Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Kuchli tomonlar istiqboli guruhlar, oilalar, tashkilotlar va jamoalarning alohida
shaxslari muammolar va qiyinchiliklarga ega ekanligini tan oladi. Kuchli tomonlar nazariyasining asosiy afzalliklaridan biri, u manbalar va aktivlarga muhtoj odamlar, guruhlar, jamoalarning muammolarini hal etish maqsadida e’tibor qaratadilar. Shunday qilib, kuchli tomonlar amaliyoti va imkoniyatlarga ega bo‘lish quyidagilarga sabab bo‘ladi: – ajralmas kuchli tomonlarga asoslanishdan ko‘ra ko‘proq ularni baholaydi; – insonlarning shaxsga oid kuchli tomonlarini uning o‘zgarishi va o‘z manbalarini faollashtirishi uchun yo‘naltiradi; – mijozning atrofida mavjud bo‘lgan ijobiy bloklarni rivojlanish va o‘zgarish asoslari sifatida tadqiq qiladi; – mijozga o‘zi tushib qolgan vaziyatda unga yordam berishi yoki bermasligi to‘g‘risida fikr yuritishi mumkin bo‘lgan ekspert rolini taqdim qilgan holda mijoz 59 va ijtimoiy xodim o‘rtasidagi to‘siqni kamaytirish imkonini beradi; – ijtimoiy xodimga hamkor yoki gid rolini taqdim qilgan holda mijoz va ijtimoiy xodim o‘rtasidagi to‘siqni kamaytirish imkonini beradi; – mijozlarning o‘zlari qo‘llaydigan va ular uchun o‘zgarish imkoniyati mavjud emasligini alohida ta’kidlovchi stigmatsiyalangan til yoki terminologiyani qo‘llashdan qochadi. Manbalar bilan ta’minlanganlik (vakillik) ijtimoiy xodimga emas, mijozga yo‘naltiriladi, ijtimoiy to‘siq sifatidagi stratifikatsiya va tengsizlikka e’tibor qaratadi, muammolarning paydo bo‘lishi insonning shaxsiy kamchiliklari bilan bog‘liq ekanligini inkor qiladi. Bu insonning shaxs ichidagi, shaxslararo va siyosiy kuchini oshirish jarayonidir. Manbalar bilan ta’minlanganlik – bu individuumlar yoki guruhlar hukmronlik, moliyaviy-moddiy manbalarga erishish va shaxsiy hayotlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘luvchi jarayondir. Mazkur jarayonda odamlar eng oliy shaxsiy va jamoaviy intilishlar va g‘oyalarga erishish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Hukmronlikka erishish uchun ulkan imkoniyatga o‘z-o‘ziga yordam berish tadbirlari kiradi. Mazkur nuqtai nazar professionallar bilan faoliyat olib borishni emas, balki Shu kabi muammolari bo‘lgan yoki mavjud boshqalarning tajribasini o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Masalan, yolg‘iz onalar yoki otalarning o‘z-o‘ziga yordam berish guruhlari, o‘tmishda giyohvandlikka ruju qo‘yganlar, alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lganlar guruhlari. Shunday qilib, imkoniyatlarga ega bo‘lish – bu “xizmatlar iste’molchisi – professional” munosabatlarini tahlil qilishni talab etuvchi tuShunchadir. Ushbu o‘zaro munosabatlarni xizmatlardan foydalanuvchilar /fuqarolar va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot bilan Shug‘ullanuvchi siyosiy institutlar va tashkilotlarni qamrab olgan ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlarda muvozanat o‘rnatgan holda tenglikka (xizmatlardan foydalanuvchiga ham, professionalga ham huquq bergan holda) asoslangan holda qayta qurish lozim. Umuman olganda, hukmronlik taqdim qilish asosiy shaxsga oid munosabatlardagi kabi, odamlar va ijtimoiy hamda siyosiy tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlarda ham 60 o‘zgarishlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. 7. Inqirozli intervensiya va muammoga yo‘naltirilgan nazariya. Inqirozli nazariya psixodinamik psixologiya va quyidagi taxminlarga asoslanadi: – insonning mavjud muammolarni hal eta olish qobiliyati uning o‘tmishdagi muammolarni hal qilgani va kelajakdagi qiyinchiliklarni qanday engib o‘tishini aks ettiradi; – har bir shaxs hayotida qiyinchiliklarga yoki xavfli hayotiy voqealarga duch keladi; – inqirozli vaziyat inson murakkab hayotiy vaziyatlarda o‘zining engib o‘tish qobiliyatini yo‘qotib qo‘ygan holatlarda vujudga keladi; – barcha inqirozlar 6-8 hafta davomida hal etiladi; – inqiroz davrida aralaShuv boshqa vaqtga oid davrlardagiga ko‘ra muvaffaqiyatliroq bo‘lishi mumkin, chunki inson yordam uchun ochiq bo‘ladi; –hal etishning yangi usullari kelajakda qiyinchiliklarni engib o‘tish qobiliyatining yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy ish amaliyotida intervensiyani qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy xodimning roli: qo‘llab-quvvatlash, tinglash, manbalar bilan ta’minlash. YAxshi tomonlari: – yordam vaqtga oid tarzda cheklangan va Shu sababli kuchlanishlar va manbalar nuqtai nazaridan samarali; – inqirozli intervensiya ichki inqirozni tashqi o‘zgarishlar bilan bog‘laydi; – odamlar engib o‘tishning yangi moslaShuv usullarini rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lsalar, ular ijtimoiy darajada yaxshiroq faoliyat olib boradilar; – inqiroz-intervensiya qisqa muddatli inqirozli vaziyatlarda (falokat, tabiiy ofatlar va h.k.) mos va foydali. CHeklovlar: – inqiroz-intervensiya ijtimoiy xodimlar yuqori darajada buyruq berishga moyil bo‘lishlari mumkin (bu qator axloqiy ikkilanishlarga olib keladi); – inqirozning surunkali holati va inqirozli vaziyatlar o‘rtasidagi 61 differensiatsiyada murakkabliklar vujudga keladi; – manbalardagi qisqa muddatlilik va cheklanganlikni inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur model har doim ham ijobiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling