Q. N. Kayumov
-MAVZU. IJTIMOIY ISHNING ODOB VA AXLOQ MUAMMOLARI
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
4-MAVZU. IJTIMOIY ISHNING ODOB VA AXLOQ MUAMMOLARI
1. Etika: tushuncha, manbalar 2. Qadriyatlar: tushuncha, qadriyatga oid tizimlar, “qadriyat” tuShunchasi turlari 3. Ijtimoiy ishda axloq kodekslari 4. Ijtimoiy ish amaliyotida axloqiy ikkilanishlar 5. Yorliqlar nazariyasi 6. Stereotiplar, xurofotlar, tahqirlashlar Kalit so‘zlar: etika, ma’naviyat, ijtimoiy ishda axloq, qadriyatlar, ijtimoiy ishda qadriyatlar, shaxsiy qadriyatlar, ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, ijtimoiy ish prinsiplari, inson huquqlari, axloqiy ikkilanishlar, axloqiy echimlarni qabul qilish, yorliqlar, stereotiplar, tahqirlash. 1. Etika: tuShuncha, manbalar. Etika – (grek tilidan odat, urf-odatlar) – o‘rganish ob’ekti ma’naviyat bo‘lgan ilmiy nazariy fanlardan biri. “Etika (axloq)” atamasi odatda ikkita ma’noda qo‘llaniladi: etika ma’naviy falsafa sifatida va etika ma’naviy me’yorlar va standartlar sifatida. Ahloqning vazifalari odamlarning individual xulqini tartibga solish va baholash, uni mazkur jamiyatda qabul qilingan me’yorlar va prinsiplarga mos 63 holatga olib kelishdan iborat. Ahloqiy me’yorlar nafaqat munosib axloqiy me’yorlarni qamrab oladi, ular Shuningdek, shaxsning me’yoriy jihatdan maqbul hisoblangan xulq uchun zarur bo‘lgan ma’naviy jihatlarini qayd qiladi, chunki ma’naviyat nuqtai nazaridan nafaqat harakatlar va muomalasi, balki faoliyatning sabablari, maqsad, vositalar, istaklar o‘rganilishi va baholanishi mumkin. Ahloq – ijtimoiy tafakkur va inson xulqini tartibga soluvchilarining ilk shakllaridan biri hisoblanadi. Ma’naviyatning kelib chiqishiga nisbatan ikkita nuqtai nazar mavjud: 1) ahloqning kelib chiqishi o‘zaro hamkorlikdagi mehnat faoliyatining dastlabki shakllari bilan bog‘liq, chunki o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat mazkur faoliyat sotsiumning barqarorligini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish va saqlab qolish kabi ma’naviy holatlar zaruriyatini keltirib chiqaradi. 2) Ahloq individning fe’l atvorini boshqarish shakli bo‘lib, u mehnat taqsimotidan oldin ibtidoiy jamiyat davrida mavjud bo‘lgan. “Ezgulik”, “yaxshilik”, “yomonlik” tuShunchalarining o‘zi mazkur davrda inson uchun hayvon hissiyotlaridan deyarli hech nimasi bilan farq qilmagan: issiq, qorni to‘q, xavfsiz – yaxshilik, ezgulik; xavf, ochlik, sovuq – yomonlik. Ibtidoiy odam o‘z ma’naviyati sababli emas, balki yashash uchun kurashish zarurati tufayli kollektivist bo‘lgan. Shunday qilib, yordam va o‘zaro yordam ma’naviyati ildizlari inson tabiati va inson jamiyatiga tutashib ketgan. Etika (ahloqiy burchning) hosila qiymati hisoblanadi . Professional etika tuShunchasi esa, amaliyotning ma’naviy prinsiplariga tegishli. Ijtimoiy ish qadriyatlari ijtimoiy xodimlarning odamlar va jamiyat haqidagi fikrlari uchun asosni shakllantiradi, etika esa muayyan vaziyatlarda nima qilinishi lozim ekanligining doirasini belgilab beradi. Har ikki tuShuncha – qadriyatlar, axloqiy ikkilanishlar va nizolar ijtimoiy ish amaliyotida odatiy hodisa hisoblanadi 1 . Ijtimoiy xodimlar ularning mijozlari kabi ko‘pincha bir birlarining manfaatlariga nisbatan nizoga kiriShuvchi referent guruhlar hisoblanadi. Masalan, mijoz kasallikka chalingan holatda professional tibbiy aralaShuvdan foydalanishni ta’qiqlovchi va malomat qiluvchi diniy guruhga mansub bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy 64 xodim bu kabi holatlarda tibbiy aralaShuv zaruriyat ekanligini ta’kidlashi mumkin. Bu kabi holatlarda xodimning ijtimoiy ma’naviy majburiyati nimadan iborat? Mazkur nizoli vaziyatda u mijoz manfaatlariga qay tarzda eng maqbul usulda rioya qilishi mumkin? Bu kabi holatlarda mijozlarning tanlash huquqi mavjudmi? Bu kabi holatlarda javob berish o‘ta murakkab ekanligi ko‘rinib turibdi. Ijtimoiy xodimlar barcha darajalarda ham inson xulqi haqida qo‘shimcha bilimlar olishi mumkin bo‘lgan insonparvarlik xislatlariga ega bo‘lishlari zarur. Talabalar tomonidan o‘zlashtiriladigan kurslar: ona tili va adabiyoti; chet tili; huquq, tarix va iqtisodiyot; sotsiologiya va psixologiya; matematika va fan; madaniyat va san’at – bularning bari talabalarni o‘tmish bilan tanishtiradi, ijtimoiy voqelik va inson faoliyati to‘g‘risidagi dunyoqarashlarini kengaytiradi. Mazkur kurslar, Shuningdek, tanqidiy fikr yuritish qobiliyatini mustahkamlashga imkoniyat yaratadi va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantiradi, Shuningdek, biz yashayotgan dunyoni bir butun sifatida anglashga yordam beradi 1 . Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling