Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy ish usullari. Usullar – bu qo‘yilgan maqsadga erishish usullari,
jarayonlari majmui va eng qisqa yo‘lidir. Ijtimoiy ish – bu qandaydir maqsadga
erishish, aniq vazifani hal etish usullaridir (ilmiy-tadqiqot yoki amaliy).
Agar ijtimoiy ish usullari klassifikatsiyasi asosi sifatida ta’sir ko‘rsatilishi
rejalashtirilgan odamlar olinsa, u holda ijtimoiy ishning individual va guruhga oid
usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Individual ijtimoiy ish – xodimlar tomonidan individlarga ular bilan shaxsiy
o‘zaro munosabat yo‘li bilan ularning psixologik, shaxslararo, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan yo‘nalish,
qadriyatlar tizimi, amaliyot turi demak.
Guruhga oid ijtimoiy ish – ijtimoiy ishning qiziqishlari va umumiy
muammolari yaqin bo‘lgan shaxslarning kichik guruhlari muntazam to‘planuvchi
va umumiy maqsadlarga erishish maqsadida faoliyat olib borishini ifodalovchi
shakllari va usullari. Psixoterapevtik guruhlardan farqli ravishda guruhga oid
ijtimoiy ishning maqsadlari hissiy muammolarni hal etishdan iborat bo‘lishi shart


48
emas.
Jamoaga oid ijtimoiy ish an’anaviy usullarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib
xizmat qiladi va fuqarolarning manfaatlari, ehtiyojlari, umidlarini qondirishning
ijtimoiy-siyosiy vositasi hisoblanadi. Jamoada ish olib borishda mijoz shaxsiy va
ijtimoiy muammolarning chambarchas bog‘liqligi va o‘zaro aloqadorligini
anglashiga erishish vazifasi qo‘yilgan. U nizoli vaziyatlarni hal etishga
yo‘naltirilgan o‘zaro hamjihatlikda amalga oshiriladigan harakatlarda faol ishtirok
etishi lozim.
Ijtimoiy ishda professional faoliyatning mazkur turiga oid bo‘lgan usullar
qo‘llaniladi. Ularga, avvalambor quyidagilar kiritiladi: ijtimoiy diagnostika qilish
usuli; keskin vaziyatlarda aralashish usuli; jamoada ishlash usuli; ko‘chalarda
ishlash usuli.
2. Ijtimoiy ish nazariyasi turlari. Ijtimoiy ishga bag‘ishlangan adabiyotlarda
1
uning modellarini ijtimoiy yo‘naltirilgan, psixologik yo‘naltirilgan va kompleks
yo‘naltirilgan turlarga ajratilishi klassik holatga aylandi.
Bu kabi klassifikatsiyaning asosi ijtimoiy ishga eng kuchli ta’sir ko‘rsatgan
va ko‘rsatuvchi yondosh fanlarga nisbatan ijtimoiy ish sohasidagi nazariy
yondaShuvlarni tahlil qilish hisoblanadi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan modellar eng ko‘p ijtimoiy konsepsiyalar bilan
chambarchas bog‘liq, ijtimoiy rivojlanish, jamiyatni tizimlashtirish, uning ijtimoiy
institutlarining o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini anglashga tayanadi.
Zamonaviy ijtimoiy yo‘naltirilgan modellar orasida quyidagilar eng ko‘p
mashhurlikka erishgan:
 Ekologik nazariyasi ("hayot modeli”)
 Ijtimoiy-radikal model
 Tizimli model
Ijtimoiy ishning psixologik yo‘naltirilgan modeli psixologik bilimlarga,
psixologik maqom qonuniyatlari va inson rivojlanishini qayd qilishga tayanadi.

Psixodinamik model

Kognitiv-bixevioral model


49
Ijtimoiy ishning kompleks yo‘naltirilgan modeli himoya qilish muammosini
bir butun ko‘ra bilish va insonning biopsixologik mavjudot sifatidagi hayotiy
kuchlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Mazkur modelga misol sifatida rolga
oid modelni keltirishimiz mumkin. Ushbu model psixologik va sotsiologik bilim
integratsiya asosiga qurilgan (YA.Moreno, Dj. G. Mid).
Ushbu yondaShuv avvalambor, shaxsni anglashga asoslanadi, mijozni
avvlagi tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zini qanday tutish va rivojlanishga
o‘rgatadi, hayotidagi shaxsiy roli haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi.
G‘arbiy olimlardan birining fikriga ko‘ra, (Barber, 1991, Payne, 1991),
nazariyalarning 4 turini ajratib ko‘rsatish mumkin
1
:
1) ijtimoiy ish to‘g‘risidagi jamiyatdagi ijtimoiy ish rolini va tabiatini izohlovchi
nazariya;
2) ijtimoiy ishning faoliyatning qanday turlari tashkil etishini ta’riflovchi
nazariyalari, professional ijtimoiy ish uchun maqsadlar, nima sababdan faoliyatning
u yoki bu turlari to‘g‘ri va ijtimoiy ishning maqsadlariga javob berishini ta’riflovchi
nazariyalar;
3) ijtimoiy ishga o‘z hissasini qo‘shgan, inson yoki guruh xulqini izohlovchi
yoki ta’riflovchi psixologik, sotsiologik va boshqa nazariyalar ijtimoiy ish
nazariyalarini muammolarning ijtimoiy tabiatini e’tiborga oluvchi tizimli qilish
maqsadida qo‘llaniladi;
4) ijtimoiy ishning boshqa nazariyalar ijtimoiy xodim va mijozning o‘zaro
munosabatlari jarayonida boshqa nazariyalar qay tarzda qo‘llanilishi mumkinligini
ko‘rsatib beruvchi nazariyalari.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling