Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

quyidagilar: kafolatlangan daromadni ta’minlash dasturi, farzandlari mavjud
muhtoj oilalar yordam ko‘rsatish dasturi, oziq-ovqat dasturi, turar joy subsidiyalari
dasturi va tibbiy yordam dasturi.
Mazkur dasturlarga ko‘ra kambag‘allikda yashovchi odamlar pul ko‘rinishida
nafaqa, oziq-ovqat, subsidiyalangan turar joy, ta’lim olish, kasbiy tayyorgarlik
uchun yordam oladilar. Ijtimoiy yordam olish huquqiga rasmiy ravishda
kambag‘allik chegarasidan past darajada yashovchi, deb tan olinganlar ega bo‘ladi.
Umumy jihatdan AQSHda bu kabi aholi 12-15%ni tashkil etadi.
Moddiy yordam dasturi. Moddiy yordam dasturlarining eng mashhurlaridan
biri Welfare («Velfer»), tarjimasi “farovonlik” ma’nosini anglatadi. Dasturning
boshqa
nomi:
Public
Assistance.
Dastur
federal
hukumat
tomonidan
moliyalashtiriladi va ko‘pincha shtat va shahar byudjetidan to‘ldiriladi. “Velfer”ni
olish sharti turli holatlar (ish o‘rnini yo‘qotish, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olmaslik,
kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz ona (ota) bilan bog‘liq ravishda muayyan
darajada barqaror daromad manbasining mavjud emasligi.
SSI (Supplemental Security Income) – keksalarga (65 yoshdan oshganlarga),
nogironlarga, daromad miqdori past darajada bo‘lgan kasal kishilarga pullik yordam
ko‘rsatish federal dasturi.
1965 yilda qabul qilingan Medikeyd dasturi (Medicaid) ikki qismdan –
daromad darajasi past bo‘lgan shaxslar yoki oilalar uchun kasalhona sug‘urtasi yoki
tibbiy sug‘urta. U ham federal hukumat tomonidan ta’minlanadi, biroq shtat
qonunlari tomonidan boshqariladi. Medikeyt muayyan doiralarda dori-darmon
uchun pul to‘lash, kasalxonada yotish, tez yordam chaqirish, vrach qabuliga tashrif
buyurish, maxsus oyoq kiyimlarini, tibbiy uskunalar va hokazolarni sotib olish
imkonini beradi. Odatda «Velfer» va SSI bo‘yicha to‘liq hajmda yordam
olayotganlar Medikeytdan foydalanish huquqiga ham ega bo‘ladilar.
Kasalxonaning sug‘urta qismi ijtimoiy sug‘urta solig‘iga ustama qo‘yish


109
hisobiga moliyalashtiriladi va ish beruvchi va xodimlar tomonidan to‘lanadi. Tibbiy
sug‘urta – sug‘urtaning har oy to‘lovlar undiriladigan ixtiyoriy turi hisoblanadi.
Kafolatlangan daromadni ta’minlash dasturi keksalarni, to‘liq va doimiy
nogironlarni hamda ko‘zi ojizlarni qamrab oladi. u 1974 yildan buyon amal qilib
kelmoqda. Mazkur dasturga ko‘ra aholining ko‘rsatib o‘tilgan toifalariga federal
hukumat
ularning
yashashlari
uchun
minimal
darajadagi
mablag‘larni
(kafolatlangan daromad) ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini to‘laydi. Mazkur
minimum juda past darajada – “kambag‘allik chegarasi” bo‘yicha daromadning
taxminan 60 foizni tashkil etadi.
Naqd pul ko‘rinishida taqdim qilinuvchi moddiy yordam berish bo‘yicha
boshqa bir dastur – bu farzandlari mavjud bo‘lgan muhtoj oilalarga yordam
ko‘rsatish dasturidir. Odatda, mazkur dastur doirasida past daromadli, oila boshlig‘i
beva ajrashgan yoki yolg‘iz-ona bo‘lgan ko‘p bolali oilalar yordam oladilar. Qator
shtatlarda mazkur dastur bo‘yicha nafaqalar oila boshlig‘i ishsiz bo‘lgan kambag‘al
oilalarga taqdim qilingan, biroq bu kabi oilalar juda kam.
Oziq-ovqat ko‘rinishida yordam berish doirasida oziq-ovqat talonlari dasturi
keng tarqaldi. Talonlarga ega bo‘lish huquqiga daromadi “kambag‘allik
chegarasi”da 125 foizdan ortmagan shaxslar yoki oilalar ega bo‘lganlar (taxminan
14 ming dol.).
Biroq boshqa oziq-ovqat dasturlari, masalan, maktab nonushtalari va bir
yoshgacha bo‘lgan go‘daklari bor bo‘lgan kambag‘al onalarga oziq-ovqat
ko‘rinishidagi yordam dasturlari mavjud.
Turar joy subsidiyalari past daromadli va o‘rtacha yiliga 2000 dollar bo‘lgan
oilalarga taqdim qilinadi. Bu juda kam, chunki Amerikada turar joylar narxi juda
yuqori. Davlat tomonidan u yoki bu dastur tomonidan qamrab olingan shaxslarga
davlat ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan taqdim qilinadigan pensiyalardan,
ishsizlik, kambag‘allik va boshqalar bo‘yicha nafaqalar farqli ravishda turar joy
subsidiyalari muhtoj oilalarga mazkur organlarning qaroriga ko‘ra taqdim qilinadi.
Dunyo tajribasini tahlil qilish ijtimoiy himoya institutining bazaviy asoslarini
ajratib olish imkonini beradi:


110
1) Mehnatga layoqatliligi, ish o‘rni, daromadlar manbai mavjud bo‘lmaganligi
sababli o‘zining moddiy mavjudligini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatiga
ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy yordam. Ijtimoiy yordam hajmi odatda, avvalgi
daromadlar hajmi yoki aholining umumiy turmush darajasi bilan bog‘liq emas.
Ushbu ijtimoiy himoyaning belgilab beruvchi xususiyati – davlatning
aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj guruhlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovchi, kelishib olinmagan munosabatlari. Odatda mazkur
tizimdan amalga oshirilgan to‘lovlar muhtojlikni tekshirib ko‘rgandan so‘ng mavjud
daromadlarga qo‘shimcha shakliga ega bo‘ladi, bosh asos – minimal hayotiy
ehtiyojlarni ta’minlash uchun mablag‘larning mavjud emasligi yoki etishmasligi
hisoblanadi.
2) Majburiy ijtimoiy sug‘urta shaklida amalga oshiriladigan, ijtimoiy faol
aholini mehnatga layoqatliligini (pensiya yoshiga etganlikni ham qamrab olgan
holda) yoki ish o‘rnini yo‘qotganligi sababli daromadsiz qolish xavfidan ijtimoiy
himoya qilish instituti ko‘rinishidagi davlat ijtimoiy va pensiya ta’minoti.
Moliyaviy
manbalari
ish
beruvchilarning
to‘lovlari,
jismoniy
shaxslar
(xodimlar)ning to‘lovlari – va alohida toifalar uchun – davlat byudjeti mablag‘lari.
Ijtimoiy himoya tizimlarini tashkillashtirishning dunyo tajribasini tahlil
qilishdan kelib chiqqan holda ijtimoiy himoyaning umumiy prinsiplariga
quyidagilar kiradi:

davlat va jamiyatning barcha qatlamlari uchun maqbul hayot
sharoitlarini ta’minlash uchun ijtimoiy mas’uliyati;

zarur holatlarda tibbiy va ijtimoiy yordamni ta’minlash;

ish bilan band aholini ijtimoiy va kasbiy xavflardan himoya qilishning
umumiy tabiati;

ijtimoiy himoyaning jamiyatning katta qismiga nisbatan qo‘llash
sohasini kengaytirish.
YUqorida keltirilgan prinsiplardan kelib chiqqan holda, zamonaviy dunyo
tajribasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirishning quyidagi asosiy
yo‘nalishlari ishlab chiqilgan:


111
 aholining muhtoj qatlamlariga bir-birini takrorlovchi kam ahamiyatli
nafaqalari o‘rniga yuqori manzillilikka ega bo‘lgan yagona nafaqalarning joriy
qilinishi;
 aholining ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan toifalarini qayd qilish shartlariga
qo‘yiladigan talablar darajasini oshirish, o‘z navbatida ularning muhtojlik darajasini
tekshirish;
 ijtimoiy sohalarni (sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy kommunal xo‘jalik)
moliyalashtirishda o‘zaro hamkorlikda ishtirok etish mexanizmlarini kengaytirish
yordamida ijtimoiy muhitning etakchi sohalarida ijtimoiy sektorni rivojlantirish;
 ijtimoiy himoya bo‘yicha moliyaviy og‘irlikni markaziy va mahalliy byudjet
o‘rtasida qayta taqsimlash;
 ijtimoiy soha tarmoqlarida xo‘jalik yuritishning xususiy shakllari va notijorat
tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish;
 ijtimoiy sohani dasturiy moliyalashtirishga o‘tish, moliyaviy mablag‘lar
sarfini nazorat qilishning ijtimoiy me’yorlaridan va jamoat nazorati ko‘rinishlaridan
foydalanish;
 Ijtimoiy buyurtmani shakllantirish va uni bajarish maqsadida xo‘jalik
faoliyati sub’ektlarini jalb qilish.
Ijtimoiy xodim kasbi barcha odamlarning farovonligini oshirishga intiladi,
butun jamiyat farovonligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Ijtimoiy xodimlar har doim amaliy faoliyati aholining kambag‘al qismiga
yordam ko‘rsatiga yo‘naltirilgan, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlarni
ishlab chiqarish g‘oyasini yoqlaganlar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling