Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
4. Ijtimoiy ishda bilim, qadriyatlar va ko‘nikmalar.
Ijtimoiy ishning professional amaliyoti bilimlar, qadriyatlar, axloq va ko‘nikmalarga asoslangan. Bilimlarning umumiy hajmi, avvalambor, gumanitar bazaga, Shuningdek, rejalashtirilgan o‘zgarishlarga bog‘liq. Har bir jihat ijtimoiy xodimning professional 93 faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy ish bo‘yicha Kengash (CSWE) mazkur jihatlarni ijtimoiy ish bo‘yicha bakalavrlar (BSW) va magistrlarning (MSW) o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlarining aniq predmetlariga kiritgan. Ijtimoiy xodimlar uchun asosiy prinsip odamlarning ijtimoiy maqomi, irqi, teri rangi, diniy e’tiqodi, jinsi, jinsiy qarashlari/jinsiy mansubligi yoki yoshidan qat’iy nazar, barcha insonlarning qadrliligi hisoblanadi. Inson hayotining qiymati barcha qadriyatlardan ustun va inson manfaatlarini himoya qilish jamiyatda insonparvarlikka va ijobiylikka asoslangan munosabatni talab etadi. Muammolari mavjud odamlarni, ushbu muammolar tabiatidan qat’iy nazar, muhokama qilish yoki ayblash mumkin emas. Ijtimoiy xoimlarning ta’kidlashicha, xolisona munosabat qadr-qimmat, shaxsiy daxlsizlikka ega bo‘lishda muhim ahamiyatga ega va mijozlar hech bir shartlarsiz qabul qilinishi zarur. Bundan tashqari, mijozlar (bittadan ortiq odamlarni, oila yoki salomatlik va imkoniyatlari cheklangan katta yoshli insonlar guruhini qamarab oluvchi mijozlar tizimi) avtonomlik huquqiga – ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlarning yo‘nalishlarini belgilash huquqiga egadirlar. Xuddi Shu kabi, guruhlar va uyushmalar mazkur asosiy huquqlarni qo‘llab-quvvatlaydilar. NASW o‘z a’zolari uchun barcha qiymatlarni qamrab olgan holda axloq kodekslarini belgilab berdi. Kuchli professional madaniyat ishlab chiqilgan va ijtimoiy ish amaliyotchilarining davlat va milliy uyushmalari orqali ifodalanmoqda. Kasbiy axloq tuShunchasi, Shunday qilib, amaliyotning ma’naviy prinsiplariga kiradi. Ijtimoiy ish qadriyatlari ijtimoiy xodimlarning odamlar va jamiyat haqidagi fikrlarining asosini shakllantiradi, axloq (etika) esa aniq vaziyatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar chegarasini belgilab beradi. Har ikki tuShuncha, qadriyatlar va axloqiy ikkilanishlar, nizolar odatiy hodisalar hisoblanadi. Ijtimoiy xodimlarda, ularning mijozlari kabi ko‘pincha boshqa guruhlar manfaatlari bilan o‘zaro ixtiloflarga kiriShuvchi referent guruhlar ham mavjud. Masalan, mijoz kasallik holatida professional tibbiy yordamdan foydalanishni 94 Bu kabi holatlarda ijtimoiy xodimning ma’naviy (axloqiy) burchi nimadan iborat? Nizo paydo bo‘lganida mijoz manfaatlarini qay tarzda yuqori darajada himoya qilishi mumkin? Bu kabi holatlarda mijozda o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi mavjudmi? O‘zingizdan so‘rab ko‘ring, siz nima qilgan bo‘lar edingiz? Savolga javob berayotganingizda bu kabi vaziyatlarda oson bo‘lmasligini anglab etasiz. IJMUning axloq kodeksini o‘qib chiqib, bu holatda tegishli paragrafni axloqiy xulqqa qay tarzda bog‘lash mumkinligini anglash mumkin 1 . Insonlarning xotirjamligini va osoyishtaligi darajasini oshirish, kambag‘allik, azoblash va ijtimoiy adolatsizlikning boshqa shakllarining oldini olish; Alohida shaxslar, oilalar, guruhlar, tashkilotlar va uyushmalarning ijtimoiy ta’qiqlovchi diniy guruhga mansub bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy xodim bu holatda tibbiy aralaShuvni amalga oshirish uchun keskin harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Amaliyotchi ijtimoiy xodimlar quyidagilarni bilishlari talab etiladi: ijtimoiy ish amaliyoti kontekstida tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini qo‘llash; kasbning qadriyatlari, uning axloqiy me’yorlari va prinsiplarini tuShunishlari; hech qanday kamsitish va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymasliklari; alohida shaxslar, oilalar, guruhlar, tashkilotlar va uyushmalar bilan ijtimoiy ish olib borish jarayonida amaliy bilim va ko‘nikmalaridan foydalanishlari; tahlil qilish, ta’riflash va ijtimoiy siyosatga ta’sir o‘tkazishlari. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling