251
mijozlarda ma’lumotlarning sir saqlanishiga ishontirish va ishonchini
saqlab qolishga intilish;
xizmatlardan foydalanayotgan shaxslarning erkinlikka erishishlariga
imkoniyat yaratish va imkon qadar ularni turli xavflardan va zarar etishidan
saqlash;
amaliyot davomida odamlar orasidagi madaniy, etnik, yoshga oid, genderli
farqlarni e’tiborga olish;
mijozlarning huquqlarini bilish va hurmat qilish, ijtimoiy xodimning xulqi
va ishda qo‘llanilayotgan yondaShuvlar mijozlarga zarar etkazmaydi;
ijtimoiy xizmatlarga jamoat ishonchini yo‘qotmaslik;
o‘z faoliyati sifati va o‘z bilim va ko‘nikmalarini saqlash va
takomillashtirish uchun mas’ul bo‘lish;
millat, yosh, diniy e’tiqod, oilaviy maqom, aqliy yoki jismoniy
xususiyatlarga, imtiyozlar, shaxsiy xislatlar va boshqalarga ko‘ra tahqirlashning
har qanday shakllarining namoyon bo‘lishini inkor qilish va bunga to‘sqinlik
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: