Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

5.
Yorliqlar nazariyasi.
Yorliqlarning sotsiologik nazariyasi
yoki
stigmatizatsiya (ot grech. stigma  kleymo) harakatlar, shaxslar yoki guruhlarning
ijobiy yoki (ko‘pincha) salbiy xususiyatlarning ijtimoiy qayd qilinishiga qamrab
olingan ijtimoiy jarayonlarni tahlil qiladi.
Ushbu nazariya, birinchidan, jamiyatdagi ayrim individlar boshqa
individlarga ularni deviant, deb hisoblagan holda yorliq yopishtirishi mumkin


78
bo‘lgan ijtimoiy tabiat jarayoniga e’tibor qaratadi. Ikkinchidan, deviant xulqqa ega,
deb ta’riflangan individ o‘zi haqidagi bu fikrga qanday ko‘nikishini tahlil qiladi
(“deviant yorlig‘i”ni qabul qiladi). Shunday qilib, jamiyatning qandaydir a’zolari
“jinoyatchilar”, “ichkilikbozlar” yoki “ruhiy kasal” deb nomlangan barcha
holatlarda yorliqlar yopishtirish holati sodir bo‘ladi.
Yorliq ostida inson yoki guruhning “yaxshi/yomon” qadriyatga oid
shkalasidagi o‘rnini qayd qiluvchi salbiy ta’rifi tuShuniladi (bu holatda – salbiy
qutbga yaqin). Yorliqlarning ta’siri ikki turli bo‘ladi: ular jamiyatga qarshi
harakatlarning oldini oladi, biroq ularni noto‘g‘ri qo‘llansa, ular jamiyatga qarshi
xulqqa sabab bo‘lishi mumkin.
Yorliqlar nazariyasiga ko‘ra, xulqni deviant deb hisoblash uchun u guruhlar
buzilishi deviant, deb hisoblanishi lozim bo‘lgan qoidalarni belgilashi va ularni
alohida odamlarga qo‘llagan holda ularni autsayderlar, deb belgilashi lozim va
deviant xulq Shu kabi ifodalanishi zarur. Shu nuqtai nazardan deviantlik inson
tomonidan amalga oshirilgan harakatlarning oqibati emas, balki boshqalar
tomonidan “qoidabuzar”ga qonunni qo‘llash oqibati hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, hech qanday o‘ziga xos xulq aslida o‘z-o‘zidan deviant
hisoblanmaydi; xulq faqatgina boshqalar uni deviant, deb belgilaganda Shunga
aylanadi.
Stigmatizatsiya tarafdorlari nizoShunoslikning asosiy qoidasi sifatida
individlar ko‘pincha o‘z qiziqishlari va hayotga qarashlari turlicha bo‘lganligi
sababli bir-birlari bilan kelisha olmasliklari qabul qilingan. Bunda hukumat
tepasida turganlar institutsional hayotni boshqaruvchi qarashlar va prinsiplarni
ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar va mazkur me’yorlarni buzganlarga salbiy
yorliqlarni muvaffaqiyat bilan yopishtiradilar.
6. Stereotiplar, noto‘g‘ri fikrlar, tahqirlashlar. Ijtimoiy xodim axloqi va
qadriyatlarini o‘rganishda stereotiplar – ijtimoiy ob’ektlardagi soddalashtirilgan,
sxemalashtirilgan namunalar, jumladan, bir millat vakillarining boshqa millat
vakillari to‘g‘risidagi tasavvurlari muhim o‘rin tutadi. Stereotiplar bolalikda
o‘zlashtiriladi – odatda bevosita bolaning tajribasidan emas, ikkilamchi


79
manbalardan o‘zlashtiriladi. Bolalar o‘zlari mansub bo‘lgan guruh to‘g‘risida
bilmay turib mazkur tasavvurlardan foydalanadilar.
Ijtimoiy stereotip tuShunchasini birinchi marotaba amerikalik jurnalist va
siyosatShunos U.Lippman qo‘llagan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra stereotiplar – bu
inson miyasidagi tartibga solingan “dunyo manzarasi”, ular, birinchidan, uning
murakkab ijtimoiy ob’ektlarni qabul qilishga sarflanadigan kuchini iqtisod qiladi,
ikkinchidan, uning qadriyatlari, qarashlari va huquqlarini himoya qiladi. Boshqacha
aytganda, stereotiplar insonni ijtimoiy ma’lumotlar dengizida yo‘naltirib turadi va
o‘zi haqidagi yuqori fikrni saqlab qolishga yordam beradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, stereotiplar ijobiy kabi, salbiy tomonlarga
ham ega. Bir tomondan ular anglash jarayonini qisqartiradi, individga o‘z hayotiy
yo‘lini aniqlashga yordam beradi, uning xulqini boshqarib boradi. Boshqa
tomondan esa, stereotip turli ko‘rinishdagi salbiy fikrlarning shakllanishiga olib
keladi. Agar stereotip cheklangan tajribaga asoslangan bo‘lsa va ushbu tajriba
salbiy bo‘lsa, u holda masalan, qandaydir etnik guruhning qabul qilinishi salbiy
baholar asosida bo‘ladi.
Har bir xalq madaniyatida boshqa xalqlar haqidagi barqaror tasavvurlar
ishlab chiqilgan. Ular turli xalqlar vakillari ularga an’anaviy ravishda taqdim
qilingan tabiatga ko‘ra aynan bir vaziyatga munosabat bildirishlari ko‘rsatilgan
anekdotlarda keltirilgan. Ularda fransuzlar doimo engiltak va sermuhabbat, inglizlar
quruq va o‘ta rasmiyatchi, nemislar sinchkov va anqovroq, ispaniyaliklar ehtirosli
va tiyiqsiz va h.k.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling