Q. N. Kayumov
IX. Ijtimoiy xodimning professional majburiyatlari
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
IX. Ijtimoiy xodimning professional majburiyatlari
Ijtimoiy xodim majburiyatlari: ijtimoiy-tibbiy, huquqiy, psixologik-pedagogik, moddiy va boshqa yordamga, ma’naviy, jismoniy va ruhiy salomatlikni himoya qilishga muhtoj bo‘lgan oilalar, bolalar va alohida shaxslarni aniqlash; ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, bolalar va kattalarning turmush tarzini o‘rganish va ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini tashkillashtirish; mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va zarurat tug‘ilganda ularni qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishlari uchun boshqa tashkilotlarga yo‘naltirish: tibbiy va ta’lim muassasalariga joylashtirishda, moddiy, ijtimoiy-maishiy va boshqa yordam olishda ko‘maklashish; mijozlarda vujudga keladigan qiyinchiliklarni, nizoli vaziyatlarni aniqlash, ularga mazkur qiyinchiliklarni, nizolarni engib o‘tishda ko‘maklashish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish; mijoz/mijozlar bilan ularning muammolarini hal etish bo‘yicha ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyalari va modellarini qo‘llagan, mijozning kuchli tomonlariga e’tibor qaratgan va uning atrofidagi manbalarni izlagan holda bevosita ish olib borish; ota-onasiz qolgan bolalarni joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish (masalan, farzandlikka olish yoki bolalarni asrab oluvchi oilaga joylashtirish va boshq.); mijozlarni ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilish bo‘yicha xizmatlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish (masalan, institutsional muassasalar bitiruvchilarini, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslarni va boshq.); mijozlarni ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasi va vujudga kelgan hayotiy qiyinchiliklarini mustaqil ravishda hal etish uchun zarur bo‘lgan 252 ko‘nikmalarga o‘rgatish; mijozlarni ota-onalik ko‘nikmalarini rivojlantirish, bolalar ehtiyojlari va ularning yoshga oid rivojlanishini, bolalarga nisbatan shafqatsiz va e’tiborsiz munosabatda bo‘lish va bola va oilaning xotirjamligini yaxshilash bo‘yicha maslahat berish; mijozlarni nomaqbul xulq o‘zgarishlari va ijtimoiy maqbul xulqqa erishish masalalari bo‘yicha maslahat berish; oilalarni bolalar, kasallar va keksalarni parvarishlash qoidalari va ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha yordamni tashkillashtirish va ko‘rsatish; ijtimoiy muhofazaga muhtoj odamlar guruhiga nisbatan va professional ijtimoiy ishni ommalashtirish maqsadida jamiyatning xabardorligini OAVlari hamda ta’lim dasturlari orqali oshirish. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling