Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

3. Ijtimoiy ishda ekologik yondaShuvni tizimli tahlili. Ijtimoiy ishda
60-yillardan boshlab asosan inson xulqini baholashda tizimli yondaShuv qo‘llanila
boshladi. Ijtimoiy xodimlar alohida shaxslar, guruhlar, tashkilotlar va jamoalar bilan
ish olib borish jarayonida tizimli yondaShuvlarni o‘rganadilar. Tizimlar nazariyasi
va mijoz muammolari mijozning hayotiy vaziyatlarining barcha tomonlarini
baholash nuqtai nazaridan o‘rganiluvchi tizimli tahlil asosiy qoida hisoblanadi.
Tizimlar umumiy nazariyasining asosiy g‘oyalari bir butunlik, munosabatlar va


50
gomeostaz hisoblanadi.
Bir butunlik tuShunchasi ob’ektlarning (elementlar majmui) tizim ichida
muayyan prinsiplar bilan tashkillashtirilish xususiyatini anglatadi
1
.
Munosabatlar – bu odamlarning yoki ularning uyushmalarining o‘zaro
munosabatlari yoki ular harakatlarining o‘ziga xos yo‘naltirilganligi.
“Gomeostaz” tuShunchasi o‘z-o‘zini tartibga solish, ochiq tizimning o‘z
ichki holatining doimiyligini dinamik barqarorlikni tutib turishga yo‘naltirilgan
muvofiqlashtirilgan reaksiyalar vositasida saqlash qobiliyatini anglatadi. Tizimning
o‘z-o‘zini qayta tiklashga intilishi, yo‘qotilgan muvozanatni qayta tiklash, tashqi
muhit qarshiligini engib o‘tish masalalari tuShuniladi.
Tizimlar nazariyasida ta’kidlanishicha, tizim to‘g‘ri anglanishi yoki uni
alohida tarkibiy qismlar yoki bo‘laklarga bo‘linishi bilan to‘liq tuShunarli bo‘lishi
mumkin (masalan, markaziy asab tizimi agar faqatgina qismlarni kuzatish
jarayonida sodir bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan tafakkur jarayonlarini bajarish
imkoniyatiga ega).
Tizim nazariyasi soddalashtirilgan sababiy-oqibat izohlariga qarshi turadi.
Masalan, bola xulqi quyidagilarning oqibati bo‘la oladimi: ota-onalarning o‘z
g‘azablarini nazorat qilish ko‘nikmasi, bola va ota-ona o‘rtasidagi munosabatlar,
ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar, psixologik zo‘riqish darajasi, Shuningdek,
ota-onalarning o‘z g‘azablarini ifodalashning ijtimoiy maqbul usullari uchun
imkoniyatlar.
Ijtimoiy tizimlar nazariyasi qoidalariga asoslangan holda ijtimoiy xodim,
mijozning
ijtimoiy
muhiti
omillarini
namoyon
qiladi,
ijtimoiy
o‘zaro
munosabatlarning mavjudligini hamda mijozning turli omillarga ta’sir ko‘rsatishini
qayd qiladi. Mijoz uchun nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy
muhit bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarning “oldini olgan” holda mijozning
belgilangan maqsadga erishishiga yordam beradi
2
.
Gomeostaz
konsepsiyasi
tirik
tizimlarning
ko‘pchiligi
tizimni
qo‘llab-quvvatlash va saqlab qolish uchun muvozanatni izlaydi. Oilalar odatda
xulqiy muvozanat yoki barqarorlikni yaratadi va ularning barqarorligi darajasini


51
belgilab beruvchi qandaydir o‘zgarishlarga qarshi turadi.
Va nihoyat nomuvozanatlik holatining vujudga kelishi oilaning gomeostatik
qayta tiklanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar oilada bitta bola bilan yomon munosabatda
bo‘lsalar, u holda bu kabi munosabat mazkur oilaning o‘ziga xos xususiyati
hisoblanadi (agar bu bola oiladan ajratilsa, u holda ikkinchi bola ham Shuningdek
yomon munosabatga duch kelishi mumkin). YOki oila a’zolaridan biri maslahatlar
natijasida xulqi yaxshilansa, u holda bu yaxshilik odatda oiladagi muvozanatni
buzadi. Natijada, oilaning boshqa a’zolari ham oila a’zosining tuzatilgan xulqiga
moslashish uchun o‘zlari ham o‘zgarishlari lozim
1
.
Ekologik modelning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy ishdagi mazkur
nazariya odamlar va ularning atrof muhiti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini va
moslashish munosabatlarini alohida ta’kidlab o‘tadi.
U insonning ijtimoiy muhitini
institutlar, ijtimoiy qarashlar va oilaviy
dinamika odamlarning imkoniyatlarini va farovonligiga imkoniyat yaratiladi yoki
ushbu imkoniyat darajasi pasayib ketishini ko‘rsatib berishi mumkin bo‘lgan
konsentrik doiralar to‘plami sifatida o‘rganadi. Odamlar uy mikrotizimida, maktab,
tuman va klublar va uyushmalar kabi boshqa mahalliy uyushmalar mezotizimida
rivojlanadi va inson hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi nisbatan ko‘zdan yiroq bo‘lgan,
biroq qudratli institutlar va o‘rnashib qolgan an’analar makrotizimi orqali
ifodalanadi.
Bola uchun bu kabi institutlar sifatida ota-onasining ish joyi (va ularning
maoshi va mehnat sharoitlari), yoshlar klublari yoki kundalik narsalar, masalan,
ijtimoiy transportning mahalliy tizimi namoyon bo‘lishi mumkin. YOsh, balog‘atga
etgan inson uchun bu ishga joylashtirish yoki professional ta’limga tegishli
ma’lumotlarni etkazib berish kabi bo‘lishi mumkin. Imkoniyati cheklangan har bir
inson uchun bu mahalliy ish beruvchilarning yo‘riqnomalari yoki ishga
joylashtirishdagi yordami yoki professional tayyorlash sharoitlari bo‘lishi mumkin.
Va nihoyat, makrotizim (ekotizim) mavjud – jamiyat madaniy, siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy va diniy kontekstni qamrab oluvchi keng ko‘lamli maydon
mavjud. U kundalik hayotda har doim ham sezilmaydigan, biroq odamlarning


52
hayotiga ulkan ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy qarashlar va qadriyatlarni qamrab oladi.
Masalan, bizning jins, keksalar, jinoyat, jazo to‘g‘risidagi ustuvor obrazlarimiz va
fikrlarimiz makrotizimdan kelib chiqadi.
Ekologik yondaShuv ijtimoiy xodimlarga inson, oila yoki mahalliy uyushma
muammolari va ehtiyojlarini anglashda ko‘ra bilish mumkin bo‘lmagan qator
omillarni yoritishga imkoniyat yaratadi. Ushbu omillar bola parvarish qilish va
ishga joylashtirish imkoniyatlari kabi daromad va aniq manbalarni, Shuningdek,
sog‘liqni saqlash, ta’lim va turar joylarni eng yaxshi tarzda muvofiqlashtirilgan
xizmatlarni ham qamrab oladi. Bu Shuningdek, faqatgina mahalliy istiqomat
qiluvchilar va tuman tashkilotlari imkoniyatlari yaxshilangan ijtimoiy tuzilma
yordamida erishish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi.
“Hayot modeli” toifasi ijtimoiy ishda ekologik tizim nazariyasining bazaviy
tuShunchasi hisoblanadi. Hayot modeli odamlarni o‘z munosabatlarida turmush
sharoitlarning ko‘p turliligiga doimiy ravishda moslaShuvchi hayot faoliyati
sub’ekti
sifatida o‘rganadi, hayotiy tizimlar (odamlar, ularning uyushmalari)
jamiyat bilan yaxshi munosabatni qo‘llab-quvvatlashga intilishlari lozim. Mazkur
jihatdan ijtimoiy ishning asosiy maqsadi odamlarning moslashish qobiliyatlarini
kuchaytirish, Shuningdek, ularning atrofidagilarga ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Tizimli ekologik yondaShuvlar keng ko‘lamda ijtimoiy ta’minot va aholini
qo‘llab-quvvatlash tizimi faoliyatini tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling