Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Ijtimoiy ishda etika (axloq) manbalari. Prinsip – bu xulqning boshqa
standartlar yoki mulohazalar bog‘liq bo‘lgan fundamental standarti. Prinsip – ma’naviy izohlar uchun asosni shakllantiruvchi fikrlar, mulohazalar tizimidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan me’yor. AQSHning ijtimoiy ish bo‘yicha Kengashi ijtimoiy xodimlar uchun zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalar orasida ular amaliy faoliyati davomida amal qilishi lozim bo‘lgan qadriyatlarni ham belgilab berdi. Ijtimoiy xodimlar axloqiy me’yorlarga amal qilishi va axloqiy muammolarni hal qilishda ishtirok etishi lozim: Ijtimoiy xodimlar kasbning asosiy mohiyati, uning axloqiy standartlari va tegishli yo‘riqnomalaridan yaxshi xabardor bo‘lishlari; Ijtimoiy xodimlar shaxsiy qadriyatlarini kasbiy qadriyatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qilgan holda anglashlari va boshqarishlari; Axloqiy echimlarni Ijtimoiy xodimlar milliy uyushmasi, Ijtimoiy xodimlar Xalqaro Federatsiyasi axloq Kodeksi va Ijtimoiy ish maktablari xalqaro assotsiatsiyasi standartlardan foydalangan holda qabul qilishlari; 65 Ijtimoiy ishning bayon qilingan axloqiy prinsiplariga amal qilish; Axloqiy nizolarni hal etishda ikki fikrlilikka yo‘l qo‘ymaslik; Ularni hal etishda axloqiy ikkilanishlarning echimini topish strategiyasini qo‘llash 1 . Ijtimoiy xodimning kasbiy burchi – barcha odamlarga teng ravishda tegishli bo‘lgan ma’naviyat talablarini muayyan mutaxassisning shaxsiy holatlarga nisbatan qo‘llaniluvchi, biroq ijtimoiy ish sohasidagi professional faoliyatning umumme’yoriy talablariga asoslanuvchi shaxsiy vazifasiga aylantirish. 2. Qadriyatlar: tuShuncha, qadriyatga oid tizimlar; “qadriyat” tuShunchasi turlari. Qadriyatlar tuShunchasi ob’ektlar, ularning xususiyatlari, Shuningdek, o‘zida ijtimoiy ideallarni mujassamlashtirgan va Shu sababli munosiblik namunasi sifatida namoyon bo‘luvchi mavhum g‘oyalarni belgilash uchun qo‘llaniladi. Qadriyatning uchta shakli: Qadriyat ijtimoiy ideal, munosiblik haqidagi ijtimoiy tafakkur tomonidan ishlab chiqilgan tasavvur (haqiqat, go‘zallik, adolatlilik va patriarxat, tenglik, demokratiya) sifatida namoyon bo‘ladi. Qadriyat ob’ektlashtirilgan shaklda moddiy va ma’naviy madaniyat asari ko‘rinishida yoki ijtimoiy qadriyatga oid ideallarning muayyan predmetga oid timsoli bo‘lgan inson harakatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy qadriyatlar individual hayot faoliyati prizmasida singan holda shaxsning psixologik tuzilmasiga inson xulqini asoslovchi shaxsiy qadriyatlar shaklida kirib boradi. Ijtimoiy ish etikasining qadriyatga oid me’yoriy asosi ijtimoiy xodimning me’yoriy xulqining bazaviy tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi ma’naviy qadriyatlar tizimini qamrab oladi. Qadriyatlar turlari. SHaxsiy qadriyatlar – ijtimoiy ish bilan Shug‘ullanuvchi ko‘plab odamlar ijtimoiy muhofazaga muhtojlar uchun nimadir qilish muhim, degan fikrdan rag‘batlanadilar. Kimlardir diniy e’tiqodi yoki siyosiy qarashlari sababli ushbu harakatlarni amalga oshiradi. Qanday qadriyatlar va ular qaerdan kelib 66 chiqqanligini anglash muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy qadriyatlar – garchi barcha odamlar o‘ziga xos bo‘lsa-da, biz bilgan qadriyatlar va e’tiqodlar o‘ylaganimizdek, o‘ta shaxsiy emas. Ular jamiyatda – yoshga oid guruhda jinsiy tegishlilik ta’siri ostida, millatga, ijtimoiy maqomga va hokazolarga qoida tarzida shakllanadi. Ko‘plab hodisalarga nisbatan odamlarning munosabati vaqtga oid tarzda o‘zgaradi. Masalan, shahvoniy xulq, bolalarga bo‘lgan munosabat, o‘z fikrini ifoda qilish erkinligi, bolalarni nazorat qilish, inson hayoti qadri. Ijtimoiy qadriyatlar ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq. Ijtimoiy ishning kasbiy qadriyatlari ijtimoiy xodimni muayyan majburiyatlarni bajarish va ularga amal qilishga, o‘z faoliyati uchun kasbiy ma’suliyatni his qilishga yo‘naltiradi. Ijtimoiy ishdagi asos hosil qiluvchi qadriyatlar quyidagi qoidalarda aks ettirilgan: 1) Shaxs jamiyatning asosiy tashvishi hisoblanadi. 2) Shaxs va jamiyat o‘zaro bog‘liq. 3) Shaxs bir-biri oldida ijtimoiy majburiyatlarga ega. 4) Odamlar boshqa birovning huquqini buzmagunlariga qadar o‘z erkinliklariga haqlidir. 5) Demokratik jamiyatning katta ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati har bir shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etish orqali mas’uliyatni qabul qilishi hisoblanadi. 6) Jamiyat individning o‘zini faol namoyon qilishi yo‘lidagi har bir to‘siq engib o‘tilishi va bartaraf qilinishi uchun ma’sul 1 . Ijtimoiy xodim har bir insonning qadrli ekanligi va uning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish, munosib turmush tarzi va farovonlik, bir odamning huquqlari boshqa odamlar yoki guruhlarning huquq va manfaatlarini amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmasligi sharti bilan hayotiy qarashlarini erkin tanlash huquqini tan oladi. Ijtimoiy adolatlilik va insonparvarlik manbalarning adolatli va teng taqsimlanishini, davlat va ijtimoiy xizmatlar va tashkilotlarning imkoniyatlaridan foydalanishning ta’minlanishini taqozo qiladi. 67 Layoqatlilik (professionalizm) doimiy ravishda kasbiy malakani oshirib borishga, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, amaliy faoliyat, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ijtimoiy qadriyatlarni chuqur anglash va ijtimoiy muhit jarayonlarini ilmiy tadqiq qilish usullarini o‘zlashtirishga undaydi. Shunday qilib, ijtimoiy xodimning professional qadriyatlari majmui insonparvarlik prinsiplariga asoslanadi va tarkibiy qismlari ijtimoiy ish jarayonining yo‘nalishlari, mohiyati va mazmuniga tegishli bo‘lgan tuzilmaga ega. Ijtimoiy xodim kasiy faoliyatining barcha jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlari insonparvarlik va ijtimoiy ishning asosini tashkil etuvchi har bir inson shaxsiga hurmat qadriyatlariga bo‘ysunadi. Kasbga oid qadriyatlar umuman kasb mohiyati asosi sifatida har bir ijtimoiy xodim faoliyatining asosi sifatidagi axloqiy me’yorlarning tartibli manbalari hisoblanadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling