnat sohasini (jumladan, sog‘liqni saqlash tizimini) boshqarish va himoya qilish.
Yo‘nalishlarning har biri uchun muayyan ijtimoiy institut javobgar.
Qayd qilingan uchta model dunyoning hech bir erida, ijtimoiy davlatning har
biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘lgan “ideal turi”ni aks ettirgan holda,
sof
holatda
uchramaydi.
Amaliyotda
odatda
liberal,
korporativ
va
ijtimoiy-demokratik modellar elementlarining, ulardan birining jihatlari aniq
ustunlikka ega bo‘lgan birikmasini kuzatish mumkin.
3. G‘arbiy Evropa va AQSHda ijtimoiy ta’minotning zamonaviy shakllari.
G‘arbiy Evropaning deyarli barcha mamlakatlari ijtimoiy xavf holatlarini nazarda
tutgan holda ijtimoiy sug‘urtadan foydalanadilar va qashshoqlik chegarasida
bo‘lgan odamlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatadilar. Biroq mazkur mamlakatlarda
ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordam turlicha amalga oshiriladi va Shu sababli ular
to‘rt guruhga bo‘linishi mumkin:
1. To‘lovlar va nafaqalar miqdori individual sug‘urta to‘lovlariga bog‘liq
bo‘lgan mamlakatlar.
2. Nafaqa va to‘lovlar miqdori ko‘proq individual ehtiyojlarga mos bo‘lgan,
moliyalashtirish esa asosan soliq jamg‘armalaridan to‘lanuvchi mamlakatlar.
3. YUqoridagi ikki holat o‘rtasidagi oraliq vaziyatni egallab turuvchi
mamlakatlar.
4. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlari mavjud bo‘lmagan va endigina
shakllanayotgan mamlakatlar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling