X. Boshqa tashkilotlar va xizmatlar bilan o‘zaro munosabatlar, aholini
ijtimoiy himoya qilish tizimidagi hamkasblar bilan hamkorlik qilish
(psixologlar, huquqShunoslar, pedagoglar, tibbiy xodimlar, ijtimoiy himoya
organlari xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va boshq.)
Ijtimoiy xodim:
hamkasblari bilan ochiq hamkorlikda faoliyat olib boradi va ularga hurmat
bilan munosabatda bo‘ladi;
mijozga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli tashkilotlar va
muassasalar
vakillari
bilan
o‘zaro munosabatlarni
belgilaydi,
o‘zaro
munosabatlarga kirishadi va hamkorlik qiladi;
jamiyatning turli institutlarini ijtimoiy xizmatlar faoliyatiga va mijozlarga
yordam ko‘rsatuvchi va ularni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy xizmatlar
tarmog‘ini yaratishga qamrab olishga imkoniyat yaratadi;
murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan boshqa odamni boshqa kasblar
va aholi vakillari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va tuShunilishiga yordam
ko‘rsatadi;
mijoz bilan faoliyat olib borishga qamrab olingan mutaxassislar bilan,
maxfiylikni saqlash va uning eng maqbul manfaatlariga amal qilgan holda
ma’lumotlar almshinadi;
manfaatlar ixtilofini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bahsli masalalarni
bayon qiladi;
rahbariyat yoki tegishli mas’ul tuzilmalarni aholining turli toifalariga
ijtimoiy yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash jarayonida vujudga keladigan
imkoniyatlar yoki tezkor qiyinchiliklar to‘g‘risida xabardor qiladi;
o‘zini ijtimoiy himoya bo‘yicha faoliyatni bajarishga layoqatli yoki etarli
darajada tayyor, deb hisoblamasa, rahbariyatga masalahat yoki yordam so‘rab
murojaat qiladi;
hamkasblari tomonidan xizmat ko‘rsatish standartlarini suiste’mol qiluvchi
xavfsiz amaliyotni qo‘llash holatlari to‘g‘risida rahbariyat yoki boshqa mas’ul
tashkilotlarga xabar beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |